§ 4.11. Infraqizil astronomiya
Ko‘rinma yorug‘likdan kattaroq to‘lqin uzunlikdagi nurlanish infraqizil nurlanish deyiladi. Bu soha tahminan 1 mikrometrdan to 1 millimetrgacha, radio sohasi boshlanadigan sohagacha bo‘lgan intervalni egallaydi. Ba’zilarda, 5 m kichik to‘lqin uzunliklaridagi yaqin-infraqizil hamda 0.1 va 1 nm to‘lqin uzunliklari oralig‘idagi submillimetr diapazonlari alohida to‘lqin uzunliklari sohalari deb qaraladi.
Infraqizil kuzatuvlarda, huddi optik saha singaridek, nurlanish teleskop yordamida yig‘iladi. Tushuvchi nurlanish bevosita obyektdan, osmon fonidan va teleskopning o‘zidan kelayotgan nurlanishlardan tashkil topgan. Ham manba ham osmon foni doimo o‘lchanishi kerak, ular orasidagi farqi obyektdan kelayotgan nurlanishni beradi. Osmon foni o‘lchashlari odatda Kassegrenning ikalamchi ko‘zgusi bilan bajariladi, u manba va fon orasida tezligi, aytaylik, bir sekundada 100 marta tebranish tebrananadi va shu yo‘l orqali fonning o‘zgarishlari bartaraf etiladi. O‘zgarishlarni qayd etishda yarimo‘tkazgichli detektorlar ishlatiladi. Detektor o‘zining issiqlik nurlanishini kamaytirish maqasadida doimo sotulishi kerak. Ba’zi hollarda butun teleskop sovutiladi.
a)
|
b)
|
4.32-rasm. Rentgen yoldoshlar: (a) XMM-Newton; (b) FUSE yo‘ldoshi
|
Infraqizil observatoriyalar baland tog‘larning cho‘qqilarida qo‘rilgan, chunki atmosferadagi suv bug‘larining aksariyat qismi pastda qolib ketadi. Ayrim eng qulay joylardan Gavayidagi Mauna Kea, Arizonadagi Maunt Lemon va Tenerifedagi Piko-del-Teyde larni aytishimiz mumkin. Uzoq-infraqizil sohasidagi kuzatuvlar uchun hattoki shu balan tog‘lar ham etarlicha baland emas.: bu kuzatuvlar, masalan, samoletlardan bajariladi. Eng yaxshi jihozlangan samoletlardan biri bu Koyper nomidagi xavodagi observatoriyadir, u taniqli sayyoralar tadqiqotchisi Djerard Koyper nomiga atalgan.
|
4.33-rasm. Refraktorlar infraqizil teleskoplarga mos kelmaydi, chunki infraqizil nurlanish shishaga kirib bora olmaydi. Kassegren reflektorlari aynan infraqizil kuzatuvlar olib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning ikkalamchi ko‘zgulari obyekt va uning atrofidagi fon orasida oldinga va ortga tez ravishda (katta chastotada) silkinib turadi. Fon ravshanligini obyekt ravshanligidan ayrib tashlash orqali fonning tashkil etuvchisi bartaraf etiladi.
|
|
4.34-rasm. Hozirgi kunda eng samarali infraqizil yo‘ldosh bu 2003 yilda uchirilgan AQShning Spitser teleskopidir
|
Infraqizil kuzatuvlarda xavo sharlari va yo‘ldoshlar ham qo‘llaniladi. Shu paytgacha eng muvaffaqiyatli infraqiliz observatoriyalardan IRAS – Infraqizil astronomik yo‘ldosh (the InfraRed Astronomy Satellite), ISO – Evropaning Infraqizil kosmik obsevatoriya (Infrared Space Observatory) va xozirgi Spitser (avvalgi SIRTF – Kosmik infraqizil teleskopi(Space InfraRed Telescope Facility)) yo‘ldoshlarini aytishimiz mumkin. O‘ta muvaffaqiyatli SOVE – Kosmik foni tadqiqotchisi (Cosmic Background Explorer) nomli yo‘ldosh 1989 yilda uchirilgan va u submillimetr va infraqizil to‘lqin uzunliklari diapazonlarida fon nurlanishini xaritalashtirdi. Mikroto‘lqindagi anizotropiya zondi – MAP (The Microwave Anisotropy Probe) 2001 yildan beri SOVE boshlagan ishini davom ettirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |