Termojuft erkin uchlarining haroratini avtomatik kompensasiyalash sxemasi
Termojuft kompensasion ko‘prikkacha termoelektrod simlar bilan ulanadi,
ko‘prikdan o‘lchash asbobigacha esa mis simlar ulanadi.
Termojuft 2 erkin uchlarining darajalanish haroratida ko‘prik 1 muvozanat
xolatda bo‘lib, ko‘prikning ab uchlaridagi potensiallar ayirmasi nolga teng bo‘ladi.
Erkin uchlarining harorati o‘zgarishi bilan birga R4 qarshilikning qiymati ham
o‘zgaradi, natijada ko‘prik muvozanati buziladi va uning ab uchlaridagi potensiallar
ayirmasi o‘zga-radi. Bu ayirmaning qiymati erkin uchlaridagi haroratning o‘zgarishi
sababli paydo bo‘lgan TEYUK ning teskari ishorali qiymatiga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |