Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet80/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Anabolik steroidlar:

  • metandrostenolon 0,001—0,005 tabl.;

  • fenobolin 1—2,5 % — 1 ml amp.;

  • retabolil 1—5 % — 1 ml amp.

Anabolik moddalar oqsil hosil bo‘lishini orttirib, parcha- lanishini kamaytiradi, aminokislotalarning o‘zlashtirilishini yax- shilaydi. Skelet mushaklarining vazni va kuchi ortadi, ichki a’zo- lar — jigar, yurak, buyrak vazni ham ortib boradi. Suyaklarda kalsiyni tutib qoladi, bu ayniqsa, osteoporoz kasalligida qo‘l keladi.
Anabolizantlar miokardni qisqartiruvchi oqsillar sintezini ko‘paytirib, yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Anaboli­zantlar bolalar amaliyotida — gipotrofiyalarda, gipoplastik ane- miyalarda, yuqumli kasalliklardan keyingi kaxeksiyada, aste- niya, osteoporoz, nur kasalligida, glukokortikoidlar bilan uzoq vaqt davolanganda qo‘llanadi. Bu moddalar oshqozon yarasi, surunkali gastrit, pankreatit, gepatit, miokard distrofiyasini davolashda ham buyuriladi.
Anabolik moddalar uzoq muddat mobaynida qo‘llanganda, nojo‘ya ta’sir paydo bo‘ladi. Bolalar, ayniqsa, qizlarning rivojlanishi o‘zgaradi, suyaklar o‘sishdan to‘xtaydi, jigar fao­liyati o‘zgaradi, organizmda natriy va suyuqlik tutilib qoladi, shish paydo bo‘lishi mumkin. Qizlarda, ayollarda gonadotropin ajralishi kamayadi, hayz davri o‘zgaradi, ovoz dag‘allashib, yuzda husnbuzarlar paydo bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya ta’sir- larning oldini olish uchun moddalarni 10—15 kun qo‘llab, keyin tanaffus qilish lozim bo‘ladi.
Anabolizantlarni homilador, emizikli ayollarga, qonda bili­rubin miqdori oshganda, jigar kasalliklarida, prostata bezi o‘sma- larida qo‘llash man etiladi.

    1. Vitaminlar

Vitaminlar odam ovqat ratsionining eng muhim tarkibiy qismidir. Vitaminning kashf etilishi rus olimi N. I. Lunin nomi bilan bog‘liq. U oziq-ovqat mahsulotlarida hayot uchun zarur bo‘lgan qandaydir boshqa moddalar borligini 1880-yil tajribada isbotlab berdi. «Vitamin» terminini polyak olimi K. Futk 1912-yilda taklif etgan.
Vitaminlarning organizmda bo‘lishi turli organlar va sis- temalarning to‘la qimmatli hayot faoliyati uchun mutlaqo zarur. Odam vitaminlarni o‘simliklardan tayyorlangan ovqat yoki hayvonot mahsulotlaridan oladi, ularda vitaminlar hayvon organizmiga o‘simliklardan tushib, hayvonning hayot faoliyati jarayonida to‘planib boradi.
Ba’zi vitaminlarning fiziologik talabdan ortiqroq ishlatilishi yomon oqibatlariga olib kelishi — gipervitaminozga sabab bo‘lishi mumkin.
Dastlab vitamin shartli ravishda lotin alifbosining bosh harflari: A, B, C, D, E va hokazo bilan belgilangan. Keyin- chalik, vitaminlarning kimyoviy tuzilishiga binoan xalqaro yagona nomi qabul qilindi. Vitamin suvda eriydigan, yog‘da eriydigan (3-, 4-jadvallar) va vitaminsimon birikmalarga ajra- tiladi.
Bir qator vitaminlarning bir modda shaklida uchrashi aniqlandi. Vitaminlardan tashqari organizmda turli o‘zgarishlarga uchrab, vitaminga aylanadigan moddalar — provitaminlar ham ma’lum.
Tuzilishi jihatdan vitaminga yaqin kimyoviy moddalar ham bor, biroq bu vitamin analoglari organizmga zararli ta’sir qilishi tufayli antivitaminlar degan nom olgan. Ba’zi dori moddalari (antibiotiklar, sulfanilamidlar va boshqalar) antivitaminlardir.
Vitamin yetishmovchiligi — odam iste’mol qiladigan ovqat tarkibida vitaminlarning yetarlicha bo‘lmasligi, ularni o‘zlash-


Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish