196
Tanlab yutish hodisasi Lambert — Ber qonuni bilan ifodalanadi, u to‘lqin
uzunligi
λ
bo‘lgan monoxromatik nurlanish uchun quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
C=(I/K
λ
∙
l)
∙
lg(j
0
/j)
, (6.5)
bu erda S — tekshirilayotgan gaz namunasida yutadigan moddaning konsentrasiyasi; K - to‘lqin uzunligi
λ
bo‘lganda moddaning yutish koeffisienti; l — namuna qatlamining qalinligi (kyuvetning uzunligi); j
0
, j —namuna
olinguncha va namuna olingandan keyingi nurlanish jadalligi.
Sanoatda foydalaniladigan infraqizil yutilishli
optik - akustik gaz
analizatorlarida vaqti-vaqti bilan infraqizil nurlar o‘tkazib turiladigan kyuvet
bo‘yicha yo‘naltirib turiladigan murakkab gaz aralashmasi tekshirilayotgan gaz
namunasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu erda, nurlarning bir qismi yutiladi, bir qismi esa
ikkinchi asbob bilan bog‘langan sezgir elementga tushadi.
Nurlar namunadan o‘tganidan keyin integral nurlanishlar farqini o‘lchaydigan
sezgir element sifatida tanlovchi nur qabul qilgichidan foydalaniladi.
Bu qabul
qilgich tahlil qilinadigan komponent bilan to‘ldirilgan kameradan iborat bo‘lib,
infraqizil nurlar o‘tishi uchun tuynuk bilan jihozlangan. Agar nur 1 qabul qilgichiga
vaqti-vaqti bilan infraqizil nurlar tushib tursa, u holda kamerada turgan gaz vaqti-
vaqti bilan isib sovib turadi.
O‘zgarmas hajmli kamerada turgan gaz haroratining o‘zgarishi natijasida uning
bosimi ham o‘zgaradi, bosimning bu o‘zgarishini nur qabul qilgich ichida turgan
membrana qabul qiladi. Hyp qabul qilgich bitta gaz bilan to‘ldirilgani
uchun nur
energiyasini yutish jarayoni tanlovchi bo‘ladi va u bilan bog‘liq bo‘lgan harorat
hamda bosim o‘zgarishlari nur qabul qilgichni to‘ldirib turgan gazning yutish
spektriga mos keluvchi ma’lum to‘lqin uzunligidagina sodir bo‘ladi. Gaz aralashmasi
o‘tkaziladigan kyuvetda, aniqlanayotgan komponentning konsentrasiyasiga qarab,
nur
energiyasi oqimi susayadi, shuning uchun nur qabul qilgich kamerasida harorat
va bosimning o‘zgarish amplitudasi bu komponentning gaz aralashmasidagi
miqdoriga teskari mutanosib ravishda o‘zgaradi.
O‘lchash sxemalariga ko‘ra optik-akustik gaz analizatorlari ikki guruhga:
kompensasion va bevosita o‘lchash analizatorlariga bo‘linishi mumkin.
6.5- rasmda optik-akustik gaz analizatori OA-2209 ning prinsipial sxemasi
ko‘rsatilgan, u gaz aralashmalarida uglerod qo‘shoksidini aniqlash uchun
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
197
mo‘ljallangan. Gaz analizatori uzluksiz ishlaydigan avtomatik asbob bo‘lib, qabul
qilgich bloki va ikkilamchi asbob KSU2 dan iborat.
Gaz
aralashmasidagi
tahlil
qilinayotgan
komponentning miqdori kompensasion usul bilan
o‘lchanadi. Elektr toki qizdiradigan ikkita nixrom
spiral 3 infraqizil nurlanish manbai bo‘lib xizmat
qiladi.
Nurlarning yo‘nalgan oqimini hosil qilish uchun
har qaysi spiral qaytargich 2 ning fokusiga joylashti
rilgan. Infraqizil nurlar oqimi qizigan spirallardan ayni
bir vaqtda obtyurator 4 yordamida 5 Gs chastota bilan
uziladi va ikki optik kanalga y
œ
naltiriladi, obtyuratorni
sinxron dvigatel 1 aylantiradi.
O‘ng kanalda infraqizil nurlarning uzlukli oqimi filtrlash kamerasi 5
va ish
miqdori kompensasion usul kamerasi 6 dan ketma-ket o‘tib, qaytaruvchi plastina 7
ning ortiga tushadi va undan nur qabul qilgich 9 ning o‘ng silindri 8 ga yo‘naladi.
CHap kanalda infraqizil nurlarning uzlukli oqimi filtrlash kamerasi 5 va
kompensasiyalovchi kamera 13 dan o‘tib, nur qabul qilgich 9 ning chap silindriga
tushadi. Faqat o‘lchanmaydigan komponent bilan to‘ldirilgan filtrlash kameralari 5
gaz analizatorlarning xatoligini qo‘shimcha ravishda kamaytirishga imkon beradi, bu
xatoliklarga gaz aralashmasida o‘lchanmaydigan komponentlar miqdorining
o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Kompensasiyalovchi kamera 13 chap kanaldagi infraqizil
nurlar oqimining yo‘lida gaz aralashmasi qatlamining qalinligini o‘zgartirish,
shuningdek, bu oqimning yo‘nalishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
Tekshirilayotgan gaz aralashmasi ish kamerasi 6 orqali uzluksiz o‘tib turadi.
Agar aralashmada tahlil qilinayotgan komponent bo‘lmasa, u holda nur qabul
qilgichning kamerasiga infraqizil nurlarning
bir xil oqimlari keladi, membrana
tebranmaydi va nur qabul qilgichdan signal chiqmaydi. Agar gaz aralashmasida
izlanilayotgan komponent bo‘lsa, u holda ish kamerasi 6 da infraqizil nurlarning
qisman yutilishi natijasida nur qabul qilgichning o‘ng silindriga ularning zaiflashgan
6.5-
расм
.
Do'stlaringiz bilan baham: