Talim yo’nalishi: “Biologiya”
Bakalavr darajasini olish uchun
Ilmi y raxbar: Matkarimova M
Taqrizchi: Djalolova G.
Ish ko’rildi va himoya
qilishga ruxsat berildi.
“Umumiy biologiya” kafedrasining
2012-yil “31 05” dagi № 19 bayonnomasi
Kafedra mudiri: q.x.f.n. Matyoqubova Y.A.
Reja:
Kirish.
I. Adabiyotlar sharxi.
II. Tadqiqot uslubi va materiallari.
III. Asosiy qism.
3.1. Tuproqdagi chirish jarayoni.
3.2. Tuproq faunasining chirish jarayonidagi ishtiroki.
3.3. Tadqiqot natijalari va tahlili.
IV. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishgach, o’z oldiga turmush sharoitini yaxshilash va iqdisodiyotni yuksaltirishni maqsad qilib qo’ydi. Bu rivojlanish esa bevosita ekologik muommolar, shu jumladan, qoldiqi va uning holatini yechimi bilan bog’liq. Bu tuproq holatini yechimiga esa yerga xar hil agrotehnik ishlov berishlar bilan birgalikda bugungi kunda o’simlik qoldiqqlarini chirish jarayoni va unga tasir qiladigan tuproq mikroorganizmlari va boshqa faktorlar o’rganilishi ham kiradi. Tuproqdagi o’simlik qoldiqlarini chirishini o’rganish ekosistemelarda kechayotgan tabiiy o’zgarishlarni to’g’ri tushunub olib, ularni boshqarish imkonini beradi.
Ma’lumki, tuproq juda uzoq davom etgan va doimiy o’zgarib turadigan murakkab jarayonlar natijasida hosil bo’ladi. Tuproq o’simliklarini o’sib rivojlanishi uchun mineral oziqalar bilan taminlaydigan asosiy obyektdir. Tuproq tarkibida juda ko’p murakkab o’simlik , hayvon, mayda jonvorlarni qoldiqlari bor va ular tuproqni organik moddalari tarkibini tashkil qiladi. Bu organik qoldiqlarni ko’paytirish bilan birga tuproqni unumdorligi ham oshadi.
Hozirgi kunda Xorazm viloyati boshqa viloyatlarga qaraganda ekologik jihatdan eng yomoni hisoblanadi. Bu esa tuproq tarkibining buzulganligi bilan ham harakterlanadi. Tuproq normal holatini buzulishini oldini olish uchun sama’rali malum metodlardan to’g’ri foydalanish maqsadga muofiq bo’ladi. Hozirgi kunda eng qulay va samarali bo’lgan usullardan bu dalaga o’simlik qoldiqlarini yoyishdir. O’simlik qoldiqlarini yoyish eng qulay yo’l bo’lgani bilan unda chirish jarayoni ketmasa, bu samarasiz hisoblanadi. Shuning uchun o’simlik qoldiqlarini yoyish bilan birgalikda chirish jarayonini ham o’rganib borish kerak bo’ladi. Chirish jarayoniga nimalar tasir qiladi? Chirish jarayoniga birinchi navbatda, shu joyning iqlim sharoiti qolaversa, tuproq funasi tasir qiladi. Ma’lum, tuproqda chirish jarayoni amalga oshirishda mikroorganizmlar muhim o’rin tutadi.
I.A. Karimov (1993) “O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga hos yo’li” asarida alohida ta’kidlab o’tilganidek, dehqonchilik rivonlantirish muommolari O’zbekistonning bozor iqdisodiyotiga o’tish strategiyasida hal qiluvchi bog’in hisoblanadi. Respublika mintaqalar aro mehnat taqsimotida sabzovot, meva va uzum yetkazib beradigan asosiy o’lka bo’lib keldi va shunday bo’lib qoladi. O’zbekiston katta eksport imkoniyatiga ega bo’lgan strategik mahsulot pahta yetishtiruvchi va undan tayorlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi asosiy o’lkadir. O’zlashtirishga yoroqli bo’lgan quruq yerlar maydonining tobora kamayib borayotgan va suv resurslari cheklangan hozirgi davrda tuproqlarning meliorotiv holatini yaxshilash orqali uning unimdorligini oshirish qishloq xo’jaligini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri bo’lib qoladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, ekologik muammolar, shu jumladan, tuproq muammosining yechimi qishloq xo’jaligiga va iqtisodiyotga ijobiy tasir etishi tabiiydir (I.A.Karimov, 1997). Zero, qishloq xo’jaligi ekinlari, shu jumladan donli va tehnik ekinlar va ularning qayta ishlangan mahsulotlarining sifatini yaxshilash tuproq muommosining yechimiga bog’liqdir. Bu masalani yechimi esa iqdisodning yuksalishiga olib keladi. Shuning uchun ham tuproqdagi o’simlik qoldiqlarini chirishiga tasir qiladigan biotik (hayvonot olami va o’simliklar) va abiotik (harorat, yog’in, quyosh nuri va boshqalar) o’rganish, biotik omillardan sanaladigan mikroorganizmlarni foydali turlarini ko’paytirib, tuproqning ekologik holatini yaxshilash shu bilan birga zararlilarini yo’qatish bugungi kunda asosiy vazifalaridan biridir.
Dexqonchilik mahsulotlarini yetishtirish va ko’paytirish muommosi, dexqonchilikni rivjlantirish va qishloq hojaligini mehanizatsiyalash to’la-to’kis amalga oshirishni, kimyoviy pereparatlardan kengroq foydalanishni talab qiladi. Bunga esa ko’proq tehnika, yoqilg’i, mehnat resurslari sarf qilinadi. Dalaga tehnikani tez-tez kirib turishi esa tuproqni ekologik, agrokimyoviy holatini yomonlashivuga olib kelmoqda. Uni etiborga olgan holda, hozirgi kunda qishloq hojaligida hosildorlikni oshirishda o’simlik qoldiqlaridan foydalanish borasida ko’pgina ilmiy ishlar olib borilmoqda. Shulardan bizi o’simlik qoldiqlarini dalaga yoyish samarali o’simlikni tanlash va chirish jarayoniga tasir qiluvchi faktorlarning aniqlanishidir. Bu faktorlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Iqlim, harorat, shamol, yog’ingarchilik, tuproq faunasi va boshqalar.
Chirish jarayoniga har bir joyni iqlimi ham tasir qilishi aniqlangan. Bundan ko’rinib turibdiki, chirish bevosita harorat iqlim sharoiti bilan ham bog’liq. Qishlog hojaligi mahsulotlarini yetishtirishda hosildorlikni oshirish tuproq holatiga bog’liq. Tuproqda erkin yashovchi mikroorganizmlar o’simlik qoldiqlari parchalanishida bevosita qatnashadilar. Ular katta miqdordagi oqsilga boy mikrob biomossasi bilan oziqlanganligi sababli, chirindilar azotga juda boy bo’ladilar. Shulardan biri nemotoda biomossasi oziq manbai sifatida biroz ahamiyatga ega. Shuni etiborga olgan holda tuproqqa o’simlik qoldiqlarini yoyish va chirish jarayonini o’rganish ham maqsadga muofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |