Umumiy astronomiya


§ 1.7. Ekliptika va unga bog’liq koordinatalar sistemasi



Download 23,71 Mb.
bet36/175
Sana24.01.2022
Hajmi23,71 Mb.
#407632
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   175
Bog'liq
UMK Umumiy astronomiya Fizika

§ 1.7. Ekliptika va unga bog’liq koordinatalar sistemasi
Ekliptikani Quyoshning bir yil davomida osmon sferasida chizib o'tadigan katta aylana deb ta'riflash mumkin. Shunga asosan koordinatalar sistemasi kiritilgan. Bu sistema sayyoralar va Quyosh sistemasidagi boshqa jismlar uchun qo'llaniladi. Yer ekvatori tekisligining yo'nalishi doimiy bo'lib, u Yerning yillik xarakatiga bog'liq emas. Bahorda Yer janubiy yarimsferadan shimoliy yarimsferaga harakatlanishi kuzatiladi.

Yulduzlarga nisbatan Quyoshning g‘arbdan sharqqa tomon siljishi qadim zamondan ma’lum. Bu siljish har sutkada sal kam 10 bo‘lib, bir yilda Quyosh osmon sferasining zodiak yulduz turkumlari oralab bir marta to‘la aylanib chiqadi.

Bir necha oylar (yoki yil) davomida ma’lum bir joydan turib muntazam ravishda tush paytida Quyoshning zenitdan uzoqligini o‘lchash, uning osmon ekvatoridan og‘ishi -23026 dan, +23026 ga qadar o‘zgarishini aniqlash mumkin. Bundan ekliptika tekisligining osmon ekvatoriga og‘maligi 23026 ga tengligi ma’lum bo‘ladi.




1.11-rasm. Ekpiltika
Quyosh ko‘rinma yo‘li, ya’ni ekliptikaning to‘rtta asosiy nuqtasi bo‘lib, bulardan ikkitasi uning osmon ekvatori bilan kesishgan nuqtasini, qolgan ikkitasi esa, osmon ekvatoridan eng katta og‘ishga ega bo‘lgan nuqtalarini xarakterlaydi. Ekvator bilan kesishgan nuqtalaridan biri (Quyosh janubiy yarim shardan shimoliy yarim sharga kesib o‘tganda hosil bo‘lgani) - bahorgi teng kunlik nuqtasi () deyilib, Quyosh unda 21 mart kuni bo‘ladi; ikkinchisi esa, kuzgi teng kunlik nuqtasi () deyilib, Quyosh unda 23 sentyabr kuni bo‘ladi. Ekliptikaning osmonning shimoliy yarim sharda eng katta og‘ishga (+23026) ega bo‘lgan nuqtasi - yozgi Quyosh turishi nuqtasi deyilib, bu nuqtada Quyosh 22 iyunda, janubiy yarim sharda eng katta og‘ishga (-23026) ega bo‘lgan nuqtasi esa, qishki Quyosh turishi nuqtasi deyilib, unda Quyosh 22 dekabrda bo‘ladi.

Kuzatuvchi turgan joydan ekliptika tekisligiga tik qilib, o‘tkazilgan o‘q (PP) - ekliptika o‘qi deyiladi. Ekliptika o‘qining sfera sirti bilan kesishgan nuqtalari ekliptikaning shimoliy - P (shimoliy yarim shardagisi) va janubiy — P (janubiy yarim shardagisi) qutblari deyiladi. Ekliptika qutblari orqali o‘tgan katta aylanalar, yoritgichning kenglik aylanalari deyiladi.






1.12-rasm. Ekliptik koordinatalar sistemasi
Quyoshning yulduzlar fonida yillik ko‘rinma harakat qilishi aslida Yerning Quyosh atrofida yillik haqiqiy harakati tufayli sodir bo‘ladi. Binobarin, Quyoshning yillik ko‘rinma harakati tekisligi Yer orbita tekisligi bilan ustma-ust tushadi. Shuning uchun ham ekliptikaning osmon ekvatoriga og‘maligi Yer ekvatorining o‘z orbita tekisligiga og‘maligi bilan bir xil bo‘lib ε=23026 ni tashkil qiladi.

Ekliptika tekisligi va bahorgi tengkunlik nuqtasi asosida ekliptik koordinatalar sistemasini kiritish mumkin. Ekliptik koordinatalar sistemasida yoritgichlarning o‘rni ekliptik kenglama () va ekliptik uzunlama () deb ataluvchi koordinatalar bilan aniqlanadi. Koordinata boshi sifatida bahorgi tengkunlik nuqta olinadi.

Osmon jismlarining ekliptik kenglamasi ekliptikadan kenglik aylanasi bo‘ylab to yoritgichgacha bo‘lgan yoy bilan (yoki MOK tekis burchak orqali) o‘lchanadi (1.12-rasm). Kenglik aylanasi deb yoritgich va ekliptika qutblari orqali o‘tgan aylanaga aytiladi. Ekliptik uzunlama esa bahorgi tengkunlik nuqtasidan yoritgich orqali o‘tgan kenglik yarim aylanasining ekliptika bilan kesishgan nuqtasigacha bo‘lgan yoy uzoqligi (ekliptika bo‘ylab) bilan (yoki OK tekis burchak bilan) o‘lchanadi. Uni o‘lchash osmon sferasining sutkalik ko‘rinma aylanishiga teskari yo‘nalishda bajariladi. Kenglama yoy gradusi, minuti va sekundlarida; uzunlamasi esa vaqt soati, minuti va sekundlarida o‘lchanadi.
5-Ma’ruza. Vaqt va uni o’lchash. Mahalliy, poyas, dekret va yozgi vaqtlar.


Download 23,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish