Umumiy biologiya



Download 2,15 Mb.
bet3/4
Sana12.01.2017
Hajmi2,15 Mb.
#267
1   2   3   4
Adabiyotlar sharxi

Tuproq chirindisini paydo bo’lish tarixi. Tuproq chirindisini ilmiy asosda o’rganish XIX asrning birinchi yarimida Yevropada boshlangan bu sohada dastlabki tadqiqotlar Shpengel ( Germaniya ) Mulder (Gollandiya) Berselins (Shvetsiya) va German (Rossiya) lar tomonidan olib borilgan. Tuproq chirindisi tarkibida gumin, ulmin, kren va apakren deb aytiladigan organik kislotalar hamda gumin va ulmin, kven singari organik moddalar borligi aniqlangan. Lekin bu kislotalar tarkibi va hossalarni organganda, ular tuproq chirindisi kimyoviy jarayon tufayligina paydo bo’ladi deb tushinganlar. Tuproq chirindisi mikroorganizmlar tasiridagi murakkab biokimyoviy mahsul ekanligini birinchi bo’lib, P.A. Qostichev aniqlab bergan. Uning fikiricha tuproqda chirindi paydo bo’lishi organik qoldiqlarining chirib parchalanishi organik moddalarning sintezlanishidan iborat yagona jarayondir. O’simliklar qoldiqlarini chiriganda uning tarkibida organik moddalar parchalanadi va mikroblar plazmasi holida yangi mikroblar organik moddalar sintezlanadi. XX asrning dastlabki tuproq va uning paydo bo’lishi mohiyatini aniqlash tuproqshunoslikning taraqqiyoti hamda fizika, kimyo va biokimyo fanlarining rivojlanish boshlangan davrlariga to’g’ri keladi. XX asrning birinchi yarimida chirindining paydo bo’lishi va uning mohiyatini aniqlash sohasida keng mikyosida tadqiqot ishlari o’tkaziladi. Ayniqsa akademik V.R Vilyomsning bu sohadagi ilmiy tadqiqot ishlari ajoyib natijalar berdi. V. R. Viyoms tuproq eritmasidagi chirindi kislorodlarini atroflicha puxta o’rganib, chirindi kislotalari o’simlik qoldiqlarini chiritishda qarnashgan mikroorganizmlar guruhining ekzoenzimi (sirtgi achitqi) ekanligini aniqlanadi. V.R. Vilyoms daraxt o’simliklar formatsiyasi tasirida paydo bo’lgan podzal tuproqlarda kren va apokren kislota, dasht o’tlari formatsiyasi tasirida paydo bo’lgan turoqlardan gumin kislata pichan o’t o’simliklarni tasirida paydo bo’lgan tuproqlardagi ulmin kislotani ajratib oldi va ularning xossalarini chuqur o’rgandi.

Tuproq qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning birdan –bir asosiy vositasi va har- bir mamlakatning bitmas tuganmas boyligi hamda kishilik jamiyati o’zi uchun zaruriy oziq maxsulotlari va boshqa kerakli hom ashyolar yetishtiradigan manbadir. Tuproq o’simliklarni suv, oziq moddalar va boshqa sharoitlar bilan taminlaydi.

Shvet olimi S. Oden koen va apakren kislotalarning tarkibi va xossalarini tekshirib ularni fulvokislota deb ataladigan bir guruhga birlashtiradi. XX-asrning 30-yillarida Amerikalik mikrobiolog S. Vaksman tuproqda maxsus chirindi moddasi borligini inkor etadi va tuproq chirindisi tarkibi o’simlik qoldiqlari tarkibidan deyarli farq qilmaydi. Uning fikricha, chirindining asosiy qismini lignin va protein tashkil etadi va chirindi esa lignin protein kompleksidan iboratdir. Chirindini o’rganish soxasidagi keyingi tadqiqotlar S. Vaksman faraziyasi asossiz ekanligini isbotladi. Chirindini o’rganish soxasida xozirgi tadqiqotlardan aniqlab isbot etiladi, chirindi tabiiy biokimyoviy jarayonlar tufayli xosil bo’lasi. Murakkab orgonik modda, chirindi kislotolarni esa yuqori molekulyar azotli orgonik birikma bo’lib tuproqning mineral qismi bilan o’zaro mustahkam kompleks holatidadir.

Tuproqdagi o’simlik va hayvonot orgonizmlarining qoldiqlari kislorod suv tasirida va bevosita miroorganizmlar hamda hayvonot orgonizmlari birgalikda, murakkab o’zgarishga uchraydi. Bu o’zgarish natijasida orgonik moddaning bir qismi to’la ravishda minerallashib o’simliklar uchun oziq modda hosil bo’ladi. Chirish maxsulining bir qishmidan esa mikroorganizmlar yangi organik moddalarni sintezlash uchun foydalaniladi va mikroblar yashashdan to’xtagach ularning qoldiqlari yana chiriy boshlaydi. Chirish mahsulo’tining ayrim qismi va mikroorgonizm sintezlangan moddalarning o’zaro tasiri va kondensatsiyasi hamda polimerizatsiyasi natijasida murakkab yuqori molekulyar maxsus chirindi modda chirindi kislotolari yuzaga keladi. Tuproqda chirindi moddalarining ana shunday paydo bo’lish jarayoniga gumifikotsiya deyiladi.

Gumifikatsiya jarayonining mohiyati XVIII asrda paydo bo’ladi va tuproqda chirindi to’planadi o’simlik, mikroorganizmlar va hayvon qoldiqlaridagi oqsil, oshlovchi modda lignin singarilarning chirish maxsuloti bo’lib ular o’zaro reaksiya natijasida kondensiyalanadi yoki polimerizatsiyalanadi. Gumifikatsiyada gidroksil karbonil guruhiga kiradigan birikmalarning oksidlanishi tufayli karboksil guruhlar ko’payadi. Bu gipotezaga ko’ra gumifikatsiya jarayoni natijasida, ayni bir vaqtning o’zida har-xil darajadagi kondensatsiyalangan va yuqori molekulyar xolda bo’lib, fulvokislotolar esa ozroq kondensiyalangan chirindi moddasidir.



Tuproqning suv-xavo rejimiga ko’ra, chirindi paydo bo’lish jarayoni aerob va anaerob sharoitda kechadi. Havo yaxshi kirib turadigan sturukturali va g’ovak qovushmali tuproqlarda organik qoldiqlarning aerob bakteryalar tasirida gumifikatsiyalanish va ayniqsa mineralizatsiyalanish jarayoni tez boradi. Shuning uchun ham bo’z tuproqlar va boshqa subtropik tuproqlarda chirindi oz to’plansada unig sifati yaxshi bo’ladi va ularda oziq elementlarining nisbiy miqdori ko’p bo’ladi. M. M. Qononova boshliq bir guruh olimlar A. G. Trusov farazini rivojlantirib, yuqori molekulyar modda hisoblangan chirindi gumifikatsiya paytida oqsillarning parchalanishidan hosil bo’lgan nerro (C4H5N) va benzol (C6H6) larning oksidlanishi va kondensatsiyasida hamda lignin va oshlovchi moddalar parshalanishidan yuzaga kelayotgan fenol (C6H5OH) va xinon (C6H2O5) singari oddiy moddalarning fermentlar tasirida va ishtirokida sintezlanishidan paydo bo’ladi deb tushintiradilar. Bu gipotezaga ko’ra chirindi moddalarning fulvokislotolari gumifikatsiyaning dastlabki davrida past molekulyar bo’lib, keyinchalik jarayonining rivojlanishi natijasida kondensatsiyalanib yuqori molekulyar moddaga aylanadi. Demak fulvokislotolar gumifikatsiya jarayonining boshlang’ich davrida paydo bo’lgan organik kisloto bo’lib gumin kislotodan farq qiladi. L. N. Aleksanrov, L. V. Tyurinning chirindi paydo bo’lish farazini rivojlantirib boradigan biokimyoviy oksidlanish natijasida yuqori molekulyar modda paydo bo’ladi va tuproqda chirindi to’planadi, deb tushuntiradi. Bu yuqori molekulyar modda. Peuphratika –to’rong’il, E-angustifolia-jiyda va Upumila-gujum daraxtlari barglari kuzda to’kilgandan keyin yig’ib olinib labarotoriya sharoitida 700C termostotda 3-kun davomida quritiladi keyin 10 gr atrofida barg qoldiqlari o’lchab olinadi va 20 mm (kichik) o’lchamteshikchali 25 va 25sm o’lchamdagi kattalikdagi polijter xaltachaga solinadi. Bu katta o’lchamdagi xaltachalar makromezafouna va mikroflora, o’rta o’lchamdagi xaltachalar mezofauna va mikroflora va kichik o’lchamli xaltachalar faqat mikroflorani chirish jarayonidagi tajribalarni o’rganish uchun asos bo’ladi. (Kurzamkovskiy 2004) Xaltachalar og’zi tikib berkilgandan keyin tajriba maydonchasiga 8 ta maydonchaga daraxtlar tagiga qo’yib chiqildi. Har bir-xil o’lchamdagi xaltachalardan 5 tadan (jami 15ta ) xaltach 8 ta maydonchaga 3 takrorlanishda hammasi bo’lib 360 ta xaltacha joylashtirildi. Bir xil turdagi daraxtlar ekilgan maydonchalar takrorlanish qilib olindi. Chirish darajasini o’rganish uchun xaltachlar 67,194, 30o va 367 kundan keyin (2011- yil 16-oktyabr oxiri olinish kuni) xaltachada qolgan quruq barg massasi aniqlandi. 4 marta olingan barg qoldiqlarining xar birida qoldiqlar 65oC issiqlikda turg’un massaga kelguncha quritib olindi. Xo’l miqdori mufil pechkada yoqish orqali har bir xaltachadan namuna olinib aniqlanadi. Keyin barg quruq massasidan olingan xo’l miqdori chirish jarayonidagi barg tarkibi 1 yil (367 kun) dan keyin barglar chirish darajasi o’rganildi. (Kumar 2008) Xammasi bo’lib 4 marta qaytarib olingan xaltachalardagi qoldiqlar (barg) quruq massasi 0-kun dagi solingan qoldiqlar massasiga nisbatan protsent hisobda aniqlanadi keyin 4 marta qaytarib olingan quruq massasini protsentlari vaqtiga nisbatan grafikka joylashtirib chiqish darajasi kunga nisbatan aniqlanadi.

1-rasm. UrDU oquv amaliyoti tajriba xo’jaligida bitta maydonchadagi axlat xaltachalarining joylashishi

Tajriba maydonidan tanlangan daraxtlarning tavsifi

Xorazm viloyatida o’sadigan mahalliy daraxt turlari 2010-2011 yilda o’rganilib shular ichidan sho’rlanishga chidamli va ko’pchilik aholi tomonidan ekiladigan daraxt turlari Asia Xamzina tomonidan Xorazm viloyatida yer va suvdan foydalanishni iqdisodiy va ekologik jihatdan o’simliklarni ekib o’stirish tajribalar maydonidagi jiyda, qayrag’och (gujum) va turong’il daraxtlarida chirish koeffissiyenti o’rganilmoqda. Qayrag’och-gujim (ulmus pumila) botanik tarif. Qayrag’och tez o’sadigan keng barkli, barg tokadigan daraxt, uzunligi 25 metrga yetadi. Vatani Hitoy. Yo’l yoqalariga madaniy ko’rk berib turishi uchun keng miqyosda ekiladi. Dala qayrag’och daraxt bo’lib, bo’yi 15-16 metrga diametri 60-70 smga yetadi. Tanasi sershox bo’lib, sharsmon shox-shabba hosil qiladi. Novdalari qong’ir-qizil, hira rangda aytim shakllarda qizil-sarg’ich rangda tanasi va novdasining

2-rasm. Qayrog’och (Gujum) - Ulmus pumila

Po’stlogi bo’yiga va ko’ndalangiga yorilgan po’kakli o’simliklari ham bor. Yosh davrida po’stlogi silliq yoki g’adir-budir bo’ladi. Novdasi ingichka kalta bo’lib, mayda kurtaklari ko’p, masalan: bo’yi 5 sm li novdasida 7-8 ta kurtak bo’lishi mumkin. Ular tuhumsimon va oval shaklida bo’yi 1,5-4 mm. Tangachalari qoramtir qizil qong’ir rangda cheti tekis tuksiz yaltiroq kul rangda bo’ladi.

Barglari oddiy tuzilgan keng lansetsimon, yon tomonlari notekiz o’tkir uchli tubi yuraksimon cheti 2 qator tishchali, yuz tomoni to’q yashil tuksiz, silliq yoki g’adr-budir, orqa tomoni sogalli bo’ladi. Plastinkasini bo’yi 10sm, eni 6 smga yetadi. Barg bandi ingichka bo’yi asosan 1 sm tukli yoki tuksiz bo’ladi. Bu qayrog’ochning yog’ochi so’rg’ich, qattiq o’zagi qong’ir rangda undan qurilishda va duradgorlikda hamda o’tin sifatida foydalaniladi. Po’stlog’i terini oshlash uchun ishlatiladi.

Qayrag’och boshqa yog’ochbop darxt hisoblanib, sho’rhak, toshloq va chol sharoitlarida yerda ham bemalol osaveradi. Tuproq tanlamaydi. Uning boy jihatlarini etiborga olgan holda turlarini ko’plab o’stirish mumkin. Yog’ochi 20 yilda voyaga yetadi va ishlatishga yoroqli bo’ladi. Mirzacholda 8 yoshli Qayrag’ochlarni balantligi 6,4 metrgacha yetgan yoki sug’ariladigan yerlarda 10 yoshli Qayrag’ochlarni bo’yi 13 metrgacha o’sgani kuzatilgan. Yog’ochi qattiq va mustahkam suvda va tuproq ostida ham qattiqlik hususiyatini yo’qotmaydi. Yog’ochidan tayorlangan faner yuqori baholanadi. O’zbekistonda asosan mahalliy sharoitlarda qurilishda material sifatida foydalaniladi, ulardan turli xil parketlar tayorlanadi. Urug’’i bahorda terilib nihol honalarga ekiladi, plantatsiyalarni ko’chat ekish usuli bilan 3x 1 metr yoki 3x0,5 o’lchamlarida barpo etiladi.

Turong’il ( populis diversifolia schrenk) botanik tarifi turong’il Xorazm viloyatida yovoyi holda o’sadigan daraxtdir. Amudaryo qirgoqlarida o’rtacha katta bargli daraxt bo’lib, u ko’pincha qalin shoxlar bilan qoplangan. Lekin qulay sharoitlarda balantligi 15 metrga va diametri 80 smga yetishi mumkin. Uning ko’p turlari issiq va quruq regionlarda Orta Osiyi, Janubiy Afrika va Yevropada keng tarqalgan.

Terak (populus) turkumi salica ceal oilasiga mansub bo’lib, 3 ta turanga (turong’il), deuce (oq terak) va eupopules (qora terak) kenja turkimda 110 ta tur bor. Bo’yi 15-18 metrga tanasining diametri 80-90 smga yetadigan daraxt, tanasining tik yoki qiyshiqroq o’sadi, sershoh shohlari yog’on shoh shabbasi yoyiq, keng qalin bo’lib, bo’yi 10 metrgacha boradi. Po’stlog’i yosh vaqtida silliq, kulrang katta yoshida bo’yiga chuqur yoyiladi.




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish