Qarshilik termometri bilan ishlaydigan me’yorlovchi o‘zgartkichning sxemasi.
SHunday qilib, me’yorlovchi o‘zgartkichning tokli signali qarshilik termometri
qarshiligiga mutanosib bo‘lib,uning aniqlik sinflari 0,6—1,5.
2.6-§. NURLANISH PIROMETRLARI
YUqorida ko‘rilgan, haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan barcha termometrlar
termometrning sezgir elementi bilan o‘lchanayotgan jism yoki muhit orasida bevosita
kontakt bo‘lishini taqozo etar edi. SHuning uchun, haroratni o‘lchashning bunday
usullari ba’zan kontaktli usullar deb yuritiladi. Bu usulni qo‘llashning yuqori
chegarasi 1800...—2500°S. Ammo sanoatda va tadqiqotlarda bundan yuqori
haroratlarni
ham o‘lchashga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, ko‘pincha
o‘lchanayotgan jism va muhit bilan termometrning bevosita kontakti mumkin
bo‘lmaydi. Bunday hollarda haroratni o‘lchashning kontaktsiz usuli qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |