Umumiy kimyo va fizika



Download 12,67 Mb.
bet54/91
Sana01.07.2023
Hajmi12,67 Mb.
#953491
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91
Bog'liq
umumiy kimyo va fizika (biologiya-kunduzgi o\'zbek)

[Hg2]2+ ionlarning reaksiyalari

  1. NaOH va KOH o’yuvchi ishqorlar [Hg2]2+ bilan reaksiyaga kirishib, qora cho’kma holidagi simob (II) – oksidni hosil qiladi:

[Hg2]2+ + 2OH-  Hg2O↓ + H2O



  1. [Hg2]2+ ni metall holatdagi simobgacha qaytarish.

  1. Bir tomchi simob (II) tuzi eritmasi ustiga 2-3 tomchi SnCl2 eritmasidan qo’shilsa, [Hg2]2+ ning metall holdagi simobgacha qaytarilishi tufayli qorayib boruvchi Hg2Cl2 oq cho’kma hosil bo’ladi:

[Hg2]2+ + 2Cl-  Hg2Cl2
Hg2Cl2↓ + Sn2+  2Hg↓ + SnIV + 2Cl-



  1. Agar Hg2(NO3)2 eritmaning bir tomchisi yaltiroq mis plastinka ustiga (yoki chaqaga) tomizilib bir oz kutilsa, plastinkada simob metalining kul rang dog’i paydo bo’ladi:

[Hg2]2+ + Cu↓ = Cu2+ + 2Hg↓
Agar chaqaning eritma tekkan joyini suv bilan yuvib, dog’ latta yoki filtr qog’ozi bilan artilsa, u yaltiroq bo’lib qoladi.
ANIONLARGA MOS XUSUSIY REAKTSIYALAR.
Anionlar klassifikatsiyasi asosan tegishli kislotalar hosil qiladigan bariy va kumush tuzlarining eruvchanliklarini bir biridan farq qilishiga asoslangan bo’lib, ularni analiz qilishda bir-biriga xalaqit bermaydi, shuning uchun ularni bir biridan ajratishga yordam beradigan reaksiyalardan foydalaniladi.
Ko’pgina anionlar eritmalarni bo’lib-bo’lib analiz qilish ususli bilan bilan topiladi. Shunga ko’ra anionlarni analiz qilishda guruh reagentlari odatda shu guruhga kiruvchi anionlarni bir biridan ajratish uchun emas, ularni bor yo’qligini bilish uchun foydalaniladi.
Olimlar tomonidan anaionlarni guruhlarga ajratishda juda ko’plab klassifikatsiyalar taklif qilingan bo’lib, ular 2, 3,4, 5, 6 va xatto 8 ta guruhga ham ajratishni taklif etganlar.
Anionlar sinflarining mavjud sistemalari ularning bariyli va kumushli tuzlari ning eruvchanligiga, anionlarning kislotalarga bo’lgan munosabatlariga, oksidlovchi va qaytaruvchi reaktivlar bilan reaksiyaga qanday krishishiga asoslangan.
Lekin anionlarni guruhlarga ajratishning umumiy e’tirof etilgan yagona sistemasi mavjud emas.
Anionlarni analiz qilishni, kationlarni analiz qilishdan farqi shundaki, deyarli hamma anionlarni tekshirilayotgan eritmadan alohida-alohida ulushlaridan boshqa anionlar ishtrokida topish mumkin.

Guruh nomeri

A n i o n l a r

Guruh reagenti

I

SO4-2; SO3-2; S2O3-2; CO3-2; PO4-3; AsO4-3; AsO3-2; BO2-2; B4O7-2; SiO3-2; C2O4-2; Cr2O7-2;F-

BaCl2kuchsiz ishqoriy muhit, tuzlar suyultirilgan (BaSO4 dantashqari) kislotalarda eriydi

II

Cl-; Br-; J -; S-2; CN-1; CNS-; BrO3-; ClO4 – ClO-

Nitrat kislota ishtrokida AgNO3

III

NO3- ; NO2- ; CH3COO-; MnO4-

Yo’q

Agar guruh reagenti eritmadagi biror anion bilan tegishli spetsifik reaksiya bermasa, boshqa anionlarni tekshirishga xojat yo’q.


Agar guruh reagentlari bilan cho’kma bermasa, demak 1- guruhga kiradi.



Download 12,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish