Po’stlogi bo’yiga va ko’ndalangiga yorilgan po’kakli o’simliklari ham bor.
Yosh davrida po’stlogi silliq yoki g’adir-budir bo’ladi. Novdasi ingichka kalta
bo’lib, mayda kurtaklari ko’p, masalan: bo’yi 5 sm li novdasida 7-8 ta kurtak
bo’lishi mumkin. Ular tuhumsimon va oval shaklida bo’yi 1,5-4 mm. Tangachalari
qoramtir qizil qong’ir rangda cheti tekis tuksiz yaltiroq kul rangda bo’ladi.
Barglari oddiy tuzilgan keng lansetsimon, yon tomonlari notekiz o’tkir uchli
tubi yuraksimon cheti 2 qator tishchali, yuz tomoni to’q yashil tuksiz, silliq yoki
g’adr-budir, orqa tomoni sogalli bo’ladi. Plastinkasini bo’yi 10sm, eni 6 smga
yetadi. Barg bandi ingichka bo’yi asosan 1 sm tukli yoki tuksiz bo’ladi. Bu
qayrog’ochning yog’ochi so’rg’ich, qattiq o’zagi qong’ir rangda undan qurilishda
va duradgorlikda hamda o’tin sifatida foydalaniladi. Po’stlog’i terini oshlash uchun
ishlatiladi.
Qayrag’och boshqa yog’ochbop darxt hisoblanib, sho’rhak, toshloq va chol
sharoitlarida yerda ham bemalol osaveradi. Tuproq tanlamaydi. Uning boy
jihatlarini etiborga olgan holda turlarini ko’plab o’stirish mumkin. Yog’ochi 20
yilda voyaga yetadi va ishlatishga yoroqli bo’ladi. Mirzacholda 8 yoshli
Qayrag’ochlarni balantligi 6,4 metrgacha yetgan yoki sug’ariladigan yerlarda 10
yoshli Qayrag’ochlarni bo’yi 13 metrgacha o’sgani kuzatilgan. Yog’ochi qattiq va
mustahkam suvda va tuproq ostida ham qattiqlik hususiyatini yo’qotmaydi.
Yog’ochidan tayorlangan faner yuqori baholanadi. O’zbekistonda asosan mahalliy
sharoitlarda qurilishda material sifatida foydalaniladi, ulardan turli xil parketlar
tayorlanadi. Urug’’i bahorda terilib nihol honalarga ekiladi, plantatsiyalarni
ko’chat ekish usuli bilan 3x 1 metr yoki 3x0,5 o’lchamlarida barpo etiladi.
Turong’il ( populis diversifolia schrenk) botanik tarifi turong’il Xorazm
viloyatida yovoyi holda o’sadigan daraxtdir. Amudaryo qirgoqlarida o’rtacha katta
bargli daraxt bo’lib, u ko’pincha qalin shoxlar bilan qoplangan. Lekin qulay
sharoitlarda balantligi 15 metrga va diametri 80 smga yetishi mumkin. Uning ko’p
turlari issiq va quruq regionlarda Orta Osiyi, Janubiy Afrika va Yevropada keng
tarqalgan.
Terak (populus) turkumi salica ceal oilasiga mansub bo’lib, 3 ta turanga
(turong’il), deuce (oq terak) va eupopules (qora terak) kenja turkimda 110 ta tur
bor. Bo’yi 15-18 metrga tanasining diametri 80-90 smga yetadigan daraxt,
tanasining tik yoki qiyshiqroq o’sadi, sershoh shohlari yog’on shoh shabbasi yoyiq,
keng qalin bo’lib, bo’yi 10 metrgacha boradi. Po’stlog’i yosh vaqtida silliq,
kulrang katta yoshida bo’yiga chuqur yoyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: