Umumiy doc


Massa-spektrometrik gaz analizatorlari



Download 5,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/603
Sana11.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#444183
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   603
Bog'liq
resources-1

Massa-spektrometrik gaz analizatorlari 
Massa-spektrometrlar 
gazlarni 
tahlil 
qilishda 
eng 
takomillashgan 
asboblardandir. Ular kimyoviy va fizik xossalaridan qat’iy nazar, moddalarning 
izotop va molekulyar tarkibini aniqlashga mo‘ljallangan. 
Massa-spektrometrik usul murakkab aralashmalardagi ko‘p-komponentlarning 
miqdorini aniqlashga imkon berib, bu erda, tahlilni juda tez o‘tkazishni ta’minlaydi. 
Tahlil qilishda tahlil qilinayotgan moddaning molekulalari qizigan katod 
emitterlaydigan elektronlar yordamida ionlanadi, elektr linzalar tizimi vositasida tor 
dasta tarzida fokuslanadi, tezlatuvchi elektronning elektr maydonida tezlatiladi va 
elektronlar kollektorida tutib qolinadi. Ion dastaning tarkibi tahlil qilinayotgan gaz 
aralashmasining molekulyar tarkibiga mos keladi. Ko‘ndalang magnit maydoni 
ta’sirida oqim ionlar massasining ularning zaryadlariga nisbati bilan farq qiladigan 
ion nurlariga ajraladi, bular keyin kollektorga keladi. Kollektor zanjirida massalari 
turlicha ionlar elektr toki hosil qiladi va bu toklar oldin kuchaytirilganidan keyin 
o‘lchanadi va elektron qayd etuvchi qurilma yordamida yozib qo‘yiladi. Magnit 
maydonining kuchlanganligi asta-sekin o‘zgartirib borilganida, tekshirilayotgan 
gazning molekulyar tarkibini xarakterlovchi ion toklari spektri yoki massa-spektrlari 
yoziladi. Miqdoriy tahlil o‘tkazish uchun massa-spektrometrni tekshirilayotgan 
moddada bor deb taxmin qilingan har qaysi komponent bo‘yicha oldindan 
darajalanadi. 
Massa-spektrometrlarning tuzilishi analitik va o‘lchash qismlaridan iborat. 
Analitik qismda ion dastalari massalari bo‘yicha hosil qilinadi, shakllantiriladi va 
ajratiladi. O‘lchash qismi ionlar manbaini va ishga tushirish tizimining stabillashgan 
kuchlanish bilan ta’minlash, ion toklarini o‘lchash va qayd etish, vakuum tizimida 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


217 
bosimni o‘lchash, massa sonlarini indekslash va hokazolar uchun mo‘ljallangan. 
Massa-spektrometrlar uchta turga: kimyoviy tarkibni tahlil qilish uchun — 
MX; moddaning strukturasi va xossalarini tekshirish uchun — MS; izotop tahlil 
qilish uchun — MI turlarga bo‘linadi. MS turidagi massa-spektrometrlar laboratoriya 
sharoitlarida o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan. 
Asbobsozlik sanoati kimyoviy tarkibini tahlil qiladigan MX - 7201, MX-7304, 
MX-1320 va izotopni tahlil kiladigan MI-1201B massa-spektrometrlarini chiqaradi. 
MX-7201 massa-spektrometri metallarda va ularning qotishmalarida N
2
, O
2

N
2
, S
2
gazlari va ularning gaz hosil qiluvchi qo‘shilmalari miqdorini aniqlash uchun 
mo‘ljallangan. Tekshirilayotgan materialdan gaz ajralib chiqishi vakuumda 
suyuqlantirish yuli bilan yoki grafitli tigelda amalga oshiriladi. Gazsimon 
qo‘shilmalarning tarkibini aniklash monopolyar (bir qutbli) massa-spektrometr 
yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegaralari 2—60. 
Magnitsiz MX-7304 massa-spektrometri so‘rib (tortib) olish tizimlari bilan 
ta’minlangan vakuumli tizimlarda qoldiq gazlarni sifat jihatidan tahlil qilish uchun 
mo‘ljallangan. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegaralari 2—200, tahlil qilish 
xatoligi ±2,5%. 
MX-1320 massa-spektrometri gaz aralashmalarini, suyuqliklarni va 400°S 
gacha haroratda gazsimon holatga o‘tadigan qattiq moddalarni miqdor va sifat 
jihatidan tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash chegarasi 
1—4000, tahlil qilish xatoligi ±5

10
-6
%. 
MI-1201B massa-spektrometri gazlarning va qattiq moddalarning izotop 
tarkibini sanoat sharoitida tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Natijalarini SM1 bazaviy 
hisoblash kompleksi yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari bo‘yicha o‘lchash 
chegaralari 2—720, tahlil qilish xatoligi ±0,15%. 

Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   603




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish