Kompleks birikmalarda almashinish reaksiyalari
1. FeCl3 eritmasiga bir necha tomchi kaliy geksatsianoferrat (II) K4[Fe(CN)6] eritmasidan qo’shing. Almashinish reaksiyasi tufayli ko’k cho’kma - berlin siri hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing.
Kompleks birikmalar ishtirokidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari
2. KMnO4 ni kislotali eritmasiga kaliy geksatsianoferrat (II) K4[Fe(CN)6] eritmasidan qo’shing. K3[Fe(CN)6] kompleksi hosil bo’lish sababli permanganat eritmasi rangsizlanadi. Temirning oksidlanish darajasi o’zgaradimi?
3. Kumush ammiakati eritmasini oling va unga rux metallini qo’shing. Kumushning qaytarilishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
№ 6 LABORATORIYA MASHG’ULOTI
KATIONLARNI ANALITIK GURUHLARGA BO’LISH
Kationlarning kislota-asosli usul bo’yicha klassifikatsiyalash jadvali.
-
Guruh
|
Kationlar
|
Guruh reagenti
|
I
|
K, Na, NH4
|
Guruh reagenti yo’q
|
II
|
Ba2, Sr2, Ca2
|
H2SO4
|
III
|
Al3, Cr3, Cr6, Zn2, As3, As5, Sn2, Sn4
|
NaOH(cho’kmalar ortiqcha NaOH da eriydi)
|
IV
|
Mn2, Mg2, Bi3, Fe2, Fe3, Sb(III),(V)
|
NaOH(cho’kmalar ortiqcha NaOH da erimaydi)
|
V
|
Nu2, Co2, Ni2, Hg2, Cd2
|
NaOH(cho’kmalar ortiqcha NN4OH da eriydi va komplekslar hosil qiladi)
|
VI
|
Ag, Hg22, Pb2
|
HCl
|
K+ ionlarining reaksiyalari
K+ kationini topishda cho’kma hosil qilishga asoslangan reaksiyalar ko’p emas. Ulardan eng muhimlari quyidagilardir.
1. Vino kislota H2C4H4O6 yoki uning natriyli nordon tuzi - natriy gidrotartrat NaHC4H4O6 kaliy tuzlarining eritmalari bilan oq kristall cho’kma - kaliy gidrotartrat KHC4H4O6 beradi.
Vino (boshqacha aytganda tartrat) kislota ancha kuchsiz organik kislotadir. Uning molekulasida oltita vodorod atomi bo’lsa ham, ulardan faqat ikkitasigina H+ ionlar holida ajraladi. Shuning uchun ham u ikki asosli kislotadir. U o’rta va nordon tuzlar hosil qila oladi. Vino kislotaning kaliyli va natriyli o’rta tuzlari (tartratlar) K2C4H4O6, NaC4H4O6 hamda natriy gidrotartrat NaHC4H4O6 suvda yaxshi eriydi. Aksincha, kaliy gidrotartrat KHC4H4O6 suvda ancha kam eriydi, bundan K+ ionini topishda foydalaniladi:
KCl + NaHC4H4O6 = KHC4H4O6↓ + NaCl
Kaliyning boshqa tuzlari ham shunga o’xshash reaksiyaga kirishadi, masalan:
K2SO4 + 2NaHC4H4O6 = 2KHC4H4O6↓ + Na2SO4
Albatta, shunday bo’lishi kerak edi, chunki reaksiyada faqat K+ va HC4H4 ionlarigina ishtirok etadi. Boshqa hamma ionlarni tenglamadan tushirib qoldirish mumkin. Bunda ko’rib chiqilayotgan reaksiyaning ionli tenglamasini hosil qilamiz.
K+ + HC4H4O-6 = KHC4H4O6↓
Do'stlaringiz bilan baham: |