Umumiy doc


§. ROSTLANUVCHI OB’EKTLARNING XOSSALARI



Download 5,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/603
Sana11.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#444183
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   603
Bog'liq
resources-1

§. ROSTLANUVCHI OB’EKTLARNING XOSSALARI 
Kimyo va oziq-ovqat sanoatining texnologik jarayonlari o‘zlarining 
murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bunga sabab, ishlatiladigan xom 
ashyo turlarining ko‘pligi, zarur energiya manbalarining turlari va xom ashyoni qayta 
ishlash jarayoni bosqichlarining soni jarayon davrlari xarakteristikalarining vaqtdagi 
o‘zgarishlaridir.
Kimyoviy texnologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan korxona boshqarish 
strukturasining dastlabki pog‘onasi kimyoviy va oziq-ovqat sanoati texnologiyasining 
muayyan apparat shaklidagi tipaviy jarayonlari va ularni lokal boshqarish tizimidan 
iborat. Jarayonlarni boshqarish sifatida ularning biror tipaviy jarayonga oidligi fizik-
kimyoviy xususiyatlarining o‘xshashligidan aniqlanadi. Muayyan apparat shaklidagi 
har bir tipaviy jarayonlar ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar yig‘indisi o‘z kirish va 
chiqishiga ega bo‘lgan tizimlar kabi qurildi. Jarayonning kirish o‘zgaruvchilari 
g‘alayonlovchi va boshqaruvchi (nazorat qilinadigan va qilinmaydigan) ta’sirlarga 
ajratiladi. 
Har bir texnologik jarayon o‘zining kerakli yo‘nalishda o‘tishiga teskari ta’sir 
qilishga intilgan, ya’ni ichki va tashqi kuchlar ta’siriga uchraydi. Tizimning ishlash 
paytida jarayonning chiqish o‘zgaruvchilari berilgan shartlarga muvofiq bo‘lishi 
uchun tizimga boshqaruvchi (odatda, xom ashyo tarkibi yoki boshqa xususiyatlarni 
o‘zgartirish kabi) ta’sirlar ko‘rsatiladi. Tipaviy jarayonlar uzluksiz yoki diskret 
(uzlukli) bo‘lishi mumkin. Xom ashyo, energiya, katalizatorlar berilib, boshqaruvchi 
ta’sir ko‘rsatilishi mobaynida texnologik jarayonda uzluksiz mahsulot ishlab 
chiqarilsa, bu jarayon uzluksiz deyiladi. Nisbatan qisqa vaqt, ya’ni minut, soat, kunlar 
oralig‘ida muayyan qiymatda (ko‘pincha donali) mahsulot ishlab chiqariladigan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


377 
jarayon diskret (uzlukli) deyiladi. Bunda xom ashyo va yarim fabrikatlar reglamentda 
ko‘rsatilgan qiymatda avvaldan belgilangan ketma-ketlikda kiritiladi. 
Boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari ikkala jarayon uchun ham 
qo‘llaniladi, lekin so‘nggi vaqtlarda uzluksiz texnologik jarayonlarni boshqarish 
borasida katta yutuqlarga erishilmoqda. 
Tipaviy jarayonlarning boshqa tasnifi uchun qayta ishlab chiqariladigan xom 
ashyo agregat holatining belgisi va uning fazali o‘zgarishlari asos bo‘lishi mumkin. 
Bunga suyuq, gazsimon, bo‘tqasimon, qattiq, sochiluvchi, tolali materiallar oqimini 
boshqaruvchi tizimlarni misol qilish mumkin. Texnologik jarayondagi (mexanik, 
gidromexanik,issiqlik va massa almashuvchi, diffuzion, kimyoviy, mikrobiologik va 
kombinasiyalashgan) bog‘lanishlarga asoslangan tasnif mukammal tasniflardan 
biridir. Tipaviy jarayonlar, ko‘pincha, determinasiyalashgan tizimlardan iborat bo‘lib, 
kirish va chiqish o‘zgaruvchilari avvaldan ma’lum va o‘zgaruvchilar o‘rtasida 
muayyan bir ma’noli bog‘lanish mavjud. 
Texnologik jarayonlarni tiplarga ajratish ularning matematik tavsifini va 
apparaturali shakllanishining umumiyligini aniqlashdan iborat.
Kimyoviy va oziq-ovqat sanoatining tipaviy jarayonlari quyidagilardan iborat: 
1) mexanik jarayonlar – siljitish, tashish, tarozida tortish, granullash, dozalash, 
maydalash, aralashtirish, kovlash, boyitish; 
2) gidrodinamik jarayonlar – suyuqliklarni uzatish va suyuq holdagi bir jinsli 
bo‘lmagan aralashmalarni ajratish (suyuq, bo‘tqasimon va sochiluvchi), materiallarni 
aralashtirish; 
3) moddaning agregat holati o‘zgarmagan holda issiqlik, massa almashinuvi va 
termodinamik jarayonlar – siqilish, kengayish, qizish, sovish, giperfiltrasiya, 
kondensasiyalash, ventilyasiya; 
4) moddaning agregat holati o‘zgaradigan issiqlik va massa almashinuvili 
(diffuzion) jarayonlar – gaz aralashmalarining bo‘linishi, ekstraksiya bug‘latish, 
kondensasiya, rektifikasiya, distillyasiya, quritish; 
5) kimyoviy jarayonlar – oksidlanish, qaytarilish, gidrooksidlarning hosil 
bo‘lish, neytrallash, degidratasiya aromatlashtirish, sulfidlash, gidroliz, haydash, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


378 
filtrlash; 
6) mikrobiologik jarayonlar – xom ashyoni tayyorlash va saqlash, achitish, 
sterilizasiya, fiksasiya, bug‘latish, haydash, dozalash. 
Avtomatlashtirish sxemasini ishlab chiqishda texnologik jarayon belgilovchi 
faktordir. Avtomatlashtirish bo‘yicha tipaviy sxemani ishlab chiqish har bir xususiy 
hol uchun avtomatlashtirishning prinsipial sxemasini tuzish vazifasini ancha 
engillashtiradi. Texnologik parametrlari optimal bo‘lgan, agregatlarning stasionar 
sharoitlarida yuqori sifatli ishlashini ta’minlash uchun jarayon haqida kerakli 
ma’lumotlarni etkazib berib, boshqarish aniqligini ta’minlash imkoniga ega bo‘lgan 
boshqariladigan kattaliklar va ularni nazorat qiladigan nuqtalarni to‘g‘ri tanlash 
muhim ahamiyatga ega. 
Texnologik jarayonlarni tadqiq qilishda sanoat korxonalarini boshqarishning 
tashkiliy prinsiplari bilan bog‘liq bo‘lgan tizimlar strukturasini o‘rganish maqsadga 
muvofiq. Bunda tizimlar bir-biriga, buysunadigan tizimchalarga ajratiladi. Kimyo va 
oziq-ovqat sanoatlari uchun uch bosqichli boshqarish strukturasi xosdir. Bo‘ysunish 
tartibining dastlabki bosqichi tipaviy texnologik jarayonlarga asoslangan. Mahsulot 
ishlab chiqarishda muayyan texnologik vazifani amalga oshiruvchi jarayon va 
apparatlar yig‘indisi o‘rta bosqichni hosil qiladi. Umuman, sanoat korxonasi 
tartibining yuqori bosqichidir. Bu tartibning quyi bosqichi uchun boshqarishning 
vazifasi texnologik jarayonlarnlarni stabillashtirish va optimallashtirishdan iborat. 
Strukturaning o‘rta bosqichidagi sexlarni avtomatlashtirishda energetik va moddiy 
sarfning kichik qiymatda ishlab chiqarishni yuksaltirish vazifalari bajariladi. 
Uchinchi bosqich uchun boshqarishning vazifasi ishlab chiqarish texnika iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini yaxshilash masalalarini hal qilishdan iborat. 
SHunday qilib, bo‘ysunish tartibining birinchi bosqichi avtomatik rostlashning 
namunali jarayon va tizimlariga asoslangan. Ularning vazifasi texnologik rejimlarni 
stabillashtirishdir. Bo‘ysunish tartibining ikkinchi boqichini agregat, texnologik 
kompleks va texnologik jarayonlarni boshqarishdagi avtomatlashtirilgan tizimlari 
tashkil qiladi. Ular apparatlar ishini optimal koordinasiyalash va yuklarni ularning 
o‘rtasida o‘zaro optimal taqsimlash vazifalarini bajaradi. Uchinchi bosqichni sexlar
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


379 
yig‘indisi ishlab chiqarish korxonasi, xom ashyo zahiralarini rejalashtirish va 
mahsulotni amalga oshirishlarini operativ boshqarish tizimi, ya’ni sanoat korxonasini 
avtomatik boshqarish tizimi tashkil qiladi. 
Rostlash jarayoniga rostlanuvchi ob’ekt va tizimning boshqaruvchi qismining 
xususiyatlari ta’sir ko‘rsatadi. Rostlanuvchi ob’ekt xususiyatlarini o‘rganish 
avtomatik rostlash tizimini asosli loyihalash imkoniyatini beradi. 
Rostlanuvchi ob’ektning asosiy xususiyatlari: o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish; sig‘im, 
yuk, tarqalish vaqti, tezligi va kechikish. 

Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   603




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish