Umumiy astronomiya


§ 5.9. Asteroidlar va mitti sayyoralar



Download 23,71 Mb.
bet123/175
Sana24.01.2022
Hajmi23,71 Mb.
#407632
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   175
Bog'liq
UMK Umumiy astronomiya Fizika

§ 5.9. Asteroidlar va mitti sayyoralar

1596 yili bosilgan «Kosmografiya sirlari» asaridayoq Iogain Kepler, Mars bilan Yupiterning orasida ham bir sayyora bo‘lishi kerak degan gumon bilan chiqqan edi. Ilmiy mulohaza asosida tug‘ilgan Keplerning bu gipotezasi ikki asrdan so‘nggina, planetalarning Quyoshdan o‘rtacha uzoqliklari orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi ajoyib emperik munosabatning ochilishi bilan tasdiqlandi. 1772 yili Vittenberglik astronom Iogan Titsius planetalarning astronomik birliklarda ifodalangan katta yarim o‘qlari, quyidagi munosabatdan oson topilishini aniqladi:



r = 0,4+0,32n a.b., (5.14)

bu erda n=-, 0, 1, 2, 3, 4,... qiymatlar oladi.

Titsiusning kashfiyotidan xabar topgan berlinlik astronom Iogann Bode, bu emperik munosabatni qayta ko‘rib, to‘g‘riligiga ishonch hosil qildi va uni keng targ‘ib qilishda katta xizmat ko‘rsatdi.





5.25-rasm. Asteroidlar

Shundan so‘ng bu qonuniyat Titsius-bode qonuni nomi bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. 1781 yili Uranning topilishi va ungacha masofaning bu qonuniyatga mos kelishi, Titsius kashfiyotining obro‘sini yana orttirdi.

Natijada, ko‘pchilik astronomlar bu qonuniyatga ko‘ra, Mars bilan Yupiterning oralig‘ida, Quyoshdan 2,8 astronomik birlik masofada, yana bir planeta bo‘lishiga endi shubha qilmaydigan bo‘lishdi.

Bu planetani to‘rt yillik tartibli qidiruvdan so‘ng Palermo (Sitsiliya) observatoriyasining direktori Djuzeppe Piatssi 1801 yilning 1 yanvar kechasi Savr yulduz turkumidan topdi. Aniqlanishicha, bu osmon jismi Titsius-Bodening qonuniga to‘la amal qilib, quyoshdan o‘rtacha 2,8 astronomik birlik masofada joylashgan ekan. Biroq planeta o‘rin aniqlangandan so‘ng ham, bulutli osmon uzoq vaqtga qadar «yo‘qolgan» planetani topishga imkon bermadi. Faqat bir yil o‘tgach, berlinlik astronom Olbers 1801 yilning oxirgi-yangi yil kechasi planetani Sumbula yulduz turkumidan topdi. Olbers 1802 yil 28 martda Sererani kuzatayotib, uning yaqinida yana bir tanish bo‘lmagan yulduzchaga ko‘zi tushdi. Ikki soatlik kuzatish, bu obyektni yulduzlar fonida siljishini ma’lum qildi. Natijada Quyosh oilasiga yana bir mayda planeta qo‘shildi va u Pallada deb nom oldi. Garchi Pallada orbitasining katta yarim o‘qi ham 2,8 a.b. kattalikka ega bo‘lsa-da, uning orbitasining tekisligi, Yer orbitasining tekisligiga juda katta burchakka-340 ga og‘ishgan edi.

Shundan so‘ng Olbers ajoyib gipotezani o‘rtaga tashladi. Uning aytishicha, Mars bilan Yupiterning oralig‘ida aylanayotgan yirik bir planeta, qandaydir sababga ko‘ra halokatga uchragan va uning parchalari turli tomonga uchib, Quyosh atrofida, o‘zaro diametral qarama-qarshi nuqtalarda kesishuvchi orbitalarda harakatlanadigan bo‘lib qolgan. Hatto u orbitalarning kesishish nuqtalari Sumbula va Hut yulduz turkumlarida yotadi degan fikrni ham berdi.





5.26-rasm. Koyper belbog’I va Oort buluti

Olbers nazariyasi kutilganidan ziyod tasdiqlandi. 1804 yil 2 sentyabrla Hut yulduz turkumidan Garding, keyinchalik Yunona deb nomlangan mayda planetani, 1807 yil 29 martda esa, Olbers to‘rtinchi astroid-Vestani topdi. 1845 yilga kelib 15 yillik tinimsiz izlanishlar astronomiya «ishqibozi»-pochta chinovnigi Karl Genkeni yangi astroid bilan «mukofotladi». Beshinchi bu mayda planeta Astren deb nomlandi.

Bu hodisadan so‘ng mitti planetalarning ochilishi tezlashib ketdi. Keyingi o‘n yilda ularning soni 36 taga, 1890 yilga kelib esa 302 taga etdi.

Dastlab mayda sayyoralar qadimgi rim afsonalarining qahramonlari, xudolari nomlari bilan yuritildi. So‘ngra ularning soni juda ko‘payib ketgach, ular 45-sidan boshlab, oddiy ayollarning nomi bilan, keyinroq esa asteroidlarga Filosofiya, Geometriya, Yustitsiya kabi faniy nomlar hamda geografik nomlar ham beriladigan bo‘ldi.

Mayda planetalarga tegishli yana bir qiziq joyi shundaki, ulardan ko‘pi topilgach, orbitalani hisoblashga ulgurmay turib yo‘qotib qo‘yiladi. Shu xilda «yo‘qolgan» mitti planetalarning soni mingdan ortiq. XX asrning birinchi besh yilligi (1901-1905 y.) oralig‘ida topilgan 300 mayda planetadan 179 tasi «yo‘qotib» quyildi, 1936-1940 yillar davomida topilgan 1176 astroiddan esa ro‘yxatga atigi 136 tasi mustahkam yozildi.

Buni oldini olish uchun 1873 yildayoq Berlin hisoblash instituti tashkil etildi va u, to 1945 yilga qadar mitti sayyoralarni tadqiq qilish markazi bo‘lib keldi. Urushdan keyin bu vazifani 1920 yilda tashkil etilgan sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasining Leningrad nazariy astronomiya instituti o‘z zimmasiga oldi. Bu institutning osmon jismlari orbitalarini hisoblashga tegishli jadvallari butun dunyo astronomik observatoriyalari tomonidan foydalaniladi.

Orbitalari hisoblanib, mayda sayyoralarning ro‘yxatidan mustahkam joy olgan asteroidlarning soni hozirga kelib bir necha mingdan ortib ketdi.




Download 23,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish