3-rasm. Turang’il daraxti - Populus diversifolia Schrenk
Shohlari yumaloq sarg’ish tuksiz. Kuchalasining bo’yi 3,5 sm eni 1-2 sm. Urg’ochi gulli kurtaklari erkak gulli kurtakchalaridan yirikroq. Kuchalasining bo’yi 3-4,7 sm, eni 1,5 sm, tuhumsimon osilib turadi. Mevasi kalta tukli, so’ng tuksiz bo’lib qoladi. Yetilganda qong’ir rangli pardachaga oxshaydi va tez to’kilib turadi. Urug’’ining bo’yi 0,8-1 mm. Eni 0,4-0,6 mm. Romb yoki lanset shaklida bo’ladi. Yuzasi silliq g’adr-budir, sariq oqish yoki novvotli yoki tubi to’q jigar rangda sertuk bu tuklar urug’ga nisbatan 2-5 marta uzun, ular kumush rang bog’lam hosil qiladi. Bu terak asosan urug’idan ko’payadi. Qalamchadan ko’paytirish juda qiyin. Yog’ochi och sariq rangda o’zagi sarg’isht rangda, qattiq o’q ildiz yon tomonga shoxlangan. Turong’il Qozog’istonda daryo bo’ylarida va vodiylarda keng tarqalgan, Xitoyning ayrim yerlarida ya’ni g’arbida uchraydi: Daryo qirg’oqlarida qumli va qumoq tuproqli yerlarda turong’il yaxshi o’sadi. Sho’rtob yerlarni ko’kalamzorlashtirishda turong’il katta ahamiyatga ega.
Jiyda (elalagnus orientolis L) O’zbekistonning deyarli xamma viloyatlarida uchraydi. Jiyda bo’yi 3-8m gacha yetadigan qizil-qo’ng’ir po’stloq bilan qoplangan daraxt. Tanasi qizg’ish-kulrang. Barglari tuxumsimon, cho’zinchoq yoki lonsetsimon, uzunligi 1,5-5sm, eni 7-20mm novdalarining uchi ko’pincha tikanli bo’ladi. Yosh novdalarining usti va barglari kumushsimon yaltiroq mayda g’uborlar bilan qoplangan. Gullari hushboy, sariq bir 3 tadan barg qoltig’iga joylashgan mevasi sariq cho’ziq dumaloq danakli meva. May oyida gullaydi, mevasin sentyabr, oktyabrda pishadi. Jiyda mevasi pishgan vaqtida qoqib olinadi va ochiq yerda quritiladi. U kam etli usti qizgich sariq tusta meva tarkibida ko’p miqdorda qandlar, oshlovchi moddalar, organik moddalar va boshga birikmalar bor. Xalq tabobatida jiyda mevasi yoki uning qaynatmasi meda ichak kasalliklarida (ich ketganda, ayniqsa yosh bo’lalarda) yuqori nafas yo’llari shamollaganda ishlatiladi.
4-rasm. Jiyda daraxti - Elaeagnus orientalis L
Jiydadan qaynatma tayorlash biror og’zi yopiladigan 1,5 litr suv quyib mevadan 50 gr solinadi va biroz qaynatilib 1 soat qo’yiladi songra dokada suziladi. Qaynatmadan ko’pincha ovqatdan keyin 2-4 mahal 2 osh qoshiqdan keyin asta ichiladi. Mevasi tarkibida 60% ga yaqin qand moddasi bor. Shu sababli ham uning mevasi spirt sanoati uchun qimmatli homashyo hisoblanadi. Mevasidan kisel va kompotlar ham tayorlash mumkin. Hamda mevasidan pikiatin pereparati olinadi. Bu pereparatdan ilmiy tabobatda meda (ich ketish) kasalliklarida ichish hamda og’iz boshlig’i yallig’langanda og’zini chayish uchun ishlatiladi. Ayniqsa danagida moy ko’p bo’ladi. Jiydadoshlar oilasiga 40 ga yaqin tur kiradi. Orta Osiyo Respublikalarida uning 2 turi tarqalgan. Tojbargli va sharq jiydasi. Tojbargli jiyda o’rtacha kattalikdagi darxt bo’lib, bo’yi 8 metr, diametri 40 sm. Pishiq tanali shixlari tikanli barglari lonsetsimon yoki keng lonsetsimon uzinligi 7 sm, kengligi 7-18mm, ustki tomoni oq kumush rangli guli sariq. Undan shirin suyuqlik ajralib turadi. Mevasi danakli yumaloq avol shaklida uzinligi 6-8 sm, kengligi 4-5 mm. Ham etli istemol qilib bo’lmaydi. Danagi slindr shaklida tuhumsimon Urug’idan yaxshi ko’payadi. Ildizidan esa bachkilaydi.
Ildizda tuganak bakteriyalar bor. Ular havodagi erkin azotni tuproqqa to’plash qobiliyatiga ega. U asosan vodiy O’rmonlarida o’sadi. Tuproqning sho’rligiga chidamli o’zining zangori va kul rang tovlanib turadigan barglari bilan ajralib turadi. Shu sababli uni sho’rhak yerlarni ko’kalazorlashtririshda foydalanish tavsiya etiladi. Jiydaning ikkinchi sharq jiydasi turi madaniylasha borgan. Uning yirik va etliroq mevasidan uglevod, monosaharid, fruktoza, kaliy va fosfor kabi modda va tuzlar borligi uchun juda foydalidir. U Yevropa, Mog’oliston xalq Respublikasida, Hitoyda, Himolay, Eron, kichik Osiyoda va orta dengiz mamlakatlarida keng tarqalgan. Asosan vodiylarda keng tarqalgan. Ko’pincha vodiyning daryo qirg’oqlarida ko’plab uchratish mumkin. Botqoqlangan, sernam strukturasiz va zich qovushmali hamda issiqlik yetarli bo’lmagan sharoitdagi tuproqlarda organik qoldiqlar havosiz anaerob sharoitda chirimaydi. Chirish jarayoni bunday sharoitda juda sekin kechib, turli oqsidlanmagan birikmalar ( CH4, H2, SH2) singari va o’simliklar ildizini ziharlaydigan boshqa birikmalar paydo bo’ladi. Anaerob sharoitida tuproqning ustki qatlamida chala chirigan yoki mulaqo chirimagan organik qoldiqlar toplami torf hosil bo’ladi.
Organik kislotalarni chiritadigan mikroorganizmlarni faoliyati malum darajadagi issiqlik va namlikka hamda tuproq eritmasining muhit sharoitida o’zgarib turadi. Bu mikroorganizmning ko’pchiligi hayoti uchun ( +25 +30o atrofida ) issiqlik talab etilib haddan tashqari yuqori yoki juda past haroratda ularning hayot faoliyati susayadi yoki deyarli to’htab qoladi. Optimal issiqlik asosiy chirindidagi mikroorganizmlar uchun (+25 +45o) atrofidadir. Tuproqning mehanik va kimyoviy tarkibiga qora tuproqning fizik hossalari, jumladan suv havo rejimi o’zgaradi. XVIII-XIX asirlarda yetarli darajada aniqlanmagan bu masalada tuproqshunos olimlarda 2 xil faraz ( gipoteza ) mavjud bo’lgan. Tuproqdagi organik modda yoki tuproq chirindisi.
Tuproqda o’simlik va hayvonot organizmlar qoldiqlaridan iborat ko’plab organik moddalar to’planadi. Bu moddalarning 1 qismi chirish jarayoni natijasida o’zgargan to’q tusli va murakkab tarkibli kompleks organik birikma yani chirindi- gumusga aylangan va tuproq mineral qismiga shimilib ketgan bo’ladi.
Organik qoldiqlar har xil tuproqlarda turli miqdorda to’planadi. Odatda tuproqlarning ustki qatlamlarda quyi gorizontlarga nisbatan organik qoldiqlar ko’pdir. O’simlik qoldiqlarining miqdoriy, tabiiy iqlim sharoitiga qora tuproqlarning ustki qatlamida mavsum davomida 1 gektar yerda 7 tonna quruq organik modda 25 tonna chamasi ildiz qoldiqlari qashtan tuproqlarda 5 tonna quruq organik massa va 10 tonna chamasi ildiz qoldiqlari to’planadi. O’rmon zonasida yerning yuza qatlamidagi tuproqda har xil gektariga 4-7 tonna organik qoldiq to’planib, yil sayin uning miqdori ko’payib boroshi natijasida hosil bo’ladigan umumiy miqdori har gektar yerda 50 tonnagacha yetadi. O’tloq yerlardagi tuproqning 1 metr qalinligida gektariga 6-13 t chamasi ildiz to’planadi. Ulardan tashqari 1 yilda hosil bo’ladigan organik qoldiqlar to’planadi. Masalan, organik qoldiq 1 yillik ekin ekilgan yerlarining 1 gektarida 3-4 tonna bo’lsa, sug’oriladigan bo’z tuproqli yerlaridagi bedapoyada esa 12-13 tonnagacha to’planadi. Chirindi hosil bo’lishining birdan bir asosiy manbai yashil o’simliklarning yer yuzasi va qatlam orasida to’planadigan organik qoldiqlaridir. Tuproqda yashaydigan ko’p sonli mikroorganizmlar umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning qoldiqlari ham malum darajada chirindi to’plash manbai hisoblanadi. Tuproqda to’planadigan quruq organik qoldiqlar tarkibida Ca, Mg, K, P, S, Si, Fe singari kul elementlari uglevodlar, oqsillar, lignin, lipidlar, mumlar, smolalar, boshlovchi moddalar va boshqa birikmalar bo’ladi deb Bahodirov M. aytib o’tdi.
Tuproq yerni ustki unundor g’ovak qatlami bo’lib, unda organik va mineral moddalar suv havo hamda mikroorganizmlar mavjud. Tuproq o’zining sifat belgisi hisoblangan. Unumdorlik darajasi bilan tog’ jinslaridan farq qiladi. Tuproq unumdorligi deganda o’suv davrida o’simliklarning ozmi ko’pmi oziq moddalar suv, havo va boshqa sharoitlar bilan taminlanishi tushuniladi. Tuproq unumdorligi tabiiy va suniy bo’ladi. O’zlashtirilmagan yerdagi tuproqlar tabiiy faktorlar tasirida unumdor holatga keladi. Undagi oziq moddalar va o’simliklar uchun zarur bo’lgan sharoitlar tabiiy ravishda hosil bo’ladi. Yerni ishlash organik va mineral o’g’itlar solish yerning meliarativ holatini yaxshilash kabi turli agrotehnik tadbirlar natijasida tuproqning suniy unumdorligi vujudga keladi. Tuproqning suniy unumdorligi muntazam ravishda oshirib borish mumkin.
Tuproq chirindisiga tasir qiluvchi omillar.
Tuproq malum sharoitdagi tabiiy faktorlar va tirik organizmlarning biriga tasir etish natijasida yer yuzidagi tog’ jinslaridan paydo bo’lgan. Tuproqning paydo bo’lishi va rivojlanishiga tasir qiluvchi tabiat sharoitlari va faktorlar, bir qancha tabiat sharoiti va faktorlari tuproq bo’lishi jarayonining rivojlanishiga bevosta yoki bilvosita tasir etadi. Tuproq paydo bo’layotgan muhitdagi sharoitining o’zgarishi bilan tuproqning ayrim hossalari o’zgardi. Agronomik hossalari va unumdorligi turlicha bo’ladi. Tuproq paydo bo’lishi muhitdagi eng muhim tabiat faktorlari quyidagilardir. Tuproq paydo qiladigan ona jins o’simliklar, hayvonlar, tuproqlar yoshi va faoliyati.
Tuproq paydo bo’lishi jarayonida biologik faktor asosiy o’rinni egallaydi, chunki bu jarayonni asosan mineral moddalarning organik birikmalariga aylanishida va organik birikmalarning qaytadan parchalanishida yani minerallanishidan iborat. Bu jarayonga amalga oshishi organizmlarga, birinchi novbatda o’simliklarning hayot kechirishiga bog’liqdir. Boshqa faktorlar esa tuproqning agronomiya nuqtai nazardan baholashda bu faktorlarning har birini alohida puhta o’rganish, ular orasidagi munosabatini aniqlash va tegishlicha ularga etibor berish kerak.
O’simliklar tuproq paydo bo’lishi prosessiga katta tasir etadi. O’simliklar hayoti tufayli tuproqning ustki qatlamida oziq moddalar hususan azotning asosiy manbai hisoblangan organik birikma chirindi yig’iladi. O’simlik ildizlari chiqarayotgan organik kislota tog’ jinsining nurashini kuchaytiradi va tuproq tarkibidagi erimaydigan moddalarni suvda eriydigan qiladi. Tuproqda to’plangan o’simlik qoldiqlarining asta sekin chirishi natijasida mikroblarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoit vujudga keladi. Bulardan tashqari o’simliklar iqlimi sharoitini o’zgartiradi.
Haybatli hayvonlar chirindisi ham yani tuproq paydo bo’lishi jarayonida hayvonot olami ham katta rol o’ynaydi. Hayvonlar tuproqning fizik, kimyoviy va biologik hususiyatlariga, shuningdek mineral va organik tarkibiga, ayniqsa suv, havo, issiqlik rejimiga tasir etadi. Masalan tuproqning ustki qismida uchraydigan amiyoba va infuzorya singari ibtidoiy jonivorlar tuproqdagi bakteriyalarning oziqlanishiga, azotning ko’payishiga va o’simliklar kasallanishining kamayishiga ta’sir etishi bilan birga, organik qoldiqlarning chirishi jarayonida tuproqdagi har xil hashorat (termit, chumoli va boshqa) va chuvalchanglar kabilar tuproqning fiziki va kimyoviy hossalarini oshiradi. Ekinlarda mo’l hosil yetishtirishida tuproq unumdorligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tuproq tog’ jinslarining asta sekin nurashi natijasida hosil bo’ladi. Nurash jarayoni tabiiy sharoiti tasiriga qarab fizikaviy, kimyoviy va biologik nurashlariga bo’linadi.
Fizikaviy nurash. Haroratning keskin o’zgarishi shamol va suv tasirida sodir bo’ladi. Bunda tog’ jinslari maydalanadi va ularning kimyoviy tarkibida o’zgarish bo’lmaydi. Haroratning ko’tarilishi natijasida tog’ jinslarining sirti qizib hajmi kengayadi, ichki qismga ega issiqlik kam otadi, shuning uchun bu yerda harorat va hajm deyarli o’zgarmaydi.
Bioligik nurash, o’simlik , hayvon va mikroorganizmlar ishtirokida tog’ jinslari parchalanadi va kimyoviy o’zgarishlar ro’y beradi. Biologik nurashda organizmlar tog’ jinslarida o’zlariga kerakli moddalarni ajratib oladi va mineral jinslar yuzaga to’planadi, natijada tuproq hosil bo’lishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. O’simliklar ildizlar va mikroorganizmlar ajratadigan korbonat angidrid va har xil kislotalar kimyoviy nurashga sabab bo’ladi.
Tog’ jinslarida paydo bo’lgan yoriqlar orasida o’simlik ildizlari natijasida ular maydalana boshlaydi. Shuningdek qurt-qumursqa va kalamush sichqonlar hamda kemiruvchi hayvonlar ham tog’ jinslarini mexanikaviy parchalashda ishtirok etadi. Bu nurashlar natijasida tog’ jinslari parchalanib, turli kattalikdagi ona jins paydo bo’ladi. Shu jinsdan keyinchalik tuproq hosil bo’ladi. Tuproq hosil bo’lishi ona jinsi orasida tirik organizmlarning vujudga kelishi bilan boshlanadi. Mikroorganizmlar ona jinsi tarkibida suvda erigan moddalarni o’zlashtiradi, organik moddalar hosil qiladi va mikroorganizm qoldiqlarining chirishi natijasida dastlabki tuproq hosil bo’la boshlaydi.
Keyinchalik ularda suv rejim hamda o’simliklarning D.N. Pryanishnikov va shogirdlarining tadqiqotlari asosida o’simliklar hayotida ammiak va nitrat shakldagi azot teng kuchli ekanligi aniqlangan. Tuproq muhiti mo’tadil bo’lsa o’simliklar ammiak shaklidagi azotni nitratlarga qaraganda yaxshi o’zlashtiradi. Nordon muhitda esa aksincha, nitrat shaklidagi azot yaxshiroq o’zlashtiradi. Tuproqda kalsiy magniy va kalsiyning ko’p bo’lishi ammiak, azotni, fosforning molligi esa nitratlarning o’zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Tuproqda malibden tanqisligi nitratning qaytarilishini sekinlashtiriladi va o’simlikni ayni shakldagi azotni assimilyatsiyalashuvini cheklaydi.
Tuproqdagi azot miqdori va azotli birikmalar dinamikasi
A.P.Vinogrodov ma’lumotiga ko’ra azot yer qobig’i massasining 2,3x10 -2 % tashkil qiladi. zahirasi bir necha 10 mlrd ga yetadi. Tuproq azotning asosiy qismi murakkab organik birikmalar tarkibiga kiradi. Yer qobig’idagi azotning bir qismi ammoniyning almashinmasdan yutulgan ionlar shaklida bo’lib, alyomosilikatli minerallarning kristall panjarasida ushlab turadi. Bir muncha kamdir. Azot bilan oziqlantirish sharoitlari o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga kuchli tasir ko’rsatadi. Azot tanqis bo’lgan sharoitda o’simliklarning o’sishi keskin sekinlashadi. Barglari maydalashib, och yashil tusga kiradi, ancha erta sarg’ayadi. Poyasi ingichka tortib yaxshi shoxlanmaydi. Hosil organlarning shakllanishi, rivojlanishi va donning quyilishi yomonlashadi.
Azot bilan meyorda oziqlantirilgan o’simliklarda oqsil moddalar jadal sintezlanadi. O’simliklarning o’sishi va hayot faoliyati kuchayadi, uzoq davom etadi, barglarning qurishi sekinlashadi baquvvat poya va toq yashil tusdagi barglar shakllanadi, o’sishi shohlanish hamda hosil organlarining rivojlanishi yaxshilanadi, natijada hosil va uning tarkibidagi oqsil miqdori ko’payadi. Lekin o’sish davrida bir tomonlama azot bilan oziqlantirishga ruju qoyish hosilning pishib yetilishini orqaga suradi.
O’sish jarayonlari kuchli rivojlanib, o’simlikning g’ovlab ketishiga sabab bo’ladi. Hosil sifati shuningdek qo’llaniladigan azotli o’g’it turiga ham bog’liq. Masalan ammiakli azot bilan oziqlanadigan o’simlik hujayralarining qaytaruvchanlik nitrat shaklidagi azot qo’llanilganda esa oksidlovchilik qobiliyati kuchayadi. Urug’ uglevodlarga o’simliklar ammiakni o’zlashtiradi va tuproqqa ammiakli azot urug’larini o’g’itlarini kiritish ularga ijobiy tasir ko’rsatadi.
Nuklein kislotalar oqsil sintezida sinch (karkas) vazifasini o’taydi. Ular aminokislotalarning birikishidan hosil bo’ladigan peptid bog’lar hisobiga turli tuman oqsil molekulalar yuzaga keladi. O’simliklar tanasida oqsil sintezi bilan bir qatorda ularning parchalanishi ham sodir bo’ladi. Oqsil gidrolizida proteza fermentlari katolizator vazifasini o’taydi. Oqsilning parchalanishidan hosil bo’ladigan ammiak o’simlik to’qimalarida to’planmaydi, balki dikarbon aminokislotalar sintezga sarflanadi. Ular esa oz navbatida oqsil va boshqa azotli birikmalarning biosintezida ishtirok etadi. Demak azotli organik birikmalar hosil bo’lishi va parchalanishining murakkab zanjiri ammiakdan boshlanib, ammiakda tugaydi. Shu bois akademik D.N Pryanishnikov ammiak o’simliklarda azot moddalari almashinuvining alfasi ham amegasi hamdir degan edi.
O’simliklarda azotli moddalar almashinuvi butin vegetatsiya davrida sodir bo’ladi. Lekin ularning surati va harakat o’sishi va rivojlanishi turli davrlarda turlcha kechadi. Masalan, urug’ining unishi jarayonida endosperma urug’ palladagi zahira oqsil aminokislotalarga qadar parchalanadi. Ularning oqsidlanishidan ammiak hosil bo’ladi va aminokislotalar hamda ammiaklarning keyinchalik oqsil va boshqa organik birikmalar sintezida ishtirok etadi. O’simlikda fotosintezga qabul yashil barg paydo bo’lgach oqsil sintezi tashqi muhit tuproqdan yutuladigan azot hisobiga ketadi. Tuproqdan eng ko’p azot o’simliklar jadal rivojlanib tana qoyadigan davrida o’zlashtiriladi.
Ayni paytning o’zida oqsilning parchalanishi ham sodir bo’ladi. Yosh o’sayotgan a’zolardan oqsil sintezi ustunlik qilsa, qari o’sishdan to’xtagan a’zolarda oqsilning parchalanishi kuchliroq namoyon bo’ladi. Azot almashinuvi jadalligiga bog’liq ravishda o’simlik tanasining turli a’zolarida azotning qayti taqsimlanishi kuzatiladi. Masalan, jismonan charchagan a’zolarda asosan qari barglarda oqsil gidrolizi sodir bo’ladi va gidroliz mahsulotlari yosh a’zolar tomon harakatlanadi. Urug’ shakllanadigan davrda bardagi oqsil moddalar jadal parchalanib, hosil bo’ladigan aminokislotalar pishib yetiladigan urug’larga oqib o’tadi va shu yerda oqsilga aylanadi. Barglar azotga boy bo’lib, poya va ildizlarga uning miqdori kislotalarning qayta almashishiga moyilligi ularning moddalar almashinuvida juda katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Qayta aminlanishi jarayoni oqsil sintezi va aminokislotalarning dezaminlanishida muhim ahamiyatga ega. Dezmenlanish aminokislotadan amino guruhni tortib olinishi natijasida ammiak va kislota hosil bo’ladi. O’simlik tomonidan qayta ishlangan kislota uglevodga aylanadi ammiak esa yana aminlanish jarayonida ishtirok etadi. Bundan tashqari ammiak asparogen va glutamin kislotalar bilan ta’sirlashib, aminokarbon kislotalarning amidlarini hosil qiladi.
COOH-CH-NH2 -CH2 -COOH+NH3->-H2O
Asparogen kislota
CONH2 –CH-NH2-CH2-COOH
Asparogen kislotalarining amidi D.N.Pryanishnikov amidlar, uglevodlar tanqisligi tufayli o’simlik tasirida ammiakning ortiqcha to’planishining oldini olishi isbotlandi. Tarkibida uglevod zahirasi ham urug’larning masalan, qand lavlagining unub chiqishida o’simlik tanasida ortiqcha miqdorda kiradigan ammiak aminokislotalar sintezida to’la sarflanmaydi. To’qimalarda to’planib, o’simlikni zaharlaydi. Qaytarilmasdan o’simlik tarkibiga o’sadigan nitrat shaklidagi azot o’simliklari uchun zararsiz bo’lib, to’qimalarda ko’p miqdorda to’planishi mumkin. Lekin qishloq ho’jalik mahsulotlari tarkibida nitratlarning ma’lum darajadan oshib ketishi, ularni istemol qilgan hayvon va insonlarga zararli ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga asparogen va glyutanin kislotalar fermentlar ishtorokida qayta aminlash yo’li bilan amin guruhlarini boshqa kislotalarga berish hususiyatiga ega. Qayta aminlanish tegishli ferment ta’sirida aminokislotalar ta’sirida qayta aminlanish yuzaga keladi. Amin guruhini ketakislota ko’chirilishidir.
-
COOH-CH2-CH2-NH2-CH-COOH+CH3 –CO-COOH
Asparogen kislota pirauzum kislota
CH3-CHNH2-COOH+COOH-CH2-CO-COOH
Shovulsirka kislota
-
COOH-CH-NH2-CH2-CH2-COOH+CH3-CO-COOH
Glyutamin kislota pirauzum kislota
CH3-CH -NH2-COOH+COOH-CH2-CH2-CO-COOH
Alanin a-ketoglutar kislota
O’simliklar tanasidagi glutamin va asparogen
II bosqich
COOH-C=NH-CH2-COOH+COOH-CH- NH2- CH2- COOH
Asparogen kislota
Ayni shu yo’l bilan ketagulitar kislota va ammiakdan gulitamin kislota hosil bo’ladi. Shuningdek asporogen kislota ammiakning fumor kislota ( COOH - CH = CH - COOH ) ga to’g’ridan birikadi. Aminokislotalar sintezi uchun azot faqat qaytarilgan shaklda bo’lishi lozim, nitrat va nitratlar karbon kislota hosil bo’lishi bilan bevosita bog’liq. O’simlik tanasida uglevodlar zahirasi yetarli bo’lsa nitrat shakldagi azot fermentining ishtirokida ildizning o’zidayoq ammiakka aylanadi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin.
NHO3 = NHO2 ( NHO2 ) = NH2 OH= NH3
Nitrat kislotadan ammiak hosil bo’lishi ko’p bosqichli bo’lib, bunda bir qator fermentlar katalizator vazifasini bajaradi.
-
NHO3 + H2HNO2 + H2O
-
2HNO2 + 2H2H2N2O2 + 2H2O
-
H2 N2 O2 + 2H2NH2 OH
-
NH2 OH+H2NH3+H2O
Nitratlardan ammiak hosil bo’lishidan ishtirok etadigan fermentlar memolo floroteiblar deb nomlanadi. Azotning o’simliklar oziqlanishidagi ahamiyati azot o’simliklar uchun zarur oziq elementlardan biridir. U barcha oddiy va murakkab oqsillar nuklein kislotalar (RNK va DNK) xlorofil fosfidlar aloqadorligi ayrim davrlarda va fermentlar tarkibiga kiradi. O’simliklar oziqlanishida oziq manbai bo’lib, ammoniy va nitrat tuzlari hizmat qiladi. O’simliklar tomonidan azotning o’zlashtirilishi murakkab jarayonlar asosida ketadi va ammiakning tegishli organik kislotalar keto guruhi bilan hosil qiladigan aminokislotalar sintezlanadigan oqsil nuklein kislotalar birikmasi molekulasi birikishi bilan yakunlanadi. Muzkur jarayoni aminlanish deyiladi. O’simliklardagi anaerob va aerob nafas olishning birinchi bosqichida uglevodlarning parchalanishidan hosil bo’ladigan preazon shovulsirka ketaglutar va boshqa keta korbon kislotalar bevosita aminlashga ancha moildir. Ketokislotalarning ammiak ta’sirida to’g’ridan to’g’ri aminlanishi o’simliklardagi aminokislotalar sintezining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Bu 2 bosqich ammiak va ketokislotalar aminokislota va suv 2-bosqichida esa aminokislotalarning qaytarilishidan aminokislota hosil bo’ladi.
I bosqich
COOH – CO- CH2 COOH COOH - C = NH2- COOH + H2O
Shovulsirka kislota aminoshovul sirka kislota
Tuproq faunasini chirish jarayonidagi ishtiroki yaqin davrlargacha tabiatda moddalar aylanishi jarayonida asosan o’simlik qoldiqlari parchalanib, minerallashtirilgan va organik moddalarni sintezlaydigan organizmlar uchun yani yashil o’simliklar va mikroorganizmlarning ahamiyati etiborga olinadi. Hayvonlarning ahamiyati etibordan chetda qolib ketaverardi.
I.P.Babeyeva, G.N.Zenova 1983 tuproqda juda xilma-xil hayvonlar hayot kechiradi ular orasida bir hujayrali imillab yuruvchilar, nematodalar, enliteridlar, Yomg’ir chuvalchanglari, molyuskalar, zahkashlar, kanalar, hashoratlar, oq dumlilar uchraydi. Hayvonlar tuproq biomassasining 25-30% ini tashkil etadi. Tuproqdagi umurtqasiz biomassasi 1 ga maydonga 35 tonnaga yetkan (Kiryonava E.S . Kral 1969) ko’pchilik hayvonlar tuproqning eng ustki yuza qismida tarqalgan bo’lib, haydalma 0-30 qatlamida uchraydi. Tuproqqa tushgan organik qoldiqlarni parchalanishida tuproq hayvonlarining ahamiyati juda muhimdir. O’simlik ildizlarining tuproqda parchalanishi yil davomida tuproqqa tushayotgan organik moddalarning miqdori so’layotgan o’simlik qoldiqlari va yuqori o’simliklar hayotiy chiqaradigan organik qoldiqlarni chirishini tezlashtirish maqsadida foydalanish ustida kuzatish olib borgan O’zbekiston F.A. Zoologiya institutining olimlari A.F. Mandugin, J.A.Azimov, Y.A.Ilhomovich, P.N.Ahmerov, F.Q.Qobilov(1995) Eiseniya va Allaborhora urug’ning qiyosiy marfofunksional tafsifi bo’yicha tadqiqot olib borishdi. B.S.Salimov 1997 qizil Kalifornia chuvalchangida organik qoldiqlarni chirishini tezlashtirish maqsadida foydalanish ustida kuzatish olib bordi. To’kilgan qoldiqlarning tuproqda to’shalmaga aylanishi organizmlarning murakkab tuproq faunasini
5 rasm. Tuproqda yashovchi organizmlarning oziq zanjiri.
o’simlik ildizlarining tuproqda parchalanishi yil davomida tuproqqa tushayotgan organik moddalarning asosiy miqdori so’layotgan o’simlik qoldiqlari va yoqori o’simliklar hayotiy chiqaradigan suyukliklardan iborat. 1 yil davomida to’kilgan o’simlik qoldiqlarining massasi 20x 109 dan 50x 109 tonnaga yetadi. To’kilgan qoldiqlarning tuproqda to’shalmaga aylanishi organizmlarning murakkab birlashmasi tuproq faunasi vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Parchalanishning harakteri va tezligi 3 ta asosiy faktorlar aniqlanadi bular o’simlik tarkibi materiali suv temir tizimi va parchalovchi organizmlar komplekslari orqali amalga oshiriladi. Parchalanish jarayonida o’simlik qoldiqlarining bir bo’lagi to’liq minerallashadi. Boshqalari konservatsiyalanadi uchinchisi esa gumusga qoshiladi. Ayrim ko’rsatkichlarga qaraganda nematodalar tuproqda mikroorganizmlarni juda katta miqdo’rini hazm qiladi. Misol uchun Dania yaylovlarida ular yiliga 800 kg/ga mikrobiomassani utilizatsiya qiladi. nematodalar ishtirokida tuproqda parchalanish tezligi bir necha barobar oshadi. Masalan, N. Fitova va B.A. Bizovalarning labarotoriya usuli natijasini ko’rsatkichlari bo’yicha nematodalar tasirida moddalar parchalanishining tezligi 10 % dan 100 % gacha oshadi.
Tuproq hosil bo’lishida mikroorganizmlarning ahamiyati tuproq hosil bo’lishi jarayoni yaxshilanadi. Janubiy hududlarda yomg’ir chuvalchanglari allabaphora gordejey milk A. Astaldra, A. Faetida suv A. Kostritsa, A. Josyenis turlarini tuproqqa tasiri ustida kuzatishlar olib borilgan. Yomg’ir chuvalchangining vertikal yo’nalishdagi yo’llari uzoq vaqt saqlanib qoladi va bu yo’llardan ulardan yana qayta foydalanishini aniqlagan.
K.R. Borley (1961) ning malunot berishicha yomg’ir chuvalchangining allabophora qolginasi V. Tishler 1971 yil kuzatishicha yomg’ir chuvalchangi koproltida mikroorganizmlar oddiy tuproq zararkunandalarda nisbatan 33% ko’p uchraydi. Tuproqda havo yetarli bo’lsa undagi o’simlik qoldiqlari tez chiriydigan va oson o’zlashtirgan moddalarga aylanadi. Tuproqda havo yetarli bo’lmasa tezlashishida mikroorganizmlarning roli ayniqsa katta. Ular o’simlik qoldiqlarining chirishida yordam beradi. Tuproqda organik moddalar qanchalik ko’p bo’lsa, mikroorganizmlar ham shuncha ko’payadi. Bir gektar yerning haydalma qatlamida orta hisobda 4-5 tonnaga yaqin bakteriyalar va mikroorganizmlar yashaydi.
Tuproqdagi bakteriyalar va mikroorganizmlar aerob (havoli) hamda anaerob (havosiz) sharoitda yashab rivojlanadi. Zanburug’lar, bakteriyalar hayoti uchun noqulay bo’lgan kislotali muhitda hayot kechiradi. Ular o’simlik va hayvon qoldiqlarining parchalanishida muhim rol o’ynaydilar. Yomg’ir chuvalchangining tuproq hosil bo’lishi va uning hosildorligini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ilk bor 1837 yilda Ch. Darvin (1936) fanga ma’lum qilgan edi. Keyinchalik tuproqshunos olim G.N. Vusovskiy (1898, 1899, 1900, 1901 a, 1901 b,1906, 1923, 1930) XIX asrning ohiri XX asrning boshlarida Rassiyaning qora tuprog’i chirish sekinlashadi.
Bakteriya va zamburug’larning yashashi hamda ko’payishida tuproq harorati, namligi, havosi, reaksiyasi va ona jinsi muhim ro’l o’ynaydi. Tuproqdagi mikroorganizmlar faqat o’simlik qoldiqlarini chiritibgina qolmay o’zlari ham nobut bo’lib tuproqni chirindi moddalar bilan bo’yitadi. Mavsumiy iqlim sharoitida tuproq sezuvchan hayvonlari, jumladan yomg’ir chuvalchanglari iqlimning o’zgarishiga o’ta sezuvchan bo’lishadi. Ular bahor va kuz oylari tuproqning yuza qatlamida to’planishi va qish fasllarida esa chuqur qatlamlariga ko’chishi aniqlangan. Zicci 1959; Radu, Ragojanu-gresea, Tent-Dan 1962; Rainecka 1969; Gulyarov 1947, 1954, 1964; Valiyev 1950; Atlavinit 1975, 1990; Soklov 1956; Mamitov 1952, 1953; Brodskiy 1937; Dimo 1938; bulardan tashqari juda ko’p olimlar o’z xissalarini qo’shganlar va ularni fanga kiritganlar. Alimjonov 1946; Sattarov, Mavlonov, Usmonova, Tursunov 1991; Valixonov 1994 va boshqalar. Shveysariyalik stokli (1929) va Chexoslavakiyalik Zajon C, Ambroz (1967) yomg’ir chuvalchanglarning koprolitlari iqlimning o’zgarishi bilan ko’payishi yoki kamayishi kuzatilgan.
Germaniyalik Baltzer (1956) haroratning o’zgarishi yomg’ir chuvalcchaanglarining har xil turlarida jinsiy organlarning rivojlanishiga turlicha ta’sir ko’rsatishini aniqlangan. O.M. Mavlonov va G X Axmedovning “Tuproq zoologiyasi” (1992) oquv qo’llanmasida hayvonlarning tuproqda yashashiga moslashuvi tarqalishi va harakatlanishi, ularning tuproq xosil bo’lishidagi axamiyati hamda boshqa tuproq hayvonlari va mikro organizmlar bilan o‘zaro munosabatlari, yomg’ir chuvalchanglarining intraduksiyasi kabi masalalar ustidahxam yo’xtalib o’tdilar.
Mualliflar yer yuzasida tarqalgan yomg’ir chuvalchanglarini qisqacha ta’riflash bilan birga respublikamiz suvg’oriladigan maydonlarda keng tarqalganligini qayt qilishadi. O.P. Atlavinite (1990) Litvada o’zining ko’p yillig tajribalari asosida tabiiy biotsenoz va agrotsinozlarda yomg’ir chuvalchanglarining axamiyati boshqa organizmlar bilan biotik aloqalari qishloq xo’jaligi o’simliklar qoldiqlari va ularga bo’lgan ta’siri tuproqdagi indikotorlar zususiyati turlar soni biomossosi hamda vertikol migrotsiyasi borasida ko’plab yangi ma’lumotlar keltiradi.
T . C . Vsevolodova – Perel va bosqalar (1995) rossiya o’rmonlarining janubiy qismida yomg’ir chuvalchanglari va boshqa umurtqasiz tuproq hayvonlari bilan birga kompleks tarqalishlari ustida izlanishlar olib borishgan. Ular va boshqa tadqiqotcxilarining Rossiya o’rmonlarida o’tkazilgan ilmiy ekspeditsiyalari tufayli yomg’irchuvalchanglari to’shalmaning chirishidagi axamiyati, tarqalishi, ekologiyasi va sistemetikasi bo’yicha ko’pgina ma’lumotlar to’plangan.
Yomg’ir chuvalchanglarining madniy osimliklarga ta’siri, boshqa tuproq mikroorganizmlari bilan o’zaro munosabatlari, tuproqni vitaminlar va o’simlik chirindilari bilan bo’yitib uning kimyoviy tarkibiga ta’sir ko’rsatishi borasidaham talaygina ishlar olibborilgan. (Subursev 1900; Strigonova 1968,1982; Budavitsene 1969; Kozlovskaya 1969; Djangaliyev 1969; Zlo’tin 1969; Moteyev 1969; Ulin 1969; Gilyarov 1982; Xotko va boshqalar 1982 Saravniski, Saparbekov 1988;Kulikov 1992; Bse volodova – Perol va boshqalar 1992 koshiyeva 1995, Shaykin 1995; Atelyanyuk vaboshqalar 1996 , Igonin 1997 va boshqalar).
Mikroorganizmlarni qaysi biri chirituvchi va har xil o’lchamdagi katakchalarga solingan o’simlik qoldiqlarini qaysi turi qatnashi va qanchalik aktiv qatnashishini aniqlash maqsadida axlat xaltachalariga solinib qo’yiladi. Axlat xaltachasiga ma’lum og’irlikda solingan o’simlik qoldiqlarini dalada qoldirganda oldingi massasidan keyingisi kamayib qoladi. Har xil xajmdagi kataklar tuproqda yashovchi jonivorlarning o’rnashib olishiga imkon beradi. Natijada chirindining diferensial o’lchov normasini topish mumkin (mikrofauna, mizofauna, mikrofauna katta katakda yashovchilar (mizofauna, mikrafauna o’rta katakda yashovchilar), (mikrofauno xaltachaning kichik katagida yashovchilar).
6-rasm. Har xil o’lchamdagi axlat xaltachasiga kiradiganmikro organizimlar
O’zbekiston respublikasi jamo xo’jaliklarida har xil tuproq tiplari, tipchalari uchraydi. Masalan, sur tuproqlar, yani oddiy sur tuproq, ochsur tuproq, o’tloqli sur tuproq, o’tloqli tuproq allayavial o’tloqli tuproq dasht zonasining o’tloq tuprog’i, olvial qayir tuproq. Yuqorida qayd qilingan tuproq turlarida uchraydigan mikroorganizmlarning soni xam har xil. Jumladan oddiy sur tuproqlarda umumiy soni bir gramda 1-5 milliardgacha , och sur tuproqda 0,5 – 2 miliard mikroorganizmlari bor.
Tuproq mikroorganizmlari bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug’lar, mikroskopik suv o’tlari ko’k yashil suv o’tlari eng sodda jonvorlardan iborat. U umuman tuproq tirik mitti organizmlarining yashab xayot kechiradigan makoni xisoblanadi. Tuproq biotasi tuproqda xayot kechiradigan yoki u bilan biron darajada bog’langan tirik organizmlardan iborat.
Biota tarkibiga o’simliklarning yer osti qisimlari bakteriyalar , zamburug’lar, suv o’tlari va hayvonlarning turli istemetik gruppalari kiradi. Tuproq biotasi tarkibiga kiruvchi hayvonlar juda xilma xil bo’lib, ular katta- kichikligi tuproq bilan bog’lanish darajasi oziqlanishini usuli va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Tuproqda yashaydigan barcha hayvonlar tuproq faunasini tashkil etadi. Ularni katta kichkligi bilan bir-biridan farq qiluvchi 5 ta guruhga ajratish mumkin.
1-guruh. Nanofauna-juda mayda uzunligi 5 mikron (mkm) gacha bo’lgan mikroskopik hayvonlardan iborat. Bu guruppaga bir xujayrali hayvonlar (soxta oyoqlilqar, xilchinlilar, infuzuliyalar) ning xamma turlari hamda kanalar imillab yuruvchilar nematodalar, bosh aylang’ichlar va oq dumlilarning bir qancha vakillari kiradi. Bir metr kvadratda tuproqdagi nonofuna bir necha o’ng mingdan milliardgacha bo’lishi mumkin .
2- guruh mikrofounaga uzunligi 150 mkm dan 1.3 gacha bo’lg an hayvonlar ( nematodalar, og’iz aylangichlar, kanalar, imillab yuruvchilar, oq dumlilar, simfinlar ) kiradi . Ularning 1 m2 dagi miqdori yani bir necha mingdan bir necha yuz miliongacha yetishi mumkin.
3-guruh-mezofauna tarkibiga uzunligi 1,3 mm dan 10mm bo’lgan, hayvonlar kiradi. Mezofauna orgimchaklar, ko’p oyoqlilar, hashoratlar, etititriedlar va zahkashlarning asosiy ko’pchilik qismidan hamda molyuskalar, kanalar, oq dumlilarning birqancha turlaridan tarkib topadi. Ularni 1m2 ko’pchilik qismidan hamda tuproqda o’nlab hatdo yuzlab uchrashi mumkin.
4-guruh-makrofauna uzunligi 1 sm dan 8 sm gacha bo’lgan hayvonlar, ko’pchilik mollyuskalar hamda ko’p oyoqlilar, hashoratlar, zahkashlar va entitedlarning birqancha turlaridan tashkil topgan.
5-guruh-megafaunani uzunligi 8 sm dan katta bo’lgan hayvonlar (asosan kemiruvchilar, yer qazarlar hamda hashoratlar va yomg’ir chuvalchanglarining birqancha turlari) tashkil etadi.
Tuproq biotasi tarkibiga kiruvchi hayvonlar tuproqda hayot kechirish davrining uzoq yoki qisqa bo’lishiga binoan 3 guruxga ajratiladi.
-
Giobiontlar (tuproqda doimiy hayot kechiradiganlar) yomg’ir chuvalchanglari enhititreidlar, kanalar, ko’p oyoqlilar, oq dumlilar, nematodalar, og’iz aylangichlilardan iborat.
-
2 guruh giofillarga hayo’tining faqat bir qismini tuproqda o’tkazadigan hayvonlar (qonho’r kanalar, ayrim hashoratlar va ularning lichinkalari kiradi.
-
3 guruh gioksinlarga-tuproqda vaqtincha yashovchi yoki undan vaqtinchalik boshpana ornida foydalanuvchi hayvonlar (chigirtgalar, kanalar, o’rgimchak simonlar) kiradi. Tuproq unumdorligini oshirishda o’g’itlarning ahamiyati kattadir.
O’g’itlar o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun tuproqda qulay sharoit yaratadi. Natijada ekinlarning hosildorligi oshib, mahsulot sifati yaxshilanadi. Tuproqdagi oziq moddalar o’simliklarning normal o’sib mo’l hosil berishi uchun to’liq yetishtirish, oziq moddalar yetishmaydi. O’simliklarda azot, fosfor va kaliy elementlariga bo’lgan talab ayniqsa katta bo’ladi. Zero ekinlardan mo’l hosil yetishtirish uchun yerga shu elementlarni berish zarur. O’g’itlar 3 xil bo’ladi. Organik o’g’itlar. Organik o’g’itlar hujayra, yani hojaliklarning o’zida tayorlanadi, shuning uchun ularni mahalliy o’g’itlar deb ham ataladi. Organik o’g’it, go’ng shartog’i, parranda go’ngi, torf, kompost. Hayvonot qoldiqlarining chirindilari va boshqalar kiradi. Ularning tarkibida o’simliklar uchun zarur bo’lgan aziq elementlarning ko’pchiligi bor.
Organik o’g’itlar o’simliklarning azot, fosfor, kaliy va boshqa oziq elementlar bilan ta’minlashdan tashqari tuproq hususiyatini yani unumdorligini oshirib suv va havo almashinuvini yaxshilaydi. Undagi biologik jarayonlarni aniqlashtiradi. Go’ng tarkibida o’simlik uchun zarur oziq moddalari bo’lgan organik o’g’it ham mavjuddir. Uning tarkibi mollar tagiga tashlangan to’shalmaga bopgliq. To’shalma sifatida sholi paholi bugdoy poyalari, paholi, nishxortga chiqqan pichan va boshqa o’simliklarning qoldiqlaridan foydalaninsh mumkin. To’shama go’ng shaltog’ini yaxshi shimadi. Hayvon go’ngi bilan aralashadi va uyumga bosilganda yaxshi zichlashib tarkibidagi azotning ko’p qismi saqlanib qoladi.
Kompost. Organik va mineral o’g’itlarning aralashmasidan tayorlanadi yani organik moddalar go’ng pichan qoldiqlari va boshqa hojalik chiqindilari mahsus joyda komiladi va malum vaqtgacha saqlab chiritiladi. Bu xildagi o’g’it tuproq hususiyatlarini yaxshilaydi unumdorlikni oshiradi. Gektariga 10-15 hisobida solinadi. Parranda go’ngi ekinlarga tez tasir etadigan bo’lib, tarkibida azot, fosfor, kaliy va boshqa oziq moddalar ko’p. Ipak qurti go’ngi va chirindisi ham tuproq unumdorligini va ekinlar hosilini oshiradi. Uni mineral yoki organik o’g’itlarga aralashtirilib, shudgorlashdan oldin solinadi. Ko’kak o’g’itlarini ham organik o’g’itlariga kiritish mumkin. Ko’kak o’g’itlari deb lyupin, ko’k nohat kabi dukkakli o’simlilarni mahsus o’stirilib gullashdan oldin haydab, tuproqqa aralashganda chirib, uni oziq moddalarga bo’yitadi.
Tajriba natijalari taxlili.
3 xil o’ramdagi 20. 250. 10000 mm kattalikda
1-jadval
Teshikchalari bo’lgan tajribalarimizda axlat xaltachalariga solib qo’yigan 3 xil daraxt turlaribarglarini 2010 yil 2-oktyabrda tajriba maydonchasiga joylashtirildi va 7.12.2010 da birinchi marta xaltachalar olindi. Xaltacha yerga qo’yilgandan keyin 67 kun (2 oy)mobaynidagi chirish darajasini o’rganishda va bir yil davomida har faslda xaltachalar 13.04.2010 28.07.2011 va 3.10.2011 labaroto’riyaga olib keltirib chirish jarayoni tekshirib turildi. Olingan malumotlar birinchi jadvalda keltirilgan. Birinchi jadvaldagi malumotlarda daladan qaytarib olib kelingan xaltacha ichida chirimasdan qolgan qoldiqlar foiz miqdori keltirilgan. Ma’lumotlariga ko’ra eng katta 10000 mm kattalikda teshikchalar bo’lgan xaltachadan qoldiqlar eng ko’p miqdorda chiriga. Bunga sabab bu xaltachadagi barg
1-diagramma
qoldiqlarini chirishiga makro mezo va mikro fauna tasir qilishidir. Tajribalarda gujum daraxti barglarini chirishi bo’yicha olingan malumotlar keltirilgan diagrammadan ko’rishimiz mumkunki gujum daraxti barglarini 3 xil 20.25.10000mm o’lchamdagi xaltachalardagi qoldiqlarini dastlab bir xil miqdorda chirish darajasi bo’lsa vaqt o’tgani sayin katta o’lchamdagi teshikchali xaltachalarga chirish jarayoni tezlashgan va 57.59% qoldiq chirigan. O’rtacha 250mm kattalikdagi teshikchali xaltachada esa 45.38% qoldiq chirigan va 54.62% qoldiq chirimasdan qolgan. Eng kam chirish mayda teshikchali xaltachada kuzatilgan. Bu xaltachadagi qoldiqlarni 62.59%i chirimasdan qolgan va 37.41% chirigan.
2-diagramma
Jiyda daraxti barg qoldiqlarini chirish tezligini ko’rishimiz mumkin. Bu diagrammadan ko’rinishicha birinchi marta qaytarib olib kelingan xaltachalar qoldiqlari o’rganilganda katta teshikchali xaltachadagi namunalarning qoldiqlari o’rtacha va kichik teshikchali xaltachalarga nisbatan tezroq chirish boshlanagan va ikkinchi qaytarib olinganda chirish teshikchalari va katta teshikchali xaltachalar barg qoldiqlari chirish jarayonida tezlashib keyingi qaytarilib olinishlarda yana mikrofaunalar kirib tasir qilishi mumkin bo’lgan xaltacha katta.
Teshikli xaltachadagi barg qoldiqlari chirishi jadallashgan ya’ni 47,34 foiz qoldiq chirimasidan qolgan bo’lsa 52,66 % barg qoldig’i chirigani kuzatilgan. O’rta va kichik teshikchali: Xaltachalardagi barg qoldiqlari mos ravishda 39,54 va 31,89 % barg qoldiqlari chirigani kuzatilgan.
3-Diagramma.
Turang’il daraxti barg qoldiqlarini chirish darajasini ko’rishimiz mumkin. Bunga ko’ra turang’il daraxti barglari boshqa 2 turdagi daraxtlarga nisbatan yumshoqroq ya’ni chirishi tezroq kechadigan daraxt hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko’ra katta o’lchamli teshikchalari bo’lgan xaltachadagi barg qoldiqlari ko’p miqdorda 58-59 % chirigan mos ravishda o’rtacha va kichik teshiklari bo’lgan xaltachalarni bargi qoldiqlarning 57,28 % va 50,46 % chirigan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib ma’lumotlarni umumiy bir diogrammaga keltirsak 3 xil
axlat xaltachalarga solib qo’yilgan daraxt barglari qoldiqlarining chirish darajasini ko’rishimiz mumkin.
Bunga yuqorida aytib o’tilganidek gujum, jiyda va turang’il daraxtlarining chirish darajasi 367 kun davomida har-xil axlat xaltachalari qayta solinib o’rganildi.
Bunga ko’ra barglari chirigan daraxt turi turang’il bo’ldi. Chunki bu daraxt yog’ochi va barglari yumshoq bo’ladi.
Jiyda va gujum daraxti yog’ochi va barglari qattiq bo’lishi bunga sabab bo’ladi. Xaltacha teshiklari o’lchamlari bo’yicha qarasak katta teshikchali xaltachada barg qoldiqlari tez va ko’p chirigani kuzatildi.
Xulosa
Turli daraxt turlari (gujum, jiyda va turang’il) barg qoldiqlarini 3 xil 20, 250 va 10000 Mm kattalikda teshikchalari bo’lgan axlat xaltachalarida chirish darajasini o’rganib quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin.
1. Turli xil daraxt turlari: Gujum, jiyda va turang’il daraxtlarini barglari 3 xil o’lchamdagi teshikchalari bo’lgan xaltachalarda katta teshikchali xaltachadagi barg qoldiqlari.
2. Tuproqda yashovchi mikro meza, va makro fauna tez chirishlarining uchalasi katta teshikchali xaltacha ham ta’sir qilib chirish aniqlanadi: Jarayonni tezlashtiradi.
3. 3 xil daraxt turlari ichida barg qoldiqlari ko’p chirigan daraxt turi bu – turang’il daraxti barglaridir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI – asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari: 1997. Toshkent “O’zbekiston”
2. A.S.Bolgunov va boshqalar. Tuproqni ishlash va almashlab ekish. O’zbekiston qishloq xo’jaligi Toshkent, 1992. 13 ob.
3. Багдановичен З.П. Изменил численности микроорганизмов в почве в связи с жизнедеятельностью дождевух червей Г.Г.Проблему почвенной зоологии: Тез. допл. –М. 1969. С. 22.
4. Bahodirov Majid. Tuproq va uning unumdorligini oshirish yo’llari: Toshkent 1964 y. 95 b.
5. Валиахмедов Б.В. Влияние органических и минералних удобрений на фауну баспозвоночнух в коричневой карбонатной почве Таджикистана Г.Г.Проблему почвенной зоологии: Тез.докл. –Казан, 1969.С. 32-33.
6. Valixanov N.N. Turli agrosenozlarda tarqalgan olegoxetlarning hozirgi ahvoli zoologiya fanining muammolari (zoologiya instituti yosh olimlarining 43-ilmiy anjumani ma’ruzalarining tezislari): ilmiy maqolalari to’plami. –Toshkent, 1994. b. 19.
7. Всеволодова. –Перел Г.С. Дождевуе черви фауну России. Кадастр и определитель.М.:1997 -98 С.
8. Gulyamova D.B. Abduraxmonova G.A. Формирование биоценотических комплексов Фитонематод в агроценозах Сырдарьинской области// Biologik, ekologik va tuproqshunoslik muammolari va istiqboli: Ma’ruzalar to’plami. –T. Aprel 2001. 116-117.b.
9. Гиляров М.С. Распределение гумуса, корневух систем и почвенных беспозвоночних в почве ореховух лесов Ферганского хребта Г.Г.Док. АН.СССР. 1947.2.С. 53-55
10. Добровольская Т.Г. Третьякова Е.Б. Гебриус Г.Г.Тиупов А.В. Влияние дождевух червей на формирование бактериального комплекса почву в лабораторном эксперименте Г.Г.Ж. вестник Мгу, 1996. Сер.17,4. С. 53-59.
11. Jumaniyozov Ismoil. Tuproq fermentlari va ularning ahamiyati: Toshkent fan. 1976 yil
12. Ивануев В.В. Хетинковуй аппарат дождевух червей (oligochaeta, lumbircidae) и его использование в диагностике таксонов видовой группу Г.Г.Ж. вестник зоол. Киев.1989. 3.С. 76-78.
13. Курчева Г.Ф. Роль почвенных животных в розложении и гушификации растельных остатков. М. 1971.
14. Красильников Н.А. Микроорганизмы почвы и высшие растения. М. 1958.
15. Karimova S.M.Q. изучению фауны нематод люцерновых полей горной части Чирчикого бассейна.II.В.Сб. «Паразитофауна растений и Животных Узбекистана». Инст. Зоол. и паразитолог. АН. Уз.ССР. –Т. 1979. –С. 45-55.
16. Mavlonov O.M. Akademik, Ahmedov G.X. Tuproq zoologiyasi – Toshkent universiteti. 1992. -78 b.
17. Mirahmedov Hamid Mirazimovich, Miryusupov M Mirsoatovich. Tuproqshunoslikdan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent mehnat. 1987 y. 195 b.
18. Murodov Mustafo Murodovich va boshqalar. Tuproq xossalarini tekshirish metodlari: Toshkent mehnat 1986 y. 108 b.
19. Mamutov A.M. Влияние многолетних тралв на структурооброзование в сероземнух почвах Кочкарской долину. Афт.кан. дисс. – Фрунзе.1952. 22 С.
20. Начинский Н.А. Tuproq uning xossalari va hayoti. Toshkent fanlar Akademiyasi nashriyoti 1959 yil.
21. O’zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosi “Qizil kitob” – Toshkent 2003. 40-41 b.
22. Qurbonniyozov R. Xorazm geografiyasi. 1996 b. 3-114.
23. Encyclopedia of Soil Sciense edited by Rattan Lal. School of Natural resources the ohio state University Columbus, ohio. U.S.A. 2001 y. p 88.5. -927.
24. Managing organic Matter in Tropical Soils: Scope and Limitations Christopher Martins, Holm Tiessen, Paul. LG vlek editors kluwer Academic publishers 2001 y.
25. Martins Ch. Dieversity and ecology of termites in Amazonian forests. Zoologisches Institut der Universitat Gottingen, Germany 1994. p. 407-428.
26. Martius Ch. Decompasition of. Wood. Ecological Studies, vol. 126 junk (ed) The Central Amazon Floodplain Springer – Verlang Berlin Heidelberg 1997.p. 267-276
27. Soil ecology by Patrick Lavelle and Alister v Spain Csiro Land and water Kluwer Academic publishers Dordrecht/ Boston/ London. 2001 year.
28. Рошаненко Н.Д. Изучение паразито-хозяинных взаимоотношений нематод, вирусов, грибов и бактерий в различных Российской Академии Наук. Т. 42. 2000 – С. 158-174.
Mundarija:
Kirish………………………………...........
I. Adabiyotlar sharxi…………………........
II. Tadqiqot uslubi va materiallari……….
III. Asosiy qism…………………….........
3.1. Tuproqdagi chirish jarayoni…….......
3.2. Tuproq faunasining chirish jarayonidagi ishtiroki…………………………….........
3.3. Tadqiqot natijalari va tahlili………...
IV. Xulosa………………………….........
Foydalanilgan adabiyotlar……………….
,
Do'stlaringiz bilan baham: |