Umum va tib psix p65


LEPROZORIYLAR (MOXOVXONA)DA BEMORLAR BILAN



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana30.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#193448
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fayziyev -UMUMIY VA TIBBIY PSIXOLOGIYA

LEPROZORIYLAR (MOXOVXONA)DA BEMORLAR BILAN
MUNOSABATDA BO‘LISH
Jahon Sog‘liqni Saqlash Òashkilotining ma’lumotlariga qa-
raganda, XXI asrga kelib, yer yuzida 0,5 mln ga yaqin moxov
bilan kasallangan bemorlar qolgan. Moxov (lepra) bilan xas-
talanganlar, asosan, ambulatoriya sharoitida davolanadi. Le-
kin ayrim mamlakatlarda kasallikning kechishiga qarab uyida
yoki maxsus davolash muassasalarida, ya’ni leprozoriy (mo-
xovxona)larda olib boriladi.
Moxov kasalligini eshitgan oddiy fuqarolarda ba’zan qo‘rquv,
vahima, jirkanish kabi ruhiy hodisalarni kuzatishimiz mumkin.
Bemorni leprozoriy (moxovxona)ga olib kelingan kundan
boshlab, «nima uchun meni xalqdan, oilamdan ajratib davo-
lashyapti? Demak, kasalligim og‘ir ekan-da!» savoli uning
miyasida saqlanib, ruhiy qiynala boshlaydi. Natijada, vahi-
maga tushadi, besaranjom bo‘ladi. Ularni ushbu ruhiy kechin-
malardan xoli qilish maqsadida alohida munosabat o‘rnatilishi,
ularga kasallikdan tuzalishning birdan bir yo‘li davolanish ekan-
ligini tushuntira bilish lozim. Buning uchun kasalxonada xizmat
qilayotgan tibbiyot xodimlaridan deontologiyaning asosiy me-
zonlariga mos ravishda faoliyat ko‘rsatish talab qilinadi, ya’ni:
• bemorga erta parvarishni boshlash va yakunlash;
• bemorlarni o‘z uylaridagidek his qilishga erishish;
1
 Sog‘lom avlod — bizning kelajagimiz. T., Abu Ali ibn Sino nomidagi
nashriyot, 2000.


"$
• odob-axloq doirasida kiyinish, so‘zlashish, sabr-chi-
damli, samimiy, xushmuomala, mehribonlik xislatlarini namo-
yish qilish;
• bemorlarga buyurilgan muolajalarni o‘z vaqtida aniq
bajarish;
• bemordagi har bir o‘zgarishni kuzatib borish, o‘zgarishlar
to‘g‘risida ma’lumotni shifokorga yetkazish lozim.
Ba’zan,  moxov  bilan  kasallangan  bemorlar  o‘ta  tush-
kunlikka tushgan, «chiroq yoqsa ichi yorishmaydigan» ruhiy
holatni o‘z boshlaridan kechirishib o‘zlarini «o‘limga mahkum
qilinganman», deb o‘ylashadi. Òibbiyot xodimlarining faoliyat
taktikasi ushbu ichki ruhiy kechinmalardan bemorlarni olib
chiqib, ularga «tuzalaman, shifo topaman» ruhiy holatini ongiga
singdirish, ya’ni bemor ruhiyatini sog‘lomlashtirishdan iborat.
Bemorlar  bilan  suhbat  qilganda,  uning  kechinmalarini
tushuntirish, xayrxohlik bilan qabul qilish lozim. Ular uchun
kasalxonada qulay yashash muhitini yaratish, ya’ni har bir
bemorning psixologik xususiyatlari o‘rganilishi va shunga mos
munosabat o‘rnatilishi darkor. Bemor kasallik to‘g‘risida o‘y-
lashga vaqti bo‘lmasligi kerak. Bemorlarga nisbatan chalg‘i-
tuvchi  ta’sirlarning  ko‘proq  o‘tkazilishi  bemorlarning  o‘z
kasalliklariga bo‘lgan e’tiborini ancha susaytiradi.
Moxov bilan kasallangan bemorlar boshqa bemorlardan
o‘zining ruhiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan:
• ayrim bemorlar o‘z kasalligini anglab yetmaydi, buning
ustiga davolanishni istamaydi;
• ba’zilari o‘z joniga qasd qilish g‘oyasi bilan yuradi;
• yana biri kimdir unga kasallikni yuqtirganini ro‘kach qilib,
kasallikni yuqtirgan kishini topib berishni so‘raydi va h.k.
Lekin bunday mulohaza yuritadigan bemorlar kamdan
kam uchraydi, ya’ni umumiy kasallarning 5—7 % ini tashkil
qiladi.  Moxov  bilan  kasallangan  bemorlar  uzoq  muddat
davolanishadi.  Shuning  uchun  bemorga  psixologik  ta’sir
ko‘rsatish vosita va usullari aniq reja asosida amalga oshirilishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu kasallik bemorlarning ijtimoiy
holatini  o‘zgartiradi,  ya’ni  ularning  faoliyat  ko‘rsatishini
chegaralab qo‘yadi, keyinchalik mehnat faoliyatidan mahrum
qilib, nogironlikkacha olib kelishi mumkin.


147
Moxov kasalligining boshlang‘ich bosqichlarida oddiy
terapevtik bemorlardagi singari hodisa: injiqlik, behalovat
bo‘lish, tajanglik, keyinchalik esa xotirjamlik, e’tiborning
susayishi, o‘z taqdirini ushbu kasallik bilan bog‘lash natijasida
do‘stlardan o‘zini uzoq tutish, boshqalar bilan iloji boricha
muloqotda bo‘lmaslik kuzatiladi.
Kasallik tufayli yuzaga kelgan turli xil nuqsonlar sababli
ular chekka-chekkaga qochib, o‘zini ko‘rsatmaslikka harakat
qilishadi. Shuning uchun bu bosqichda bemorlar bilan alohida
ruhiy tayyorgarlik asosida ish olib borish tibbiyot xodimlarining
vazifasi hisoblanadi.
Aholi o‘rtasida sanitariya-oqartuv ishlarini tinimsiz olib borish
natijasida tibbiyot xodimlari bemorlardagi ruhiy kechinma-
larni bartaraf etishlari mumkin. Bunday davrda har bir tibbiyot
xodimi psixologik, psixoterapevtik, psixoprofilaktik tadbirlarni
o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishi lozim.
Har qanday davolash muassasasining, shu jumladan lepra-
zoriylarning ham asosiy maqsadi bemorlarga malakali tibbiy
yordam ko‘rsatishdan, ijtimoiy jihatdan himoya qilish va ruhiy
reabilitatsiya ishlarini olib borishdan iboratdir.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish