103.Muhammad Haydar Mirzoning fanga qo’shgan hissasi.
Muhammad Haydar Mirzo (1499-yilda tug‘ilgan)ning «Tarixi Rashidiy» asarida Issiqko‘l va Balxash koilari haqida aniq gidrografik ma’lumotlar keltiriladi. XVI asrning ikkinchi yarmidan
boshiab, suv ilmiga tegishli m a’lumotlar Sulton Balxiy, Mahmud
ibn Valiy, Said Muhammad Tohir va Xorazmni 1644-1664-yillarda
idora qilgan Abulg'oziyxon nomlari bilan bog‘liqdir. AbuIg‘oziyxon
«Shajarai turk va mug’ul» (1663-y.) asarida etnografikma’lumotlami
ko‘llar, daryolar, soylar, buloqlar bilan bog‘liq holda beradi. Unda
Amudaryo o ‘zanining o‘zgargan vaqti, uning oqibatlari haqida
aniq ma’lumotlar keltirilgan. XVIII asrdan boshiab suv ilmiga oid
ma’lumotlar Munis Xorazmiy (1778-1829), Ogahiy (1809-1872) va
Ahmad Donish (1827-1897) asarlarida uchraydi. Munis Xorazmiy
1816-yilda A.Bekovich-Cherkesskiy rahbarlik qilgan Chor Rossiyasi
ekspedistiyasi tarkibida qatnashadi. U o‘z estaliklarida Orol dengizi,
Amudarvoning quyilish qismidagi tarmoqlari, kanallar, ko‘llar haqida aniq gidrologik ma’lumotlar keltiradi. Ahmad Donish esa Buxoro vohasini sug'orish maqsadida Amudaryodan suv chiqarish rejasini ishlab chiqadi. 1848-1849-yillarda A.I.Butakov rahbarligidagi
ekspedistiya Orol dengizining ilk kartasini yaratdi. Natijada, ilk bor
Orol va Kaspiy dengizlari suv sathlarining farqi 85 metr ekanligi,
Sariqqamish botig‘i Orolga nisbatan pastda joylashganligi aniqlanadi.
1900-1902-yillarda L.S.Bergning «Orol dengizi» kitobi chop etildi
104.Abu Rayhon Beruniyning fan rivojidagi hassasi.
Abu Rayhon Beruniy asarlaridagi gidrologik m a’lumotlami esa
ikki guruhga ajartish mumkin. Ulaming birinchisida okeanlar, dengizlar, ko‘rfazlar, haqidagi bilimlar bay on qilingan. Ushbu bilimlar
Yevropalik olimlar tomonidan «Beruniyning dengizlar nazariyasi»
sifatida e'tirof etilgan. Ikkinchi guruhda esa allomaning quruqlik suvlari - daryolar, soylar, buloqlar, ko‘llar, qorliklar, muzliklar, botqoqliklar va hatto yer osti suvlari haqidagi ilmiy qarashlari yoritilgan.
M ahmudKoshg‘ariyning«Devonu-lug‘otitturk» (1072-1074-yillarda yozilgan) asarida 1200 dan ortiq gidrologiya atamalari mavjud.
Ular orasidan hozirgi kunda ham muhim ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan, gidrologiyaga xorijiy tillardan kirib o‘rnashib
qolgan ko‘plab so‘zlarning muqobilini topish mumkin.
Shu davrlarda suv ilmining amaliy tadbiqiga ham katta e’tibor
berilgan. Beruniyning « 0 ‘tgan avlodlar» asarida sun4y favvoralar,
kanaliami uzunlik bo£yicha nivelirlash uskunalari haqida ma^lumot
keltiriladi. IX asrdan boshiab, Samarqand shahri akveduk - ko‘tarma
ariq yordamida suv bilan ta'minlangan. X asrda Forish tumani hududida Xonbandi suv ombori qurilgan. Afsuski, shu davrlarda qurilgan
noyob suv inshootiarining aksariyat qismi XIII asr boshlarida m o‘g‘ul
iste’lochilari tomonidan butunlay vayron qilingan. XIV asming ikkinchi yarmidan, ya’ni temuriylar davrida suv ilmiga katta e ’tibor
berilgan. Xofizi Abru (1362-1431-yillar)ning «Zubdat at-Tavorix»
(Tarixlar qaymog‘i) asarida o‘lkamizdagi deyarli barcha daryolaming
gidrografik ta’rifi berilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |