Adabiyotlar sharxi
Tuproq chirindisini paydo bo’lish tarixi. Tuproq chirindisini ilmiy asosda
o’rganish XIX asrning birinchi yarimida Yevropada boshlangan bu sohada
dastlabki tadqiqotlar Shpengel ( Germaniya ) Mulder (Gollandiya) Berselins
(Shvetsiya) va German (Rossiya) lar tomonidan olib borilgan. Tuproq chirindisi
tarkibida gumin, ulmin, kren va apakren deb aytiladigan organik kislotalar hamda
gumin va ulmin, kven singari organik moddalar borligi aniqlangan. Lekin bu
kislotalar tarkibi va hossalarni organganda, ular tuproq chirindisi kimyoviy jarayon
tufayligina paydo bo’ladi deb tushinganlar. Tuproq chirindisi mikroorganizmlar
tasiridagi murakkab biokimyoviy mahsul ekanligini birinchi bo’lib, P.A. Qostichev
aniqlab bergan. Uning fikiricha tuproqda chirindi paydo bo’lishi organik
qoldiqlarining chirib parchalanishi organik moddalarning sintezlanishidan iborat
yagona jarayondir. O’simliklar qoldiqlarini chiriganda uning tarkibida organik
moddalar parchalanadi va mikroblar plazmasi holida yangi mikroblar organik
moddalar sintezlanadi. XX asrning dastlabki tuproq va uning paydo bo’lishi
mohiyatini aniqlash tuproqshunoslikning taraqqiyoti hamda fizika, kimyo va
biokimyo fanlarining rivojlanish boshlangan davrlariga to’g’ri keladi. XX asrning
birinchi yarimida chirindining paydo bo’lishi va uning mohiyatini aniqlash
sohasida keng mikyosida tadqiqot ishlari o’tkaziladi. Ayniqsa akademik V.R
Vilyomsning bu sohadagi ilmiy tadqiqot ishlari ajoyib natijalar berdi. V. R.
Viyoms tuproq eritmasidagi chirindi kislorodlarini atroflicha puxta o’rganib,
chirindi kislotalari o’simlik qoldiqlarini chiritishda qarnashgan mikroorganizmlar
guruhining ekzoenzimi (sirtgi achitqi) ekanligini aniqlanadi. V.R. Vilyoms daraxt
o’simliklar formatsiyasi tasirida paydo bo’lgan podzal tuproqlarda kren va apokren
kislota, dasht o’tlari formatsiyasi tasirida paydo bo’lgan turoqlardan gumin kislata
pichan o’t o’simliklarni tasirida paydo bo’lgan tuproqlardagi ulmin kislotani ajratib
oldi va ularning xossalarini chuqur o’rgandi.
Tuproq qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning birdan –bir asosiy vositasi va
har- bir mamlakatning bitmas tuganmas boyligi hamda kishilik jamiyati o’zi uchun
zaruriy oziq maxsulotlari va boshqa kerakli hom ashyolar yetishtiradigan
manbadir. Tuproq o’simliklarni suv, oziq moddalar va boshqa sharoitlar bilan
taminlaydi.
Shvet olimi S. Oden koen va apakren kislotalarning tarkibi va xossalarini
tekshirib ularni fulvokislota deb ataladigan bir guruhga birlashtiradi. XX-asrning
30-yillarida Amerikalik mikrobiolog S. Vaksman tuproqda maxsus chirindi
moddasi borligini inkor etadi va tuproq chirindisi tarkibi o’simlik qoldiqlari
tarkibidan deyarli farq qilmaydi. Uning fikricha, chirindining asosiy qismini lignin
va protein tashkil etadi va chirindi esa lignin protein kompleksidan iboratdir.
Chirindini o’rganish soxasidagi keyingi tadqiqotlar S. Vaksman faraziyasi asossiz
ekanligini isbotladi. Chirindini o’rganish soxasida xozirgi tadqiqotlardan aniqlab
isbot etiladi, chirindi tabiiy biokimyoviy jarayonlar tufayli xosil bo’lasi. Murakkab
orgonik modda, chirindi kislotolarni esa yuqori molekulyar azotli orgonik birikma
bo’lib tuproqning mineral qismi bilan o’zaro mustahkam kompleks holatidadir.
Tuproqdagi o’simlik va hayvonot orgonizmlarining qoldiqlari kislorod suv
tasirida va bevosita miroorganizmlar hamda hayvonot orgonizmlari birgalikda,
murakkab o’zgarishga uchraydi. Bu o’zgarish natijasida orgonik moddaning bir
qismi to’la ravishda minerallashib o’simliklar uchun oziq modda hosil bo’ladi.
Chirish maxsulining bir qishmidan esa mikroorganizmlar yangi organik
moddalarni sintezlash uchun foydalaniladi va mikroblar yashashdan to’xtagach
ularning qoldiqlari yana chiriy boshlaydi. Chirish mahsulo’tining ayrim qismi va
mikroorgonizm sintezlangan moddalarning o’zaro tasiri va kondensatsiyasi hamda
polimerizatsiyasi natijasida murakkab yuqori molekulyar maxsus chirindi modda
chirindi kislotolari yuzaga keladi. Tuproqda chirindi moddalarining ana shunday
paydo bo’lish jarayoniga gumifikotsiya deyiladi.
Gumifikatsiya jarayonining mohiyati XVIII asrda paydo bo’ladi va tuproqda
chirindi to’planadi o’simlik, mikroorganizmlar va hayvon qoldiqlaridagi oqsil,
oshlovchi modda lignin singarilarning chirish maxsuloti bo’lib ular o’zaro reaksiya
natijasida kondensiyalanadi yoki polimerizatsiyalanadi. Gumifikatsiyada gidroksil
karbonil guruhiga kiradigan birikmalarning oksidlanishi tufayli karboksil guruhlar
ko’payadi. Bu gipotezaga ko’ra gumifikatsiya jarayoni natijasida, ayni bir vaqtning
o’zida har-xil darajadagi kondensatsiyalangan va yuqori molekulyar xolda bo’lib,
fulvokislotolar esa ozroq kondensiyalangan chirindi moddasidir.
Tuproqning suv-xavo rejimiga ko’ra, chirindi paydo bo’lish jarayoni aerob
va anaerob sharoitda kechadi. Havo yaxshi kirib turadigan sturukturali va g’ovak
qovushmali tuproqlarda organik qoldiqlarning aerob bakteryalar tasirida
gumifikatsiyalanish va ayniqsa mineralizatsiyalanish jarayoni tez boradi. Shuning
uchun ham bo’z tuproqlar va boshqa subtropik tuproqlarda chirindi oz to’plansada
unig sifati yaxshi bo’ladi va ularda oziq elementlarining nisbiy miqdori ko’p
bo’ladi. M. M. Qononova boshliq bir guruh olimlar A. G. Trusov farazini
rivojlantirib, yuqori molekulyar modda hisoblangan chirindi gumifikatsiya paytida
oqsillarning parchalanishidan hosil bo’lgan nerro (C
4
H
5
N) va benzol (C
6
H
6
)
larning oksidlanishi va kondensatsiyasida hamda lignin va oshlovchi moddalar
parshalanishidan yuzaga kelayotgan fenol (C
6
H
5
OH) va xinon (C
6
H
2
O
5
) singari
oddiy moddalarning fermentlar tasirida va ishtirokida sintezlanishidan paydo
bo’ladi deb tushintiradilar. Bu gipotezaga ko’ra chirindi moddalarning
fulvokislotolari gumifikatsiyaning dastlabki davrida past molekulyar bo’lib,
keyinchalik jarayonining rivojlanishi natijasida kondensatsiyalanib yuqori
molekulyar moddaga aylanadi. Demak fulvokislotolar gumifikatsiya jarayonining
boshlang’ich davrida paydo bo’lgan organik kisloto bo’lib gumin kislotodan farq
qiladi. L. N. Aleksanrov, L. V. Tyurinning chirindi paydo bo’lish farazini
rivojlantirib boradigan biokimyoviy oksidlanish natijasida yuqori molekulyar
modda paydo bo’ladi va tuproqda chirindi to’planadi, deb tushuntiradi. Bu yuqori
molekulyar modda. Peuphratika –to’rong’il, E-angustifolia-jiyda va Upumila-
gujum daraxtlari barglari kuzda to’kilgandan keyin yig’ib olinib labarotoriya
sharoitida 70
0
C termostotda 3-kun davomida quritiladi keyin 10 gr atrofida barg
qoldiqlari o’lchab olinadi va 20 mm (kichik) o’lchamteshikchali 25 va 25sm
o’lchamdagi kattalikdagi polijter xaltachaga solinadi. Bu katta o’lchamdagi
xaltachalar makromezafouna va mikroflora, o’rta o’lchamdagi xaltachalar
mezofauna va mikroflora va kichik o’lchamli xaltachalar faqat mikroflorani chirish
jarayonidagi tajribalarni o’rganish uchun asos bo’ladi. (Kurzamkovskiy 2004)
Xaltachalar og’zi tikib berkilgandan keyin tajriba maydonchasiga 8 ta
maydonchaga daraxtlar tagiga qo’yib chiqildi. Har bir-xil o’lchamdagi
xaltachalardan 5 tadan (jami 15ta ) xaltach 8 ta maydonchaga 3 takrorlanishda
hammasi bo’lib 360 ta xaltacha joylashtirildi. Bir xil turdagi daraxtlar ekilgan
maydonchalar takrorlanish qilib olindi. Chirish darajasini o’rganish uchun
xaltachlar 67,194, 30
o
va 367 kundan keyin (2011- yil 16-oktyabr oxiri olinish
kuni) xaltachada qolgan quruq barg massasi aniqlandi. 4 marta olingan barg
qoldiqlarining xar birida qoldiqlar 65
o
C issiqlikda turg’un massaga kelguncha
quritib olindi. Xo’l miqdori mufil pechkada yoqish orqali har bir xaltachadan
namuna olinib aniqlanadi. Keyin barg quruq massasidan olingan xo’l miqdori
chirish jarayonidagi barg tarkibi 1 yil (367 kun) dan keyin barglar chirish darajasi
o’rganildi. (Kumar 2008) Xammasi bo’lib 4 marta qaytarib olingan xaltachalardagi
qoldiqlar (barg) quruq massasi 0-kun dagi solingan qoldiqlar massasiga nisbatan
protsent hisobda aniqlanadi keyin 4 marta qaytarib olingan quruq massasini
protsentlari vaqtiga nisbatan grafikka joylashtirib chiqish darajasi kunga nisbatan
aniqlanadi.
1-rasm. UrDU oquv amaliyoti tajriba xo’jaligida bitta maydonchadagi axlat
xaltachalarining joylashishi
Tajriba maydonidan tanlangan daraxtlarning tavsifi
Xorazm viloyatida o’sadigan mahalliy daraxt turlari 2010-2011 yilda
o’rganilib shular ichidan sho’rlanishga chidamli va ko’pchilik aholi tomonidan
ekiladigan daraxt turlari Asia Xamzina tomonidan Xorazm viloyatida yer va
suvdan foydalanishni iqdisodiy va ekologik jihatdan o’simliklarni ekib o’stirish
tajribalar maydonidagi jiyda, qayrag’och (gujum) va turong’il daraxtlarida chirish
koeffissiyenti o’rganilmoqda. Qayrag’och-gujim (ulmus pumila) botanik tarif.
Qayrag’och tez o’sadigan keng barkli, barg tokadigan daraxt, uzunligi 25 metrga
yetadi. Vatani Hitoy. Yo’l yoqalariga madaniy ko’rk berib turishi uchun keng
miqyosda ekiladi. Dala qayrag’och daraxt bo’lib, bo’yi 15-16 metrga diametri 60-
70 smga yetadi. Tanasi sershox bo’lib, sharsmon shox-shabba hosil qiladi.
Novdalari qong’ir-qizil, hira rangda aytim shakllarda qizil-sarg’ich rangda tanasi
va novdasining
2-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |