ÒAFAKKURNING SIFAÒLARI
Ayrim kishilarning tafakkuri o‘zining mazmundorligi,
chuqurligi va kengligi jihatidan, mustaqilligi, samaradorligi
va tezligi jihatidan turli hollarda turlicha namoyon bo‘ladi.
Bular tafakkurning sifatini tashkil qiluvchi belgilardir.
#
XAYOL
Jahon psixologiyasida xayol inson ijodiy faoliyatining
tarkibiy qismi sifatida talqin qilinadi, u tizimiy xususiyatli
xatti-harakatning oraliq va yakuniy mahsullari orqali aks etadi,
muammoli vaziyatda noaniqlik, nomalumlik alomatlari
vujudga kålsa, u holda faoliyat råjasini qayta korib chiqishni
taminlash imkoniyatiga ega.
Xayolning asosiy vazifasi amaliy faoliyat boshlanmasdan
turib, uning mahsulini oldindan tasavvur qilish va ularni timsollar
tariqasida vujudga kåltirishdan iboratdir. Xayol boshqa bilish
jarayonlari bilan uzviy aloqada bolib, ularni aks ettirish imko-
niyatining tolaroq royobga chiqishiga yordam båradi. Ayniqsa,
u tafakkur bilan båvosita aloqada boladi, xuddi shu boisdan
ularning har ikkalasida ham bashorat qilish, oldindan payqash,
såzish, istiqbol råjasini tuzish imkoniyati mavjud. Ular ortasida
bir qator oxshashliklar va ayrim farqlar mavjud, yani:
•
xayol tafakkur singari muammoli vaziyatda, masala va
topshiriqlar yåchish jarayonida tugiladi;
•
yangi yåchim, usul, vosita qidirishda va ularni saralashda
umumiylik mavjud;
•
xayolning ham, tafakkurning ham paydo bolishi shaxs-
ning ehtiyojlariga båvosita bogliq;
•
ehtiyojlarni qondirishning dastlab xayoliy obrazlari yarati-
ladi, uning natijasida vaziyatni yorqin tasavvur qilish imkoni
tugiladi;
•
xayolda oldindan aks ettirish jonli tasavvurlar tarzida, yaqqol
timsollar shaklida vujudga kålsa, tafakkurda ular umumlash-
malar, tushunchalar, bilvositalik xususiyati orqali royobga chiqadi.
Xayol jarayoni tafakkurdan farqli olaroq muammoli vazi-
yatning malumotlari qanchalik noaniq bolsa, shunchalik
tasavvur obrazlari yaralishi uchun qulay imkoniyat tugiladi,
uning måxanizmlari tåzkorlikda ishga tushadi.
Xayol turlari. Inson quyidagi holatlarda xayolot olamiga
kirib borishi mumkin:
1) inson håch qanday yol bilan hal qilib bolmaydigan
masalalar, muammolar iskanjasidan bårkinish maqsadida;
#
2) turmushning ogir sharoitlaridan, zahmatlaridan himoya-
lanish niyatida;
3) shaxsiy nuqsonlarning tarkibidan;
4) ushalmagan armondan;
5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga) uchraganda;
6) alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda.
Xayolot (fantaziya) turmushda gavdalanishi mumkin
bolmagan, amalga oshirish imkoniyati yoq xatti-harakatlar
dasturini namoyon etib, u passiv (sust) xayol dåb nomlanadi.
Xayolning bundan tashqari aktiv (faol), ixtiyoriy, ixtiyorsiz,
qayta tiklovchi va ijodiy turlari ham mavjud.
Inson passiv xayolni oldindan ixtiyoriy råjalashtirib, iroda
bilan håch bir bogliq bolmagan, jorttaga «kashf» qilingan,
biroq hayotda gavdalantirishga yonaltirilgan obrazlari maj-
muasi «shirin xayol» dåyiladi. Odatda, «shirin xayol»da fanta-
ziyaning mahsullari bilan insonning ehtiyojlari ortasidagi aloqa
yångillik bilan yuzaga kålganligi tufayli quvonchli, yoqimli,
qiziqarli narsalar haqida odamlar xayol suradilar. Inson qan-
chalik shirin xayolga bårilsa, u shunchalik darajada passiv shaxs
sanalib, bu uning nuqsoni hisoblanadi. Goho passiv xayol
ixtiyorsiz ravishda vujudga kålishi ham mumkin, bunda quyidagi
holat yuz båradi:
a) ong nazoratining kuchsizlanishi;
b) ikkinchi signallar tizimining susayishi;
d) insonning vaqtincha harakatsizlanishi;
e) uyqusirash kåzida;
f) affåktiv vaziyatda;
g) tush korishda;
h) gallutsinatsiyada;
i) patologik holatlarda va h.k.
Passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga ajratilganidåk,
aktiv xayol qayta tiklovchi va ijodiy korinishlarga bolinadi.
MULOQOT VA UNING JIHATLARI
Muloqot odamlar ortasida birgalikda faoliyat ehtiyojla-
ridan kålib chiqadigan boglanishlar rivojlanishining kop
qirrali jarayonidir. Shaxs ijtimoiy munosabatlar mahsuli,
#
dåyilishining eng asosiy sababi uning doimo insonlar
davrasida, ular bilan ozaro tasir doirasida bolishini angla-
tib, bu shaxsning eng yåtakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri
muloqot ekanligiga ishora qiladi.
Insoniy munosabatlar dastlab odamlar ortasida roy båra-
digan fikrlar, his-kåchinmalar, tashvish-quvonchlar almashi-
nuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bolishgani sari,
ular ortasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular orta-
sida umumiylik, oxshashlik va uygunlik kabi sifatlar paydo
bolib, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan, ayrim
hollarda esa ana shunday muloqotning tigizligi tåskari
råaksiyalarni bir-biridan charchash, gapiradigan gapning
qolmasligi kabi vaziyatni kåltirib chiqaradi.
Muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir
shaxsning individualligi, båtakrorligi, bilimlar va tasavvurlar-
ning xilma-xilligi namoyon boladi va shunisi bilan u inso-
niyatni asrlar davomida oziga jalb etadi.
Shuning uchun ham muloqot, uning jihati, tabiati, tåxni-
kasi va stratågiyasi, muloqotga orgatish (sotsial psixologik
tråning) masalalari bilan shugullanuvchi fanlarning ham
jamiyatdagi orni va salohiyati kåskin oshdi. Muloqot hamkor-
likda faoliyat korsatuvchilar ortasida axborot ayirboshlanishini
oz ichiga olib, bunday malumot almashinuv muloqotning
kommunikativ jihati sifatida tariflanadi. Odamlar muloqotga
kirishar ekanlar, uning eng muhim vositalaridan biri sifatida
tilga murojaat qiladilar.
Muloqotning ikkinchi jihatida munosabatga kirishuvchi-
larning nutq jarayonida faqat sozlar bilan emas, balki xatti-
harakatlar bilan ham almashinuvi nazarda tutilib, bu muloqot-
ning intåraktiv jihati dåb yuritiladi.
Nihoyat, muloqotning uchinchi jihati pårsåptiv dåb atalib,
bunda munosabatga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta
olishlari tushuniladi. Shunday qilib, muloqot jarayonida shartli
ravishda uchta, yani kommunikativ (axborot uzatish), intår-
aktiv (hamkorlikda harakat qilish) va pårsåptiv (ozaro birga-
likda idrok etish) jihatlarni alohida korsatish mumkin. Ana
shu uchta jihatning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi
#!
faoliyat va jalb etilgan odamlarning ozaro birgalikdagi
harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi.
Muloqot turlari
Muloqot mazmuniga kora, quyidagi turlarga ajraladi: mod-
diy muloqot dåganda, subyåktni dolzarb ehtiyojlarni qondirish
vositasi sifatida, ayni paytda shugullanayotgan faoliyatining
mahsulotlari va prådmåtlarini ayirboshlash tushuniladi.
Kognitiv muloqot dåb, shaxslarning hamkorlikdagi faoliya-
tida narsa va hodisalarni organish, malumotlarni bilib olish
jarayonida ozaro bilim almashinuviga aytiladi.
Konditsion muloqotda psixologik va fiziologik holatlar ayir-
boshlanadi. Masalan, shifokor båmorning tushkun kayfiyatini
kotarishi yoki aksincha, ona qizining oksinib yiglayotgan
holatiga yigi bilan munosabat bildirishi va h.k.
Motivatsion muloqot muayyan yonalishda hamkorlikda
harakat qilish uchun ozaro maqsadlar, qiziqishlar, motivlar,
ehtiyojlar almashinuv jarayoni bilan izohlanadi.
Faoliyat muloqoti kognitiv muloqot bilan uzviy bogliq
bolib, bunda harakatlar, opåratsiyalar, konikma va malakalar
ayirboshlanadi. Bu muloqot jarayonida malumotlar uzatiladi,
bilim doirasi kångayadi, qobiliyatlar rivojlanadi, takomillashadi.
Muloqot maqsadiga kora, biologik va ijtimoiy korinishda
boladi. Biologik muloqot nasl qoldirish, organizmni rivojlan-
tirish, himoyalash kabi tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan
bogliq bolsa, ijtimoiy muloqot shaxslararo munosabatlarni
kångaytirish, mustahkamlash, takomillashtirish bilan bogliq
bolgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida
namoyon boladi.
Muloqot vositasiga kora båvosita va bilvosita bolib, bunda
jonli mavjudotning tabiiy organlari yordamida, yani qoli,
boshi, tanasi, tovushi yordamida axborot ayirboshlasa
båvosita, agar muloqotni tashkillashtirish va malumot alma-
shishda maxsus qurol va vositalardan foydalanilsa, bu muloqot
bilvosita dåyiladi.
Muloqotning yuqorida mulohaza yuritilgan turlaridan
tashqari ishbilarmonlik va shaxsiy turlari ham farqlanadi.
#"
Ishbilarmonlik muloqoti odamlarning turli xildagi qoshma
mahsuldor faoliyati va mazkur faoliyatining sifatini oshirish
vositasi sifatida yuzaga kåladi. Shaxsiy muloqot esa, shaxs
ozining psixologik muammolariga, qiziqishlariga,
ehtiyojlariga, oz hayotiga, atrofida nimalar bolayotganligiga
bolgan munosabatini atrofdagilardan bilishga yonaltirilgandir.
Muloqot shakl (usul)lari
Muloqot turlari dåmokratik, avtoritar, libåral shaklda,
usulda amalga oshadi. «Dåmokratik» usulda suhbatlar, muno-
zaralar, mulohazalar ozaro tånglik, ozaro hurmat ruhiga
boysundirilib, tasir otkazish sohalari yashiringan holda boladi.
Shu boisdan, tasodifan voqåa va hodisalarning sodir bolishi
turlicha baholanadi, ragbatlantiriladi yoki jazolanadi. Mana
bunday odilona amalga oshirilgan muloqot tasirida ogil-
qizlarda dostlik, dilkashlik, xushmuomalalilik, shaxsiy xatti-
harakatida va mulohaza yuritishida mustaqillik, shaxsiy qarashlari
saqlangan holda yangi norma va talablarga moslashish, oz
faoliyati uchun javobgarlik, emotsional zoriqish davrida oz-
ozini qolga olishlik kabi muhim fazilatlar paydo boladi.
Muloqotning yana bir shakli «avtoritar» dåb atalib, bunda
shaxslararo tång huquqlilik, erkin xatti-harakat qilish, tashab-
buskorlik oz ahamiyatini yoqota boshlaydi. Masalan, boshliq
tomonidan xodimlarning yurish-turishi, xatti-harakati kopin-
cha chåklab qoyiladi. Boshliq tomonidan tasir otkazishning
asosiy måtodi jazolash hisoblanadi. Biroq onda-sonda ragbat-
lantirish måtodidan foydalanilganda ham, u xodimga manaviy
ozuqa bårmaydi. Mazkur usul oilada qollanilsa, farzandlarda
ota-onaga yaqinlik, måhr hissi kamayadi, kåyinchalik bu tuygu
uzoqlashish, «bågonalashish» kåchinmasiga aylanadi. Oiladagi
shaxslararo munosabatlar bolalarni qondirmaydi; natijada
odamovi, tund, ichimdagini top, tashvishlilik, xavotirlilik kabi
sotsial norma va qoidalarga qiyinchilik bilan moslashishdan iborat
xaraktår xislatlari vujudga kåladi. Shu sababdan oila azolari ruhiy
dunyosida simpatiya (yoqtirish), empatiya (hamdardlik),
samimiylik, xayrxohlik kabi yuksak insoniy his-tuygular juda
nursiz ifodalanadi. Kor-korona va sozsiz boysunishga asoslangan
##
munosabatlar någizida yotgan tarbiyaviy tasir qorqoq va irodasi
kuchsiz shaxsni tarkib toptiradi.
Muloqot shakli ichida «libåral» usuli ham kozga tashlanib
turadi. Bu usul muloqot jarayonida murosasoz, kongilchan
bolishlik, tashqi korinishdan iliq psixologik iqlimni, guruhiy
moslikni ozida aks ettirgandåk bolib tuyuladi. Afsuski, «libå-
ral»lik, murosasozlik har qanday vaziyatni til topib hal qilish-
ga, prinsiðiallikdan uzoqlashishga, subutsizlikka olib kåladi.
Masalan, ota-onalarning farzandlari bilan bunday munosa-
batda bolishlari salbiy oqibat sari yåtaklaydi: qatiylik, musta-
qillik, dadillik va chortkåsarlik singari irodaviy sifatlar farzand-
lar ruhiy dunyosidan uzoqlashadi. Murosasozlik tasirida yosh
avlod xaraktårida munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, kålishuv-
chanlik kabi illatlar tarkib topishi mumkin.
Psixologik tasir yonalishlari
Muloqotning psixologik vositalari. Odamlar bir-birlari bilan
muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy kozlagan maqsad-
laridan biri ozaro bir-birlariga tasir korsatish, yani fikr-
goyalariga kondirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni
ozgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Turli vositalar
yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakat-
lariga tasir korsata olish psixologik tasir dåyiladi.
Psixologiyada psixologik tasirning asosan uch vositasi farq-
lanadi:
vårbal tasir bu soz va nutq orqali korsatadigan tasir-
lardir. Har qanday nutq korinishida odam ozidagi barcha
sozlar zaxirasidan foydalanib, eng tasirchan sozlarni topib,
shårigiga tasir korsatishni xohlaydi;
paralingvistik tasir bu nutqning atrofidagi nutqni båzov-
chi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillari bolib,
bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi,
artikulatsiya, tovushlar, toxtashlar, duduqlanish, yotal,
til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi.
Novårbal tasir «nutqsiz» korinishga ega bolib, bunga suh-
batdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan orinlari,
holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika,
#$
qarashlar, bir-birini båvosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan
chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning
barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning
bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam båradi.
Muomalaning turli vositalarini diagnostika qilish. Agar
muloqot jarayonini yaxlit bir faoliyat sifatida undagi asosiy
maqsad muomalaga kirishgan shaxslarning umumiy
muammolarini yåchish boladigan bolsa, muloqotning
tashabbuskori bolgan shaxsning tasiri qanchalik adråsatga
tasir yonaltirilgan kimsaga yåtib borishi katta amaliy ahamiyatga
ega. Shuning uchun ham olimlar muloqotning samaradorligi
koproq qaysi vositalarga bogliqligiga qiziqadilar. Amårikalik
olim Måxrabyanning malumotlariga kora, birinchi uchra-
shuvda biz boshqalardan kålayotgan novårbal signallarga
58 % ga ishonamiz, ulardan tasirlanamiz; 38 % paralingvistik
va 7% gina nutqning båvosita mazmuniga ishonamiz. Shuning
uchun ham obrazli tarzda: «Kiyimga qarab kutib olinadi, aqlga
qarab kuzatiladi», dåyiladi. Kåyingi uchrashuvlarda bu mutano-
siblik, tabiiy, ozgaradi.
Albatta, paralingvistik hamda novårbal vositalarning
muloqotdagi orni va ulushi masalasi suhbatdoshlarning yosh,
jins, kasb, hattoki, milliy xususiyatlariga bogliq. Masalan,
boshqa bir amårikalik olim Argayl turli millatlar vakillari
muomalasida qiliqlar, qol harakatlarining kuchi va takrorla-
nishini organgan. Malum bolishicha, 1 soat mobaynida finlar
bir marta qiliq qilarkan, italiyaliklar 80 marotaba, fransuzlar
20 va måksikaliklar 180 marta. Dåmak, har bir xalq vaki-
lining asriy udumlari, rasm-rusumlari, odatlari va emotsional-
ligiga qarab, qiliq va harakatlar malum orin egallab, bu narsa
oz navbatida muloqotni kuchaytiradi, uni boyitadi.
Muloqot jarayonida suhbatdoshlarning fazoviy joylashishlari
hamda vaqt måzonlari amaliy ahamiyatga ega. Masalan, yuzma-
yuz turib gaplashish tålåfon orqali yoki qichqirib gapirishdan
farq qiladi. Yoki muloqotning vaqt måzonlari, ayniqsa, diðlo-
matik uchrashuvga oz vaqtida kålish va unda odob-axloqqa
qatiy rioya qilish yoki aksincha, shårikni hurmat qilmaslik,
uchrashuvga kåchikib kålish, uzoqdan turib gaplashish, iyak-
larni tåpaga qaratib, kibr bilan gapni boshlash, muzokaralar-
#%
ning har bir såkundi oziga xos mano-mazmun kasb etadi va
mos tarzda sharhlanadi.
Yuqorida takidlangan holatlarni psixologiyadagi maxsus
bolim proksåmika organadi. Bu yonalishning asoschisi
amårikalik E. Xoll bolib, uning ozi proksåmikani «fazoviy psi-
xologiya» dåb atagan. Masalan, u amårikaliklarga xos bolgan
suhbatdoshning shårigiga nisbatan fazoviy joylashuvi xususiyat-
larini aniqlab, muloqotning turli sharoiti va shakliga qarab, fazo-
viy yaqinlashuvning ortacha qiymatini aniqlagan:
•
intim (yaqin) masofa 045 sm;
•
pårsonal (shaxsiy) masofa 45120 sm;
•
ijtimoiy masofa 120400 sm;
•
ommaviy masofa 400750 sm.
Har bir masofa oziga xos muloqot vaziyatlariga mos. Vaqt
va fazo bilan bogliq aloqalarning oziga xos majmuyi xrono-
toplar dåb ataladi. Amaliyotda «kasalxona palatasi xronotopi»,
«vagon yolovchilari xronotopi» va boshqalar aniqlangan.
Muloqotda suhbatdoshlarning koz qarashlari vizual
kontaktlari ham katta ahamiyatga ega. Vizual kontakt bu
qarashlar soni, ularning uzoqligi, qarashlardagi statika va
dinamik almashinuvlar, koz olib qochishlar va boshqalardir.
Shunday qilib, biz odatiy, tabiiy dåb idrok qiladigan faoliya-
timiz bolgan muloqotda ham koplab sirlar va oziga xos
nozik tomonlar borki, ularning barchasi bizdan muloqotdagi
bilimdonlikni va ozgalarga va ozimizga etiborliroq bolishi-
mizni talab qiladi. Shu orinda aytish joizki, muloqot jarayoni-
ning samarasi suhbatdoshni tinglay olishga ham bogliq. Mulo-
qotga orgatishning muhim yonalishlaridan biri odamlarni
faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va novårbal omil-
lardan orinli foydalanishga orgatishdir.
Tinglash tåxnikasiga quyidagilar kiradi:
•
aktiv holat, bu suhbatdoshning yuzidan tashqari joyla-
riga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan
uning har bir soziga qiziqayotganligingizni bildirishdir;
•
suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish, bu suhbat-
doshni oziga jalb qilib, ozining har bir soziga uni ham
kondirishning samarali yolidir;
#&
•
oychan jimlik, bu suhbatdosh gapirayotgan paytda
yuzda masuliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali
ozingizni suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yolidir.
Muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon gapirish
va tinglash faol ozaro tasir uchun tång ahamiyatga ega. Shu
bois, ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga
ataylab orgatishga juda katta etibor bårilib, bu uslubning nomi
ijtimoiy psixologik tråning (IPT) dåb ataladi. IPT muloqot
jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur
kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa
fursatda shakllantirish bolib, IPT mobaynida odamlarning
muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Amaliy muloqot tråningi IPTning bir turi bolib, u yoki
bu profåssional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur
boladigan kommunikativ malaka, konikma va bilimlarni hosil
qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot
tråningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan
hamkorlik qilish yol-yoriqlarini birgalikda topish, katta audi-
toriya oldida sozlashga orgatish, majlislar otkazish, ziddiyatli
holatlarda ozini togri tutish malakalari hosil qilinadi. Bunda
tråning qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, ozini ozga
orniga qoya olish, boshqalar manfaatlari bilan ozinikini
uygunlashtira olish goyasi singdiriladi. Tråninglar mobaynida
guruhiy munozaralar, rolli oyinlarning eng optimal variantlari
sinab, mashq qilinadi.
ÒAFAKKUR VA AQLNING BUZILISHI
Òurli ruhiy kasalliklarda tafakkur jarayonining kechishi,
tasavvurlar va goyalarning qoshilishi, tafakkur mazmuni-
ning buzilishi koriladi. Masalan, ruhiy jarayonlarning qoz-
galishi yoki tormozlanishi bilan kechadigan kasalliklarda,
odatda, tasavvurlar kechishining tezlashishi yoki sekinlashishi
koriladi. Aksari maniakal holatlarda uchraydigan goyalar
xarakterli misoldir. Bunda assotsiatsiyali boglanishlar darrov
hosil boladi, juda boy fikrlar, obrazlar paydo boladi.
Nutq shunga kora, tez va tartibsiz boladi. Bemor bir fikrni
tugatmay ikkinchi, uchinchisiga otadi va hokazo. Shu narsa
#'
qiziqarliki, nutqning uzuq-yuluq va malum darajada pala-
Do'stlaringiz bilan baham: |