1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
MANSUROV XOTAMJON JO’RAYEVICH
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM
O’quv qo’llanma
5110200-Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi yo’nalishi talabalari uchun
Andijon - 2020
2
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM
MANSUROV XOTAMJON JO’RAYEVICH
Mazkur o’quv qo’llanmabarcha oliy ta’lim muassasalarining 5110200-Fizika
va astronomiya o’qitish metodikasi va barcha tabiiy yo’nalishlar talabalariga va
professor-o’qituvchilariga mo’ljallangan. O’quv qoʻllanmada umumiy fizika
kursini mexanika,
molekular fizika, elektr va magnetism hamda optika
boʻlimlaridan jami 46 labaratoriya ishlari tavsiflari jamlangan.
Taqrizchilar:
Zaynobidinov S.
– Andijon davlat universiteti “Fizika” kafedrasi
professori, akademik, fizika-matematika fanlari doktori;
Olimov L.O.
– Andijon mashinasozlik instituti Materialshunoslik
va yangi materiallar texnologiyasi kafedrasi professori,
fizika-matematika fanlari
doktori.
3
SOʻZ BOSHI
Mamlakatimizda uzluksiz ta′lim tizimini yanada rivojlantirish, ta′limni
barcha bosqichlarini, xususan oily ta′limni sifatini yaxshilash va xalqaro
miqyosdagi raqobatbardosh mutaxasislar tayorlash ishlariga gʻoyat katta e′tibor
berilmoqda. Bu sohada tabiiy va aniq fanlarni xususan fizika ta′limini oʻrni yuqori
darajada ekanligi alohida ta′kidlanadi. Respublikamiz energetika, elektronika,
tibbiyot, agrar va boshqa yoʻnalishlaridagi inqilobiy oʻzgarishlar
islohotlarni
amalga oshirish uchun koʻplab yuqori saviyadagi zamonaviy bilimlarga ega
boʻlgan malakali kadrlarni tayorlashni taqozo etmoqda.
Fizika ta′limi boshqa fanlardan farqli ravishda chuqur nazariy bilimlar
bilan bir qatorda talabalarni amaliy koʻnikmalari ham yuqori boʻlishini talab qiladi.
Shu munosabat bilan ularga sifatli labaratoriya mashgʻulotlarini tashkil etish, fizika
ta′limini muhim boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Ohirgi paytlarda fan va texnikada
boʻlayotgan oʻzgarishlarga mos ravishda fizikaviy tajribalar va namoyish
texnikalari ham keskin oʻzgarmoqda. Avvalo labaratoriya ishlari mazmuni va
mohiyati, fizikani asosiy qonuniyatlarini saqlab qolgan holda zamonaviy dolzarb
yoʻnalishlarni aks ettirishga qaratilmoqda. Labaratoriya ishlarini bajarishda yangi
elektron
qurilmalar, optik va lazerlar texnikasi elementlaridan foydalanilmoqda.
Tok va kuchlanishni magnit maydoni kuchlanganligi, yorugʻlik kuchi, temperatura,
uzunlik, qarshilik, takroriylik, sigʻim va ular orasidagi bogʻlanishlarni, oʻzaro
ta′sirlashuvlarni kuzatish, oʻlchash va aniqlash uchun yangi texnologiyalar elektron
va lazerlar qurilmalaridan foydalanilmoqda.
Shuning uchun talabalardan nafaqat labaratoriya ishiga qoʻyilgan
maqsadni amalga oshirish, balki ish uchun ajratilgan murakkab asbob-uskunalarni
tuzilishi, ishlash tamoyillari hamda ularni funksional imkoniyatlarini ham bilishlari
talab etilmoqda. Zamonaviy laboratoriya asbob va jixozlar chiroyli dizayn va
texnika xavfsizligi talablarini bajarish maqsadida ishning barcha elementlari
chiroyli qutichalarga joylashtirilib, juda qulay xolatga keltirilgan.
Shu bilan bir
vaqtda bajarilayotgan ishni mohiyatini anglab olish uchun zarur boʻlgan jarayon
ishni elektik yoki optik sxemasini talabani oʻzi yigʻishi, xar bir elementni oʻziga
4
xos parametrlarini koʻrib, tajribaga mos keluvchilarini mustaqil ravishda tanlab
olish kabilardan talaba ozod etilmoqda.
Aslida labaratoriya ishi uchun zarur asbob va jihozlarni talabani oʻzi
yigʻib, jarayonni yutuq va kamchiliklarini his qila olishi kuzatiladigan hodisa yoki
oʻrganilayotgan qurilmani chuqur oʻzlashtirilishiga olib kelgan boʻlar edi. Lekin
hozirgi davrda umumiy fizika fanidan labaratoriya ishlari majmuasi barcha oily
oʻquv yurtlari uchun bir xil andozada jamlanib yuborilayotganini e′tiborga olgan
xolda ushbu darslikda har bir labaratoriya ishini boshlanishida ishga ta′luqli qisqa
nazariy ma′lumotlar kerakli asbob va jihozlar roʻyhati, ishni bajarish tartibi hamda
talaba uchun sinash savollari keltirilgan. Oʻquv adabiyotini yaratishda undan avval
chet ellar va mamlakatimizda chop ettirilgan koʻplab
nazariy va labaratoriya
ishlariga bagʻishlangan adabiyotlarni taxlil qilib, ularni ijobiy fikrlari va
kamchiliklari xisobga olgan. Qoʻllanmada umumiy fizikani mexanika, molekular
fizika, elektr va magnetism hamda optika boʻlimlari uchun moʻljallangan. Jami 46
labaratoriya ishlari tavsiflari jamlangan boʻlib, unda zamonaviy lazer qurilmasidan
kam foydalanganligi Voltengofen mayatnigi. Mayklson diski, shohsimon yorugʻlik
oʻlchagich, videocom, chastotani oʻlchovchi katta aniqlikli
Maykl interferometri
kabi yuqori aniqlikdagi asboblar va qurilmalardan foydalanish tartiblari va ularni
tuzilishlari keltirilganligi e′tiborga loyiq. Qoʻllanma oxirgi yillarda jahonni
yetakchi oliy oʻquv yurtlarida fizika ta′limida foydalanilayotgan oʻquv
labaratoriyalar majmualarini ta′riflari, ular yordamida belgilangan fizik
kattaliklarni aniqlash yoki ayrim jarayonlarni kuzatish, oʻlchash natijalarini
hisoblash, unda yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni xissasini
aniqlash kabi masalalarga
bagʻishlangan. Oʻquv qoʻllanmada labaratoriya ishlari ta′riflarini joylashish tartibi
ma′ruzalar ketma ketligiga mos kelmasligi mumkin. Shuni e′tiborga olib, ma′ruzasi
oʻtilmagan ishlarni talabalar mustaqil ravishda oʻzlashtirishlari uchun qoʻllanma
ohirida mavzuga taaluqli keng miqyosdagi adabiyotlar roʻyhati keltirilgan. Oʻquv
qoʻllanma fizika fani oʻqitiladigan oily oʻquv yurtlari talabalar, magistrlar va
oʻqituvchilar uchun moʻljallangan. Ushbu o’quv qoʻllanma fizikadan zamonaviy