55
bu erda, a b va s — surma (630,5
0
S), kumush (950, 8°S) va oltin (1063
0
C) larning qotish harorati buyicha
aniqlanadigan doimiylar.
Hozirgi vaqtda quyidagi metall termoelektrodli termoelektr termometrlar
qo‘llanadi. Ularning xarakteristikalari 2.3-jadvalda keltirilgan.
Xromel — kopelli (56% Si — 44%Ni) termoelektr termometrlar standart
termometrlar orasida eng katta o‘zgartish koeffisientiga ega (70...90 mk V/°S).
Termoelektrod diametri 1 mm dan kam bo‘lgan termometrlar
uchun chegaraviy
qo‘llanishi 600°S dan kam va, masalan, diametri 0,2...0,3 mm bo‘lgan
termoelektrodlar uchun faqat 400°S ni tashkil etadi. YUqorigi o‘lchash chegarasi
kopelli elektrod xarakteristikasining barqarorligiga bog‘liq
Nikel-xrom — nikel-alyuminiyli (94%Ni + 2%A1 + 2,5% Mn + 1 %Si+0,5%
ko‘shilma) termometrlar turli muhit haroratlarini keng chegaralarda o‘lchash
uchun
ko‘llaniladi. Ular avval xromel-alyumelli termometrlar deb yuritilar edi. Nikel-
alyuminiy simdan tayyorlangan termoelektrod oksidlanishga nikel-xromga nisbatan
kamroq chidamli. Qo‘llanishning yuqorigi chegarasi
termoelektrod diametriga
bog‘lik. Diametri 3...5 mm bo‘lgan termoelektrodlar uchun qo‘llanishning yuqori
chegarasi nikel-xrom-nikel-alyuminiyli termometrlarda 1000°S ni tashkil etadi.
0,2...0,3 mm diametr uchun 600°S dan ortiq emas.
Platina-rodiy (90% platina—10% rodiy)-platinali termometrlar uzoq vaqt
davomida 0 dan 1300°S harorat oralig‘ida, qisqa vaqt davomida 1600°S
gacha
bo‘lgan oraliqda ishlashi mumkin. Mazkur termometrlar oksidlanadigan va neytral
muhitlarda
darajalash
xarakteristikasining
barqarorligini
saqlaydi.
Ulardan
foydalanish maksadiga qarab, etalon namunali va ish termometrlariga bo‘linadi.
To‘g‘ri ishlatilganda darajalash uzoq vaqt davomida o‘zgarmaydi.
Kamchiliklariga
termoelektr termometrlarning boshqa turlarinikiga nisbatan TEYUK kamligidir.
Termoelektrod simi diametri 0,3 yoki 0,5 mm bo‘ladi.
Platinorodiy
(30%
rodiyli)—platinorodiyli
(6%
rodiyli)
termoelektr
termometrlar uzoq vaqt davomida haroratlarning +300 dan to 1600°S gacha
oralig‘ida, qisqa vaqt davomida 1800°S gacha qo‘llanadi. Musbat elektrod — 30%
rodiy va 70% platina qotishmasidan, manfiy elektrod 6% rodiy va 94%
platina
qotishmasidan tashkil topgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
56
Mazkur
termometrlar
platinarodiy-platinali
termometrlarga
qaraganda
darajalash xarakteristikalarining barqarorligi yukoriligi bilan ajralib turadi.
Volframreniy — volframreniyli (TVR—5/20 va TVR—10/20) termoelektr
termometrlar uzoq vaqt davomida 0 dan 2200°S gacha va qisqa vakt davomida
2500
0
S gacha,
shuningdek, vakuumda, neytral va tiklanadigan muhitlarda haroratlarni
o‘lchashga mo‘ljallangan
2.3 – jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: