100.Daryo suv sarfini aniqlash.
101.Ko’llarni harorat rejimiga ko’ra tasniflash.
Koilaming harorat rejimi quyidagi omillarga bogiiq:
- koining geografik o‘miga;
- k o i joylashgan hududning meteorologik sharoitiga;
- koidagi suv massalari dinamikasiga;
- ко in i to‘yintiruvchi va undan sarflanuvchi elementlaming
miqdoriy qiymatlariga;
- k o i kosasining shakli, oichami va boshqalarga.
Koilar oladigan issiqlikning asosiy manbai quyosh radiastiyasi
hisoblanadi. Shu tufayli quyosh radiastiyasining k o i yuzasiga tushgan va undan qaytgan qismlarini o‘rganish muhimdir.
Tushayotgan radiastiyaning bir qismi suv massalari tomonidan
yutilsa, bir qismi qaytadi. Qaytgan radiastiyaning tushayotgan radiastiyaga nisbati albedo yoki qaytish koeffistienti deyiladi. Albedo
quyosh balandligiga, suv yuzasining holatiga bog‘liq. Masalan,
V.V.Shuleykin ma’lumotlariga ko‘ra hQ = 90° bo‘lganda 2 % quyosh
nurlari qaytsa, h0 = 2° bo‘lganda 78 % qaytadi. Quyosh balandligi
geografik kenglikka bogiiq bo‘lgani uchun albedo ham geografik
kenglikka va shu bilan birga yil fasllariga ham bog‘liq.
Yutilgan quyosh radiastiyasining chuqurlik bo‘yicha taqsimlanishi ko‘ldagi suvning termik xususiyatlari va suv massalarining harakati bilan bog‘liq.
Ko‘llarda issiqlik rejimining chuqurlik bo‘yicha o‘zgarishini
o‘rganishda quyida tavsiflangan tushunchalardan foydalaniladi.
Teskari harorat stratifikastiyasi - kuz va qishda kuzatiladi, harorat chuqurlik bo‘yicha orta boradi.
Mezotermiya - 0,50-0,75 m chuqurlikdagi eng yuqori harorat.
Bahorda muz ustidagi qor erib tugagach, issiqlik dastlab muz qoplamiga, undan esa pastga o‘tadi. Muz bilan qoplangani uchun suv
massalari harakati kichik, shamol ta’siri yo‘q bo‘ladi.
Demak, ma’lum chuqurlikda haroratning yuqori bo‘lishi, ya’ni
mezotermiya hodisasi muzdan o‘tgan quyosh radiastiyasining bir qismi hisobiga kuzatiladi.
Dixotermiya - ma’lum chuqurlikdagi eng kichik harorat. Bu holat teskari harorat stratifikastiyasi sharoitida engil shamol esib, Quyosh chiqib turganda kuzatiladi.
Gomotermiya - bahorda suv massalarining kuchli aralashishi
natijasida harorat chuqurlik bo‘yicha bir xil qiymatda bo‘ladigan holat.
To‘g ‘ri harorat stratifikastiyasi-chuqurlik bo‘yicha harorat kamayib boradi. Bu holat ko‘pincha yozda kuzatiladi.
Ko‘lning suv yuzasi harorati gorizontal yo‘nalishda ham turli
qiymatlarda kuzatiladi. Bu o‘zgarish ko‘l qirg‘oq chizig‘ining shakliga, ko‘l tubi va ko‘lni o‘rab turgan joyning relefiga bog‘liq. Ko‘lning
suv yuzasida yoki ma’lum chuqurlikdagi qatlamda bir xil haroratli
nuqtalarni tutashtirish natijasida izotermalar hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |