Umumiy astronomiya



Download 23,71 Mb.
bet77/175
Sana24.01.2022
Hajmi23,71 Mb.
#407632
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   175
Bog'liq
UMK Umumiy astronomiya Fizika

Fotoplastinkalar. Fotagrafiya astronomik kuzatuvlarda ko‘pdan beri keng tarqalgan usullaridan biri bo‘lib kelmoqda. Astronomik fotografiyada tasmalar o‘rniga shishali plastinkalar ishlatilgan, chunki ular o‘zining shaklini yaxo‘iroq saqlar edi, ammo hozirgi kunda ular boshqa ishlab chiqarilmaydi va fotografiyaning o‘rnini CCD-kameralar deyarli mutloq egalladi. Tasma yoki plastinka yuzasidagi sezgir qatlam odatda qumush bromidi AgBr kabi qumush galogenididan qilingan bo‘ladi. Galogenid tomonidan yutilgan foton elektronni g‘alayontiradi va u bir atomdan ikkinchisiga o‘tib yurishi mumkin. Kumush ioni Ag+ elektronni ushlab olib, neytral atomga aylanishi mumkin. Biron bir joyda etarli miqdorda kumush atomlari yig‘ilsa, ular yashirin tasvirnm hosil qilishligisi mumkin. Yashirin tasvir doimiy tasvirga aylantirilishi uchun ekspozitsiyalanganplastinka turli kimyoviy moddalar bilan ishlanadi, ular o‘z ichiga yashirin tasvirni qamrab olgan kumush bromidi kristallarini kumushga aylantiradi (proyavka) va ekspozitsiyalanmagan kristallarni chiqarib tashlashadi (fiksaj).

Fotografik plastinka inson ko‘ziga qaraganda ancha afzalliklarga ega. Plastinka bir vaqtning o‘zida millionlab yulduzlarni (tarsvir elementlarini) qayd qilishi mumkin vaholanki ko‘z bilan bir vaqtda faqatgina bitta, ko‘pi bilan ikkita obyektni kuzatsa bo‘ladi. Plastinkada qayd etilgan tasvir doimiy bo‘ladi – tasvirni ihtiyoriy vaqtda o‘rganib chiqsa bo‘ladi. Bundan tashqari, fotografik plastinkalar, detektorlarning boshqa ko‘p sonli turlariga qaraganda, arzon va qo‘llashda oson. Plastinkalarning hususiyatlaridan biri bu uzoq vvaaqt davomida yorug‘likni yig‘ib olish qobiliyatidir: ekspozitsiya davomiyligi qancha katta bo‘lsa, plastinkalarda shuncha ko‘p kumush atomlari paydo bo‘ladi (plastinka qorayadi). Ekspozitsiya vaqti kattalashgan sari shuncha hira obyektlar fotografiyalanishi mumkin. Ko‘z bunday qobiliyatga ega emas: agarda hira obyekt teleskop orqali ko‘rinmasa, uni qancha uzoq vaqt kuzatsa ham u bari-bir ko‘rinmaydi.



Fotografik plastinkaning kamchiliklaridan biri bu uning past sezuvchanligidir. Mingta fotondan faqatgina bittasi plastinka yuzasida kumush granulasining paydo bo‘lishiga olib keladi. Shunday qilib, plastinaning kvant effektivligi 0.1 % ni tashkil etadi. Plastinkalarning sezgirliligini oshirish uchun ekspozitsiyadan oldin bir nechta kimyoviy ishlov berish usullarni ko‘llash mumkin. Bu kvant effektivligini bir necha foizgacha oshirishi mumkin. Plastinkalarning yana bir kamchiligi shundan iboratki, bir marta ekspozitsiyalangan kumush bromidining kristali boshqa yana nurni qayd etmaydi, ya’ni to‘yingan nuqtasiga etgan bo‘ladi. Boshqa tomondan, tasvirni hosil qilish uchun fotonlarning muayyan soni kerak bo‘ladi. Fotonlarning soni ikki barobar oshishi tasvirning zichligi (“qoraligi”)ning ham ikki barobar oshishiga olib keladi degani emas: plastinkaning zichligi tushayotgan nur tushayotgan yorug‘ miqdoriga nochiziq bog‘liq. Plastina sezgirligi yorug‘likning to‘lqin uzunligiga ham bog‘liq. Yuqorida sanab o‘tilgan sabablarga ko‘ra fotografik plastinkadagi ravshanlikni o‘lchash aniqligi odatda taxminan 5% ga buziladi. Shunday qilib, fotografik plastinka fotometriya uchun ishlatilishi tafsiya etilmaydi, ammo uni a’lo darajada, masalan yulduzlarning joylashishini (pozitsion astrometriya) va osmonni xaritalash uchun ishlatish mumkin.


Download 23,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish