Сайлов қонунчилиги кўра сайлов натижаларини белгилаш тартиби қандай?
16-bob. Saylov natijalarini aniqlash va e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish) 94-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning umumiy sonini, saylov byulletenlari olgan saylovchilar sonini va saylov qutilaridagi saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir okrug, har bir nomzod bo‘yicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.
Sanab chiqilgan saylov byulletenlari asosida uchastka saylov komissiyasi:
har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini;
buzilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Saylov byulletenlariga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilgan fuqarolarning familiyalari va masalalar bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “ ” yoxud “x” belgisi qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan saylov byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining haqiqiyligi shubha tug‘dirganda, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi.
Ovoz beruvchi tomonidan byulletenni to‘ldirish vaqtida xatoga yo‘l qo‘yilgan va uning o‘rniga yangi saylov byulleteni berilgan, bu haqda saylovchilar ro‘yxatida hamda bekor qilingan buzilgan saylov byulletenining orqa tomonida tegishli belgi qo‘yilgan saylov byulleteni buzilgan hisoblanadi.
95-modda. Okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash Okrug bo‘yicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan bayonnomalari asosida aniqlanadi. Okrug saylov komissiyasi:
okrug bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning umumiy sonini;
saylov byulletenlarini olgan saylovchilar sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;
har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasida aks ettirilgan, ovozlarni sanab chiqish chog‘ida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, okrug saylov komissiyasi o‘z majlisida uchastka komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Okrug bo‘yicha saylov natijalari okrug saylov komissiyasining majlisida aniqlanadi va bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi hamda tegishli saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun darhol okrug saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga osib qo‘yiladi.
(95-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son) Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlariga okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash ushbu moddada belgilangan tartibda tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(95-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)