Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida


VIII BOB. “UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNI



Download 473,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/25
Sana13.07.2022
Hajmi473,79 Kb.
#790709
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
644-XII-сон 03.07.1992. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida

VIII BOB. “UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNI
BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
42-modda. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunni buzganlik
uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarning javobgarligi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilish respublika har bir fuqarosining
muqaddas burchidir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy xizmatdan bo‘yin tovlaganlari taqdirda amaldagi
qonunlarga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunni buzishda aybdor bo‘lgan
davlat idoralari, korxonalar muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, mansabdor shaxslar hamda
fuqarolar amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
IX BOB. YAKUNIY QOIDALAR
43-modda. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyaviy
va moddiy ta’minlash
1. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq chora-
tadbirlarni moliyaviy hamda moddiy ta’minlash amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli hokimiyatlar fuqarolarni tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazish, ularni harbiy xizmatga chaqirish, chaqirilganlarni harbiy qismlarga jo‘natish


uchun mudofaa ishlari idoralarini qurilmalar, aloqa vositalari, chaqiruv (yig‘in) punktlari, dori-
darmonlar, asbob-uskunalar, tibbiyot va xo‘jalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan ta’minlashlari,
shuningdek jamoat tartibi saqlanishini ta’minlashlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun mutaxassislarning harbiy xizmatga
chaqirilgunga qadar tayyorgarligi Vazirlar Mahkamasi respublika budjetdan ajratib beradigan
mablag‘lar, shuningdek mahalliy boshqaruv idoralari budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan
pul va moddiy-texnika bilan ta’minlanadi.
3. Urush vaqtida safarbarlik o‘tkazish rejalarini to‘liq va sifatli bajarish uchun vazirliklar, idoralar,
muassasalar, korxonalar va tashkilotlar, o‘quv yurtlari, jamoa xo‘jaliklari, sho‘ro xo‘jaliklari,
kooperativlar tegishli hokimiyatlarning qaroriga binoan tinchlik vaqtida mudofaa ishlari bo‘limlari
bilan birgalikda harbiy xizmatga majburlarni xabardor etish punktlari, xalq xo‘jaligi texnikasini
to‘lash punktlarini tashkil etadilar, asosiy ish joyidagi vazifalardan ozod etmagan holda ana shu
punktlarning shaxsiy tarkibini butlaydilar.
4. Chaqiruv yoshiga etmaganlarni harbiy ro‘yxatga olish va fuqarolarni harbiy xizmatga yoki
yig‘inlarga chaqirish, fuqarolarni harbiy ko‘rikdan va takroriy ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek
chaqirilganlarni harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash vazifalarini bajarishga jalb
etilgan mudofaa ishlari idoralari huzuridagi chaqirish yoshiga etmaganlarni chaqirish
uchastkalarida qayd etish komissiyalari a’zolarining, chaqiruv komissiyalari vrachlar komissiyalari
a’zolarining, vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining, yordamchi xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlarning ish joyi, lavozimi va o‘rtacha ish haqi yuqorida uqtirib o‘tilgan ishlar bajarilishining
butun davrida saqlab qolinadi.
Uqtirib o‘tilgan komissiyalardagi ishga jalb etilgan tibbiyot xodimlarini saqlashga ketadigan
xarajatlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Basharti, yuqorida uqtirib o‘tilgan shaxslar o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni doimiy
istiqomat joylaridan tashqarida bajarsalar, ularning istiqomat joylaridan ish joylariga borish va
orqaga qaytish, uy-joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlari mudofaa ishlari idoralarining
taqdimiga ko‘ra tegishli hokimiyatlar tomonidan qoplanadi, ularga xizmat safarlari uchun
belgilangan me’yorlar bo‘yicha sutkalik haq to‘lanadi.

Download 473,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish