Bachadon mushaklari tonik qisqarishini oshiruvchi moddalar. Bu guruhga kiradigan moddalar bachadonning kuch bilan uzoq qisqarishiga sabab bo‘ladi, uning shu tariqa qisqarib turgan paytida ritmik faoliyati bilinmay qoladi. Qisqaradigan muskullar qon tomirlarini bosadi, qon ketayotgan bo‘lsa, to‘xtab qoladi. Bunday ta’sir ko‘rsatadigan moddalar shuning uchun ham bachadon atoniyasiga aloqador bo‘lgan qon ketish hollariga qarshi kurash uchun ishlatiladi. Mana shu maqsadda, odatda, qorakosov preparatlari, ko‘pincha, qon ivuvchanligini oshiradigan moddalar bilan birga qo‘shib buyuriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |