Umumiy fizika kursidan masalalar to’plami



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/74
Sana17.07.2022
Hajmi3,48 Mb.
#811664
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Bog'liq
fayl 1029 20210520

Elektr maydon energiyasi.
Elektr maydonda zaryadlangan zarrachaning harakati 
531.
Kondensator akkumulyatorga ulangan. Agar uning plastinasi harakatlantirilsa, 
kondensator energiyasi qanday oʻzgaradi? Bu oʻzgarish energiyaning 
saqlanish qonuniga qanday muvofiq keladi? Agar plastina harakatlanishidan 
oldin kondensator akkumulyatordan uzilgan boʻlsa, javob qanday boʻladi? 
532.
Zaryadlangan kondensator dielektrik singdiruvchanligi ε boʻlgan dielektrik 
bilan toʻldirildi. Agar: a) kondensator manbadan uzilgan boʻlsa; b) 
kondensator manbaga ulangan boʻlsa, kondensator zaryadi q, kuchlanishi U, 
elektr maydon kuchlanganligi E, energiyasi W qanday oʻzgaradi? 
533.
Zaryadlanib, manbadan uzilgan yassi kondensator suyuq dielektrikli idishga 
tushirildi. Agar idish tubidagi kran ochilsa, dielektrik oqib chiqadi va 
kondensator energiyasi ortadi. Bunda qoʻshimcha energiya qayerdan olinadi? 
534.
Yassi kondensator plastinalari harakatlantirilyapti. Qaysi holda koʻproq ish 
bajariladi: a) kondensator doimiy kuchlanish manbaiga ulangan; b) 
kondensator zaryadlanib, manbadan uzilgan? 
535.
Rasmdagi sxemada kalit 1 holatdan 2 holatga oʻtkazilsa, zanjirdan qanday Q 
issiqlik ajralib chiqadi? Elektromagnit nurlanish energiyasini hisobga 
olmaslik mumkin. 
536.
φ
0
potensialgacha zaryadlangan simob tomchisi 
N
ta bir xil zaryadli bir xil 
tomchilarga boʻlindi. Tomchilar bir-biridan uzoq masofaga uchib ketishdi. 
Hosil boʻlgan har bir tomchining potensialini aniqlang. 
537.
Zaryadlangan simob tomchisi bir-biridan uzoq masofaga uchib ketuvchi 
N
ta 
bir xil tomchilarga boʻlinsa, elektr maydon energiyasi qanday oʻzgaradi? 
538.
Toʻrtta bir xil sharchalar teng miqdorli va bir xil ishorali q zaryadga ega 
boʻlib, bir xil uzunlikdagi choʻzilmas iplar bilan bogʻlangan (rasmga qarang). 
Sharchalar kvadrat uchlarida joylashgan paytda muvozanat oʻrnatilishini 
isbotlang. Sharchalarga faqat kulon kuchi va iplarning taranglik kuchlari ta’sir 
qiladi. 
535-masalaga. 
538-masalaga. 
542-masalaga. 


86 
539.
R
radiusli silliq dielektrik sfera ichida 
m
massali va +
q
zaryadli kichik sharcha 
joylashgan. Sharcha sferaning yuqori nuqtasida tura olishi uchun sferaning 
pastki nuqtasiga qanday Q zaryad joylashtirish kerak? Sferaning qutblanishini 
hisobga olmang. 
540.
Elektron-nurlanish naychasida boshqariluvchi plastinalar yassi kondensatorni 
hosil qiladi. Plastinalar orasidagi masofa 
d=10 mm
, plastina uzunligi 
l=50 
mm
. Elektronlar plastinalarga parallel holda 
v=2,0·10
7
m/s
tezlik bilan uchib 
kiradi. Plastinalarga 
U=50 V
kuchlanish berilgan. Elektronlarning 
kondensator ichidagi harakat trayektoriyasi qanday shaklda boʻladi? 
Kondensatordan chiqishda elektronlar boshlangʻich yoʻnalishga nisbatan 
qanday 
h
masofaga siljiydi? 
541.
(Oldingi masalaga qarang). Plastinalarga kuchlanish berilgandan keyin, 
elektron-nurlanish naychasi ekranidagi yorugʻ nuqta boshlangʻich vaziyatiga 
nisbatan qanday masofaga siljiydi? Kondensator chetidan ekrangacha boʻlgan 
masofa 
L=20 cm

542.
Elektron yassi kondensator plastinalari orasidagi fazoga pastki plastinadagi 
kichik tirqish orqali plastina tekisligiga 
α
burchak ostida 
v
0
boshlangʻich 
tezlik bilan uchib kiradi (rasmga qarang). Plastinalar orasidagi masofa 
d

kuchlanish 
U
. Elektron qanday trayektoriya boʻyicha harakatlanadi? Elektron 
va yuqori plastina orasidagi minimal masofa nimaga teng? 
543.
Uzunligi 
l
1
=50 mm
boʻlgan yassi kondensatorga elektron plastinalarga 
nisbatan 
α=15°
burchak ostida uchib kiradi. Elektron energiyasi 
W=1500 eV

plastinalar orasidagi masofa 
d=10 mm
. Kondensator kuchlanishi qanday 
boʻlganda elektron kondensatordan plastinalarga parallel holda chiqib ketadi? 
Agar kondensator uzunligi 
l
2
=10 cm 
gacha orttirilsa, javob qanday boʻladi? 
544.
Elektron yassi kondensatorga plastianalariga parallel holda 
v
0
=2,0·10
7
m/s
tezlik bilan uchib kiradi. Kondensatordagi maydon kuchlanganligi 
E=2,5·10
4
 
V/m
, kondensator uzunligi 
l=80 mm
. Elektronning kondensatordan 
chiqishdagi tezligining miqdori va yoʻnalishi aniqlansin. 
545.
U
1
=5,0 kV
kuchlanish orqali tezlashtirilgan elektronlar oqimi yassi 
kondensator qoplamalari orasiga oʻrtadan va ularga parallel holda uchib 
kiradi. Kondensator uzunligi 
l=10 cm
, qoplamalar orasidagi masofa 
d=10 
mm
. Kondensatordagi 
U
2
kuchlanishning qanday eng kichik qiymatida 
elektronlar undan chiqmaydi? 
546.
Yassi havo kondensatori bir-biridan d<<
a
masofada joylashgan va 
a x a
oʻlchamdagi kvadrat shaklidagi ikkita metal plastinadan tashkil topgan. 
Zaryadlangan kondensator oʻtkazmas suyuqlik solingan keng idishga 
tushirildi, bunda plastinalar vertikal hamda ularning pastki qirrasi suyuqlik 
sirtida joylashgan. Suyuqlik plastinalar orasida koʻtariladi va 
h
balandlik 


87 
qaror topadi. Nimaga bunday boʻladi? Plastinalar orasidagi 
U
kuchlanish 
qanday boʻlib qoladi? Sirt taranglikni hisobga olmaslik mumkin. Suyuqlik 
zichligi 
ρ
, dielektrik singdiruvchanligi 
ε


Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish