D.I.Mendeleyev elementlar davriy jadvalining asosiy guruhida yuqoridan pastga qarab elementlarning atom radiusi va ionlanish potensiali o’zgarish tartibini aniqlang.
A) atomlarning ionlanish potensiali va radiusi
kamayadi
B) atomlarning ionlanish potensiali va radiusi ortadi
C) atom radiusi kamayadi, ionlanish potensiali ortadi
D) atom radiusi ortadi, ionlanish potensiali kamayadi
Elementlar tartib raqami ortishi bilan (asosiy guruhda) qaysi xossalar davriy ravishda o’zgarishi kuzatiladi?
1) atomning yadro zaryadi;
2) atom radiusi;
3) nisbiy atom massa;
4) ionlanish energiyasi;
5) elektromanfiylik;
6) tashqi energetik qavatdagi elektronlar soni.
A) 2, 4, 5, 6 B) 2, 4, 5
C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 3
Qaysi qatorda elementlarning ionlanish potensiali kamayib boradi?
A) Cs; Rb; K; Na
B) Mg; Ca; Sr; Be
C) Li; K; Na; H
D) He; Ne; Ar; Kr
Quyidagi qatorda elektromanfiylik qanday o’zgaradi?
J; Br; Cl; F; O; N; C; B
A) ortadi
B) kamayadi
C) avvaliga ortadi, so’ngra kamayadi
D) avvaliga kamayadi, so’ngra ortadi
D.I. Mendeleyev elementlar davriy jadvalidagi asosiy guruhida joylashgan element atomiarida tartib raqam kamayishi bilan qaysi xossalar kuzatiladi?
1) atom radiusi;
2) elektromanfiylik;
3) metallik;
4) metalmaslik;
5) atom massasi
A) 1, 4 - kamayadi, 2, 3, 5 – ortadi
B) 1, 3, 5 - ortadi, 2, 4- kamayadi
C) 2, 3, 5- kamayadi, 1, 4- ortadi
D) 1, 3, 5 - kamayadi, 2, 4- ortadi
Birinchi guruhning asosiy guruhida atom massa ortishi bilan metallik, oksidlovchilik xossalari, atom radiusi va ionlanish potensiali (berilgan tartibda) qanday o’zgaradi?
A) kamayadi, ortadi, ortadi, ortadi
B) ortadi, ortadi, ortadi, kamayadi
C) ortadi, kamayadi, ortadi, kamayadi
D) ortadi, kamayadi, ortadi, ortadi
Elementlarning atom radiusi kamayib borish tartibida joylashgan qatorni tanlang.
A) natriy, magniy, alyuminiy,
kremniy
B) fosfor, kremniy, alyuminiy, magniy
C) magniy, fosfor, alyuminiy, kremniy
D) alyuminiy, magniy, kremniy, fosfor
Metallmaslar uchun xarakterli bo’lgan xossalarni ko’rsating.
1) s-elementiar;
2) d-elementlar;
3) elektromanfiylik qiymati yuqori;
4) ko’pchilik metallmaslar p-elementlar;
5) ionlanish energiyasi kichik;
6) f-elementlar.
A) 1, 5 B) 1, 2, 6
C) 3, 4, 5 D) 3, 4
Uchinchi davr elementlari atomlarida tartib raqamining ortib borishi bilan ularning qaysi xususiyatlari ortib boradi?
1) elektromanfiylik;
2) metallik;
3) ionlanish potensiali;
4) kislorodli birikmalardagi yuqori valentlik;
5) metallmaslik;
6) atom radiusi.
A) 2, 4, 6 B) 1, 4, 5, 6
C) 1, 3, 4, 5 D) 2, 3, 5
D.I. Mendeleyev elementlar davriy jadvalining IA guruhida yuqoridan pastga qarab tushganda quyidagi xususiyatlarning qaysilari susayib boradi?
1) elektromanfiylik;
2) atom radiusi;
3) metallik xossasi;
4) yadro zaiyadi;
5) ionlanish potensiali.
A) 1, 5 B) 1, 4, 5
C) 2, 3, 4 D) 2, 4