Sinash uchun savollar:
1.
Nyuton xalqalarini hosil boʻlish sabablarini fizik mohiyatini tushuntiring.
2.
Interferensiyani maksimum va minimumlik shartlari.
3.
Ponasimon havo qatlami orqali interferensiyani tushuntiring.
4.
Oʻtgan va qaytgan yorugʻlikda Nyuton xalqalarini bir vaqtda kuzatishga
moʻljallangan tajriba qurilmasini ishlash mehanizimini tushuntiring.
202
7-laboratoriya ishi
MAYKELSON INTERFEROMETRINI LAZER OPTIK TAYANCH
PLITAGA OʻRNATISH
(
Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 19, 20, 24, 32, 38, 53, 54, 57.
)
Tajriba maqsadi:
Maykelson interferometrini yigʻish. Interferension manzarani
kuzatish.
Qisqacha nazariya:
Interferometriya nihoyatda aniq va sezgir oʻlchash metodi
hisoblanadi, masalan uzunlikning oʻzgarishini, zichlik darajasini, sindirish
koʻrsatgichlarini va toʻlqin uzunligini. Maykelson interferometri ikki nurli
interferometrlar oilasiga mansub. Uning ishlashi quyidagicha:
Talabga javob beradigan manbadan kelayotgan kogerent yorugʻlik nuri optik
komponentda ikki qismga ajraladi. Nurning bu qismlari turli yoʻllardan
harakatlanadi, bir-biridan qaytib, boshqa optik komponentga yoʻnaladi va ular bu
yerda ustma-ust tushib bir-biri bilan birikadi. Natijada interferension manzara
yuzaga keladi. Agar bu nurlar birining yoʻli uzunligi, ya′ni sindirish koʻrsatgichi va
geometrik yoʻl natijasida oʻzgarsa, bu oʻzgarmagan nurga nisbatan faza siljishiga
olib keladi.
Bu esa oʻz navbatida interferension manzaraning oʻzgarishiga olib kelib, u orqali,
agar boshqa miqdorlar doimiy qolsa, sindirish koʻrsatgichining yoki optik yoʻlning
har qanday oʻzgarishi haqida xulosa qilish imkoni boʻladi.
Demak, sindirish koʻrsatgichi doimiy qolsa, biz geometrik yoʻldagi farqni
aniqlashimiz, masalan issiqlik yoki elektr yoki magnit maydonlari sababli
materiallar oʻlchamining oʻzgarishini aniqlashimiz mumkin. Boshqa tarafdan, agar
geometrik yoʻl doimiy qolsa, sindirish koʻrsatgichini, hamda sindirish
koʻrsatgichiga ta′sir qiladigan bosim, temperatura yoki zichlikning oʻzgarishi
kabilarning miqdorini va ta′sirini aniqlashimiz mumkin.
Lazer nurining toʻlqin uzunligini oʻlchash uchun bitta yassi koʻzgu nozik sozlash
mexanizmidan foydalanib siljitiladi; Bu oʻzgartirish mos nurning optik yoʻlini
oʻzgartiradi. Bunday siljitish davomida interferension chiziqlarning siljishi yarim
203
shaffof ekranda kuzatiladi. Bu hodisani baholash uchun, yassi koʻzgu siljiganda,
kuzatish ekranidagi qoʻzgʻalmas nuqtadan oʻtayotgan maksimumlarni yoki
minimumlarni hisoblashimiz mumkin.
82-rasm. Interferension manzaraning yarim shaffof ekrandagi fotografiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |