KEKSALIK. YOSHI O‘TGAN BEMORLARNI
PARVARISHLASH
O‘zbek xalqida keksa kishilarga nisbatan munosabat
psixologiyasi boshqa millat va elatlarning munosabatidan
tubdan farq qilsa-da, lekin kasallik davrida shaxsning o‘ziga
xos xususiyatlari mavjud va buni inobatga olish har bir tib-
biyot xodimining burchidir.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti 2002-
yilni «Qariyalarni qadrlash yili», deb e’lon qildi. Bu da’vat
yosh-u qari, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaro-
ning dilini xushnud etdi, Vatanimizga bo‘lgan mehr-
muhabbatini yanada oshirdi, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shdi.
Keksa kishilar ba’zan o‘zlarini eplashga qiynalishadi,
birovning suhbatiga, mehr-u oqibatiga va yordamiga
"&
muhtojlik sezishadi. Bunga birinchidan, ijtimoiy shart-
sharoitning, ozgalar va yaqinlar munosabatining ozgarishi
sabab boladi.
Ikkinchidan, kishilarda turli xil fiziologik holatlarning su-
sayishi kuzatila boshlaydi, asta-sekin koz xiralashadi, eshi-
tish faoliyati pasayadi va hokazo. Barcha sezgi azolarida
pasayish alomatlari kuzatiladi.
Uchinchidan, ulardagi tetiklik, harakatchanlik, faollik kabi
xususiyatlar susayib boradi. Bu fiziologik ozgarishlar keksalarda
ruhiy-emotsional ozgarishlarning kelib chiqishiga sabab boladi.
Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, avval joshqin keng
jamoatchilikda faol hayot kechirgan kishilar, keksalik davriga
kelib ancha kamharakat, tortinchoq bolib qoladilar, ilgarigi
quvnoqliklari yoqolib tund va behafsala bolib qolishadi.
His-tuygu doirasi ham torayib, endi oz mehr va qizi-
qishlarini oilasidan, nevara-chevaralari orasidan topganday
boladi. Ayrim keksalarda yashash tarzi yeyish, ichish va ux-
lashdangina iborat bolib, hayotga qiziqish kamayib ketadi.
Bunda keksalarning kayfiyati keskin tushganligini koramiz.
Keksalik davriga xos bolgan yana bir holat tinchlikning
yoqolishi, har qanday mayda-chuyda narsalarga asabiylashish,
ozgalar fikrini eshitmaslik korinishlari kuzatiladi. Buning
natijasida kopincha ipoxondrik holat yuzaga keladi. Keksalik
davrida kishilarda shaxs ozgarishlari ham kuzatiladi.
Ayrim kasallarda «bolalikka qaytish» yoki «yosh bolaga»
oxshab qolish holatlarini kuzatish mumkin. Bunday holatga
tushgan keksalar atrofdagilardan «onalik mehrini, himoyasini»
kutadilar. «Yolgiz keksalik» bu ogir ruhiy oqibatlarga
olib keladigan davr hisoblanadi. Keksalar bilan oilada birga
bolgan yoshlar asta-sekin oilani tark etadilar, yor-birodarlari
ulardan uzoqlashadi. Keksayib qolgan odam bir ozi yakka
qoladi, yolgizlanib qolgan kishi ruhan juda qiynaladi, ozini
qayerga qoyishini bilmay, nima bilan shugullanish kerakligini
anglab yetmasa, hayoti yanada qiyinlashadi. Ayniqsa, u ozini
bu hayotda «ortiqcha» sezsa, «yolgizlik» yanada kuchliroq
ruhiy ezilishni keltirib chiqaradi. Agar yuqoridagi holatni
keksa kishi atrofidagilar etiborsiz qoldirsa, patologik qarilik
"'
kuzatiladi. Bunda endi shaxsning ozgarishi, his-tuygu atrofiyasi,
manaviy inqiroz, demensiya kabi belgilar paydo boladi.
Keksayish davrida biologik maylning zaiflashuvi psixik
jarayonlarning ham ozgarishiga olib keladi. Ruhiy keksayish
alomatlari ayollarda ertaroq paydo boladi. Erkak va ayollar
ortasidagi farqlar borgan sari yaqqol kozga tashlana boshlaydi.
Keksalik davrida foniy dunyodan umidsizlik tuygusi paydo
boladi va bu hol faollikni, oylangan rejalarini amalga
oshirishga intilishni susaytiradi. Lekin «oglimni uylantirsam,
qizimni turmushga bersam, nabiralarim bolsa, armonsiz
otgan bolardim» qabilidagi mulohazalar doimiy, har kunlik
holatga aylanib qoladi.
Odatda, qarilikning dastlabki belgilari odamda yetuklik
davri (shartli ravishda 60 yoshda) dan song namoyon boladi.
Biroq aslini olganda, qarish jarayoni organizmning osishi va
rivojlanishi toxtagandan keyin boshlanadi.
Qarishda birinchi navbatda sezgi azolari zaiflashadi,
yurak-qon tomirlar sistemasi, hujayra, toqimalar sistemasi
faoliyati susayib boradi. Qarish jarayonida organizm chidami-
ning susayishi kasalliklar avj olishiga va ularning ancha ogir
otishiga sabab boladi. Shuning uchun kasallikning oldini
olish barvaqt qarishga yol qoymaslikka yordam beradi.
Hozirgi paytda qarish sabablari togrisida yagona fikr yoq,
lekin qarishning hujayralar irsiyatiga bogliqligi haqidagi
nazariya keng tarqalgan. Keksa odamning psixologik - gigiyenik
holatlarini bilish va unga amal qilish, kasallar yashaydigan
oilada togri munosabat ornatish kerak.
Keksalik davrining yana bir xususiyati boshqa kishilarga,
begonalarga ham xayrxohlik bildirishidir. Ana shu yuksak
insonparvarlik hissi tufayli ular yer yuzidagi jamiki inson zotiga
yaxshilik tilaydilar. Qariyalardagi rahmdillik, poklik, orastalik,
muloyimlik, samimiylik singari tuygularning ifodalanishi
boshqa yoshdagi odamlar tuygusiga oxshamaydi. Shunga
javoban yaqin odamlar qariya kayfiyatining ozgarishiga qarab
ish tutishlari, uning kayfi buzilganda va tushkunlik holatlarida
oz vaqtida shifokorga korsatishlari lozim.
Keksalik davrida quyidagi kasalliklar tez-tez bezovta qilib
turadi: korish qobiliyatining buzilishlari, quvvatsizlik, char-
#
chash va ovqatlanishning buzilishi, oyoqlarning shishishi,
oyoqlardagi surunkali yaralar, siyishga qiynalish, artrit, miyada
qon aylanishining buzilishi, karlik, uyqusizlik va hokazo.
Bu kasalliklar davrida bemorlarga orta tibbiyot xodimlari
ota xushmuomalalik bilan davolash va parvarishlash ishlarini
olib borishlari kerak. Ayniqsa, keksa bemorlar bilan otka-
ziladigan shaxsiy mashgulotlar, qanday korinishda bolmasin
muhim ahamiyatga ega. Hozirgi zamon dori-darmonlaridan
kora ularga iliq munosabat, mehr bilan parvarishlash va
mehribonlik samarali tasir korsatadi. Har kunlik psixotera-
pevtik mashgulotlarda orta tibbiyot xodimi farzand rolini
(ogli, nabirasi, chevarasi kabi) maromiga yetkazib bajarsa,
ular kasallik nima ekanligini unutadi va tezda oyoqqa turib
ketadi. Keksa bemorlar bilan munosabatlar bizning millati-
mizga, urf-odatlarimizga, qolaversa, deontologiya tamoyilla-
riga asoslangan holda tashkil qilinsa, yanada yaxshi natijaga
erishiladi. Bemorlar ozini shifoxonada emas, balki oz uyida-
gidek his qilishiga harakat qilish kerak.
Har bir tibbiyot xodimi keksa bemorni oz otasi, oz onasi
kabi mehr bilan parvarish qilib borsa, bemorning dardi yengil
tortib, organizmidan kasallikni tezroq «quvib chiqarish»ga
imkon tugiladi.
Keksayganda organizmni har tomonlama, ham jismonan,
ham ruhan tetiklashtirish uchun togri ovqatlanish muhim
ahamiyatga ega. Keksa bemorlarning ovqatlanish rejimi, par-
hez taomlari ustidan nazorat qilib borish tibbiyot xodimining
muhim vazifalaridan biridir. Ularning dasturxonida seryog,
yuqori kaloriyali ovqatlar haddan tashqari kop bolmasligi kerak.
Qariganda odatdagi uxlatadigan, ogriq qoldiradigan, tinchlan-
tiradigan dorilarni, shuningdek, asab sistemasiga tasir qiladigan
quyuq kofe yoki achchiq choy, spirtli yoki ota gazlashtirilgan
ichimliklar ichish mumkin emas. Keksa yoshda turli muolajalar,
faol harakatlar, fizioterapevtik tadbirlar massaj (uqalash), ruhiy
tasir korsatish (gipnoz, oz-ozini ishontirish) kabi tadbirlar
bemorlarning tezroq shifo topishiga komaklashadi.
Keksa bemorlar bilan muloqotda bolganda tibbiyot
xodimlari quyidagilarni unutmasliklari kerak:
1. Keksa bemorga iltifot korsatib salomlashish.
#
2. Bemorning psixologik holatini togri baholash.
3. Bemorning dardlarini oxirigacha eshitib, keyin javob
qaytarishi, javob ham iltifot, hurmatni anglatuvchi ohangda
bolishi shart.
4. Bemor diqqatini hayotga qiziqishga, kasallikni unu-
tishga qaratish.
5. Muolajalarni ota mohirlik va qunt bilan, ogriqsiz
amalga oshirish.
6. Suhbatlashganda uy muhitiga yaqin psixologik holatni
vujudga keltirish.
7. Har korganda ijobiy misollar, qiziq voqealar asosida
ularni ruhan tetik bolishiga harakat qilish.
8. Bemor palatasiga kirganda yuzidan ishonch, sogayib
ketishiga intilish, xush kayfiyat yogilib tursin.
9. Bemor oldiga uni korgani kelgan oga-inilari bilan
samimiy xushmuomalada bolish.
10. Keksa bemorni uyiga xuddi ota-bolalardek mehr-oqi-
bat bilan kuzatib qolish.
Yuqorida bayon etilganlarga amal qilish bilan siz keksa
bemorlarni yashashga bolgan qiziqishini orttirib, umrini
uzaytirasiz. Binobarin, umrni uzaytirishning juda kop omil-
lari bor: bular psixologik, ijtimoiy, ekologik va hokazo. Umu-
man aytganda, insonning umrini uzaytirish uchun shaxs-
lararo yaxshi munosabat, shirin muomala, samimiy muloqot,
oilaviy totuvlik, asabni asrash, barqaror his-tuygu, ham-
dardlik, psixik faollik, iroda bolishi zarur.
Lekin hamisha ham risoladagidek biz kutgan natijaga
erishilavermaydi, bunga quyidagilar sabab boladi:
1. Bemorga etiborsizlik, ahvoli bilan yaqindan qiziqmaslik.
2. Bemorda ishonch uygota olmaslik.
3. Bemorga turli xil tazyiqlar otkazish.
4. Bilar-bilmas notogri maslahatlar berish.
5. Bemorlarga nisbatan «dombogim», «shirinim», «tillo-
ginam» singari soxta va bachkana sozlarni ishlatish ularning
izzat-nafsiga qattiq tegadi va ranjitadi.
Davolash muassasalarida bayon etilgan bu kamchiliklar
bartaraf etilsa, bemorlarning shifo topib ketishlari uchun
soglom muhit yaratiladi.
#
RUHIY XASTALAR BILAN MUNOSABATDA BOLISH
Òibbiyot fanlarining tez odimlar bilan rivojlanishiga qara-
masdan hozirgi kunda ham ruhiy kasallar togrisida tushunmov-
chiliklar mavjud. Ruhiy kasallarga nafrat bilan qarash, ularni
jamiyatdan chetlashtirish kerak kabi tushunchalarning mavjudligi,
har bir kasalxonada psixosomatik bolimlarni tashkil qilish
muammosi mavjudligi kundalik davolash muolajalarida psixiatriya
yordamini korsatish zarurligini taqozo etmoqda.
Xorijiy davlatlarda bu masala hal qilingan. Ruhiy kasallar
amaliyotida nafaqat barcha ruhiy kasalliklarni toliq davolash,
balki soglom kishilarning garmonik rivojlanishiga yordam
beradigan chora-tadbirlarni qollash vazifasi turadi.
Har bir davolash muassasasidagi tibbiyot xodimi oz amaliy
faoliyatida bemorlar bilan muomala qilganda psixiatrning
xizmat doirasiga taalluqli masalalarga duch kelishi tabiiy bir
hol. Somatik shifoxonalarda haqiqiy psixotik holatlar nisbatan
kam kuzatiladi, vaholanki shaxsning nevrotik buzilishlari kun
sayin uchrab turadi.
Ixtisoslashgan davolash muassasalarida psixiatr maslahat-
chining xizmatidan foydalanishga togri keladi. Shu bilan birga,
tibbiyot hamshirasi tibbiyotning qaysi sohasida xizmat qilishidan
qati nazar, psixopatologik buzilishlarning asosiy korinishlarini
ham, shu ixtisoslikdagi bemorlar bilan munosabatlarning oziga
xos tomonlarini ham bilishi shart. Shu tufayli yirik davolash
markazlarida psixosomatik bolimlar ochilyapti. Ularning
vazifasi somatik kasalliklarni davolash bilan bir qatorda zarur
psixiatriya yordamini korsatishdan iborat.
Ayrim bemorlar qatiy psixiatrik nazorat olib borilishiga
muhtoj boladilar. Bunga ruhiy kasalliklarning oziga xos
xususiyatlari sabab boladi. Bu xususiyatlar quyidagilardir:
1) kasallik mohiyatini anglab yetmaslik va psixotik bu-
zilishlar bolgani holda davo olishni istamaslik;
2) gallutsinatsiyalar bilan taqib qilish goyalarining mavjudligi;
3) suitsidal (ozini-ozi oldirish) fikrlar va bunga xatti-
harakatlar borligi;
4) psixotik holat mavjudligi, bunda es-hush joyida bol-
maydi (deliriy, oneyroid, gamginlik kabilar);
5) psixomotor qozgalishlar va beixtiyor harakatlar borligi.
#!
Bemor ahvoli yaxshilanganida bemor oilasi va qarindoshlari
bilan uchrashadi, unga uyiga borib kelishiga ham ruxsat beriladi.
U jiddiy bemor bolgandagina jamiyat uchun ham, ozi uchun
ham xavfli boladi. Ahvoli yaxshilanganda, u ruhiy shifoxonada
ekanligini tushunadi va bundan qayguradi.
Ruhiy kasallikka giriftor bolgan bemorlarga tibbiyot ham-
shiralarining togri munosabati ijobiy tasir korsatadi. Bemor-
larning shikoyatlarini diqqat bilan tinglaganda ular xursand
boladilar. Shuning uchun bemor odamga sizning gapingiz
notogri, deb xafa qilmaslik lozim. Chunki alahsirash qabi-
lidagi xastalik kechinmalari ana shu holatdagi bemorning
fikrlari va xulosalaridan iborat, xolos. Hamshiraning vazifasi
bemorlar xulq-atvorini va fikr-oylarining oziga xos tomon-
larini diqqat bilan kuzatib borishdan iborat. Hamshira bemor-
ga bu kuzatishlarini gapirib berishi lozim. Òibbiyot hamshi-
rasining xulq-atvori va ozini tuta bilishi bemorga tinchlan-
tiruvchi tasir korsatishi lozim.
KASALXONADAN ÒASHQARI YORDAM
Yordam korsatishning bu turi bemorlarga xizmat korsa-
tishda asosiy orinni egallaydi. Kasalxonadan tashqari yordam
psixonevrologik dispanserlar, psixiatriya kasalxonalarining
dispanser bolimlari, umumsomatik poliklinikalar va kasal-
xonalar qoshidagi xonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ruhiy bemorlarga tibbiyot hamshirasining shaxsi ijobiy
tasir korsatadi. Bemorlarga tibbiyot xodimlarining, xususan,
hamshiralarning diqqat-etibor bilan yaxshi munosabatda
bolishi, bemorlarning turli shikoyatlari va sozlarini tinglab
qolmasdan, ayni vaqtda ularni tushunishga va tegishli ravishda
javob berishga harakat qilishlari bemorlarga yaxshi tasir qiladi.
Poliklinikalarda xizmat qiladigan tibbiyot hamshiralari
bemorni faqat qabul paytida korib qolmay, ayni vaqtda uning
uyiga ham borib xabar oladi, shifokor buyurgan muolaja-
larni amalga oshiradi, uning turmush va oilaviy sharoitlari
bilan tanishadi. Bu ishlarning barchasi bemorni samarali
davolashda qol keladi. Er-xotin, ota-onalar bilan bolalar
ortasida kelishmovchiliklar, urush-janjallar sodir bolib tura-
digan bazi oilalarda, odatda, asab buzilishlari tez-tez uchrab
#"
turadi. Bunga aksariyat ichkilikbozlik, giyohvandlik kabilar
sabab boladi. Oila azolari bunday illatlarni boshqalarga,
ayniqsa, shifokorlarga va huquqni muhofaza qilish organlari
vakillariga oshkor qilmaslikka urinadi. Bu illatlar oilaning
nochor hayot kechirishiga, moddiy va psixologik sharoitining
yomonlashuviga olib keladi. Bunday hollarda poliklinika,
akusherlik punktlarida ish olib borayotgan shifokorlar va
tibbiyot hamshiralarining aholi orasida soglom turmush
tarzini targib qilish, sanitariya bilimlarini yoyish boyicha
tushuntiruv ishlarini olib borishlariga togri keladi.
Òurli xil infeksion va boshqa kasalliklarning oldini olish,
zararli odatlardan voz kechish, soglom turmush uchun ku-
rashishda shaharlar hamda tumanlarda faoliyat korsatib ke-
layotgan salomatlik markazlarining ahamiyati katta. Ularda
xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlari aholi orasida tibbiyotdagi
dolzarb mavzular boyicha maruzalar bilan chiqadilar,
kinofilmlar namoyish qiladilar, har xil bosma adabiyotlarini,
jumladan, plakatlar va shiorlarni nashr ettiradilar.
DORILAR VA BOSHQA VOSITALAR BILAN DAVOLASH
Avvalgi bobda psixika shifobaxsh tasir korsatishning kuchli
manbayidir, deb aytib otilgan edi. Davoning shifobaxsh
ekanligiga bemorning qattiq ishonishi aktiv omil bolib,
terapiyaning hamma turlarini amalga oshirishda muhim rolni
oynaydi. Kasallarni davolashda xilma-xil dori-darmonlar
bilan bir qatorda ayrim fizioterapevtik muolajalar korinishida
va sanatoriy-kurort sharoitlaridagi majmualarda har xil fizika-
viy usullar ham keng qollaniladi. Shartli reflektor mexanizm-
larning fizioterapiya jarayonida shartsiz reflektor mexanizm-
larni kuchaytirishi ham, tormozlab qoyishi ham mumkinligi
kopdan kop tekshirishlarda korsatib berilgan.
Davoni umuman qulay vaziyatda olib borish, tibbiyot
xodimining davo muolajasi yaxshi kor qilishiga kasalni ishon-
tirishi uning tasirini kuchaytira oladi. Ikkinchi tomondan,
kasal davoga salbiy munosabatda bolishi (har xil sabablarga
kora), uning shifo berishiga shubha bilan qarashi mumkin.
Shu xilda tormozlovchi salbiy tasirlar bolishi davo kuchining
susayib qolishiga olib kelishi mumkin. Mashhur nevropatolog
##
Sharko tomonidan tibbiyot amaliyotiga kiritilgan «qurolli
ishontirish» atamasi ham har qanday davo preparatining, har
bir fizioterapevtik muolajaning korsatadigan tasirida turli
darajada ifodalanadigan psixoterapevtik komponent bo-
lishini hisobga olish zarurligini takidlaydi.
Kasallarni davolashda psixik va farmakologik tasirning
nisbatini hisobga olib borish, ayniqsa, muhim. Bu orinda
ikki asosiy masalani alohida korsatib otish zarurki, tibbiyot-
ning turli sohalarida ishlatilayotgan dori preparatlarining soni
ancha kopaygan hozirgi davrda ana shu masalalar, ayniqsa,
dolzarb bolib qolgan: 1) farmakologik moddalarning odam
psixik holatiga tasiri va 2) farmakologik moddalarning odamga
uning psixikasi holatiga qarab har xil tasir korsatishi.
Davo jarayonining nechogliq naf berishi tibbiyot xodim-
larining ham, shuningdek, buyurilgan dorilarni berib turishda
va osha dorilarning kasalga qanday tasir qilishini kuzatib
borishda shifokorning yaqin yordamchisi bolgan orta malu-
motli tibbiyot xodimlarining ham ana shu masalalarni bilib
olishiga kop jihatdan bogliqdir.
FARMAKOLOGIK MODDALARNING INSON
PSIXIKASIGA ÒASIRI
Zamonaviy tibbiyotda ishlatib kelinayotgan moddalar-
ning bazilari psixik holatni ozgartirish maqsadida juda qa-
dim zamonlardan beri qollaniladi. Òarkibida narkotik mod-
dalar boladigan osimliklar, masalan, opiy, qoradori boladigan
koknori yoki nasha singari osimliklar shirin xayollar surib
kayf qilish va ogriqni qoldirish uchun ichilgan hamda che-
kilgan. Qadimgi Rim askarlari badaniga belladonna bargla-
rini ishqalar, bu esa, ularning jangga kirganida gazabga ki-
rishiga sabab bolardi. Choy, qahva, koka osimligining barg-
lari kuch bagishlaydigan va tetiklantiradigan moddalar or-
nida ishlatilib kelindi. Kayf-u ruhiyatni yaxshilash maqsa-
dida ichkilik ichilishi kopchilikka malum.
Hozir aytib otilgan moddalarning ijobiy tasirigina emas,
balki ular uzoq muddat istemol qilinadigan bolsa, psixikaga
halokatli tasir korsatishi ham malum. Ichkilik, narkotik
moddalarga haddan tashqari hirs qoyib, shu moddalarni tobora
#$
koproq miqdorda istemol qilib turishga organib qolish ogir
jismoniy, ruhiy kasalliklarga olib keladi. Bir qancha moddalarning
narkotik tasiridan jarrohlikda narkoz uchun foydalaniladi.
Narkoz yunoncha uyqu demakdir. Biroq, narkotik moddalar
tasiri bilan, dori berib vujudga keltiriladigan uyqu shu qadar
qattiq boladiki, murakkab va uzoq davom etadigan opera-
tsiyalarni qilishga imkon beradi. Xloroform, efir va boshqa
moddalar yordamida qilinadigan narkoz malum.
Narkozning xilma-xil usullarini ishlab chiqish bilan bir
qatorda XIX asrning oxirlaridan boshlab mahalliy tarzda
ogriqsizlantirish uchun koka osimligining barglaridan olina-
digan kokain ishlatiladigan bolib qoldi. XX asrda kokain
ornini yangi sintetik kimyoviy preparat novokain egalladi.
Novokain xilma-xil operatsiyalarda ogriqsizlantiradigan mod-
da ornida keng ishlatiladigan boldi.
Narkotik moddalar, avvalo, opiy preparatlari (morfin,
kodein, pantopon va boshqalar), xloralgidrat tinchlantiruvchi
moddalar ornida, shuningdek, uyqusizlik singari juda kop
uchraydigan kasallik holatlariga davo qilishda keng rasm
boldi. Keyinchalik xuddi shu maqsadda barbiturat kislota
unumlari (lyuminal, medinal, nembutal, amital-natriy va
boshqalar), shuningdek «barbituratmas» uxlatadigan dorilar
noksiron, dimerin ishlatiladigan boldi.
Òibbiyot amaliyotida tinchlantiradigan, sedativ moddalar
bilan bir qatorda asab sistemasini ragbatlantiradigan moddalar
keng qollaniladi. Avvallari choy barglari va qahva donlaridan
olingan, hozir esa, sintetik yol bilan hosil qilinadigan kofein,
shuningdek, jenshen, yosh bugularning shoxidan olinadigan
pantokrin va xususan fenamin shular jumlasiga kiradi.
I.P. Pavlov kofein tasirlanish jarayonini kuchaytirishini
va shu tariqa tajriba hayvonining i
sh qobiliyatini yaxshilashini
korsatib beradi. Odamda kofein aqliy ish qobiliyatini ku-
chaytiradi, hordiqni yozib, uyquga ehtiyojni kamaytiradi.
Songgi vaqtlarda trankvilizatorlar (tinchlantiruvchilar) deb
atalgan psixofarmakologik moddalar guruhi tobora keng
qollanilmoqda. Bular markaziy asab sistemasi qozgaluv-
chanligini susaytirib, ruhiy qozgalishni bartaraf etadi. Shu
bilan birga ular yengil mudroqqa sabab boladi, shu munosa-
#%
bat bilan uxlatadigan dori ornida ishlatiladi yoki uxlatadigan
boshqa dorilarning tasirini kuchaytiradi. Mana shu preparatlar
orasida birinchi galda aminazin bilan rezerpinni korsatib otsa
boladi. Kichik trankvilizatorlar, yani meprobamat, librium
va boshqalar jizzakilik, besaranjomlikni kamaytirish uchun,
vahima va xavotirlikni bartaraf etish uchun kop ishlatilmoqda.
Psixofarmakologik moddalarning boshqa guruhini antide-
pressantlar (tofranil va boshqalar) tashkil etadi. Bular kayf-u
ruhiyat pasayganda, xususan, ichki shart-sharoitlar munosabati
bilan kelib chiqadigan, yani endogen depressiyalarida yaxshi
kor qiladi. Psixikani shikastlantiradigan tashqi vaziyatlar tufayli
vujudga keladigan psixogen depressiyalarda ular birmuncha
sust tasir korsatadi.
Òrankvilizatorlar bilan antidepressantlarni ishlatish zamo-
naviy psixiatriya bolimlarining qiyofasini tamomila ozgartirib
yubordi, bunday bolimlarda besaranjom kasallar soni keskin
kamayib qoldi. Antidepressantlar aqliy va emotsional tormoz-
lanish bilan birga davom etadigan somatik kasalliklarda
ham muvaffaqiyat bilan qollanilmoqda.
Simpatomimetik moddalar deb ataladigan preparatlar alo-
hida guruhni tashkil etadi, bular psixikaning har xil tarzda
buzilishiga sabab boladi. Opiy preparatlari, masalan, morfin,
qoradori, kokain tasiri ostida oziga xos psixik ozgarishlar
kelib chiqadi, deb yuqorida aytib otilgan edi. Bular kayf-u
ruhiyatni kotarib, sarxushlikka, eyforiyaga, odamning shirin
xayollar surishiga sabab boladi, faollikni susaytirib, ogriq
sezuvchanlikni kamaytiradi. Gallutsinogenlar, yani royirost
gallutsinatsiyalarni keltirib chiqara oladigan moddalar bir-
muncha kuchliroq ifodalanadigan ana shu xildagi tasirga egadir.
Lizerginat kislota dietilamidining tasiri klinika va tajriba
sharoitlarida hammadan koproq organib chiqilgan. Gallutsino-
genlarni qabul qilish, odatda, koruv gallutsinatsiyalari, bazan
odamning vasvasaga tushishi bilan birga davom etadi.
Bazi dori-darmonlar katta dozalarda ishlatiladigan bolsa,
psixikaning buzilishiga sabab bola olishini aytib otish kerak.
Akrixin, atropin, sintomitsin va boshqa moddalar tasiri ostida
hayvonlarning yurish-turishlarida odam psixikasining ozga-
rishlariga oxshab ketadigan har xil ozgarishlar paydo qilingan.
#&
Astenik sindrom uchun hayvonning jismoniy jihatdan juda
madori qurib, boshashib qolishi xarakterlidir, hayvon goyo
mudrab yotgandek bolib korinadi. Katatonik sindrom uchun
hayvon harakat aktivligining anchagina kamayishi (harakatsiz
bolib qolishi) xosdir. Hayvon suniy ravishda qaysi vaziyatga
qoyilsa, osha vaziyatda qotib qoladi va muvozanati buzila-
digan bolsa ham shu vaziyatini uzoq saqlab turaveradi. Hay-
von goyoki haykal bolib qoladi.
Yuqorida farmakologik moddalarning psixikaga bevo-
sita, togridan togri korsatadigan tasiriga misollar kelti-
rildi. Biroq, shunday moddalar ham borki, ular psixikaga
spetsifik tasir korsatmaydigan bolsa ham, psixikani turli
yonalishlarda ozgartira oladi. Misollar keltiramiz. Ogir ruhiy
kasallik, yani avj olib boradigan falajga davo qilishda hozir
har xil antibiotiklar, jumladan penitsillin ishlatiladi. Pe-
nitsillin kasallikning infeksion sababchisini oqish spiroxe-
tani halok qiladi va shu bilan odam ruhiy salomatligining
tiklanishiga olib keladi. Psixikaga haddan tashqari zor kelishi
natijasida bazi psixogen kasalliklar, jumladan endokrin bez-
lar kasalliklari kelib chiqishi mumkin deb yuqorida aytib
otilgan edi. Qandli diabet, gipertireoz va boshqa endokrin
kasalliklar kopincha psixikaning aynishi bilan birga davom
etadi. Bunday hollarda endokrin sistemani asliga keltiradigan
moddalar psixik ozgarishlarni ham bartaraf etadi.
FARMAKOLOGIK MODDALARNING INSON RUHIYATIGA
QARAB, HAR XIL TASIR QILISHI
Klinika kuzatuvlari va maxsus fiziologik tekshirishlar dori
moddasi tasirining odam ruhiy holatiga bogliqligidan darak
beradi. I.P. Pavlov laboratoriyasida itlar ustida qiziq tajriba-
lar otkazilgan. Stanokka qoyilgan itga morfin yuborilib,
keyin u uxlatilgan. Morfin yuborish seanslari bir necha marta
takrorlanganidan keyin it unga xuddi oshanday sharoitda
fiziologik eritma yuborilganidan keyin ham uxlab qolaver-
gan. Keyinchalik u xuddi osha sharoitda shpris ninasini
sanchishdayoq uxlab qola boshlagan va nihoyat ignali shpris-
ning kozga korinishi, itni stanokka joylashtirishning ozi-
gina uni uxlatib qoyadigan bolib qolgan.
#'
I.P. Pavlov buni shartsiz tasir korsatadigan farmakologik
modda morfinni organizmga yuborishga aloqador sharoitning
hamda elementlariga javoban yuzaga kelgan shartli refleksdir,
deb taxmin qildi. Shunday qilib, bir qancha seanslardan keyin
sharoitning oziyoq xuddi morfin singari kor qiladigan shartli
tasirot bolib qoldi. Chunonchi, bemorga suv berib turib,
buni kislota eritmasi yoki ichimlik, deb aytiladigan bolsa,
bemorning yuz qiyofasi ozgarib, basharasi bujmaygan.
Bordi-yu, bu juda shirin ichimlik, deb aytiladigan bolsa,
bemorning qiyofasi ozgarib, mamnuniyat ifoda qilgan.
Shifokorning yoki hatto tibbiyot xodimi bolsa ham kasal nazarida
ishonch va obro-etibor qozongan odamning ishontirib aytgan
gaplari ham xuddi shunday tasir korsatishi, yani ishontira-
yotgan odamning sozlariga togri keladigan tasir korsatishi
kundalik klinika va hatto turmush tajribasidan malum.
Farmakologik moddalar, jumladan, psixofarmakologik
moddalar bilan davolashda kasallar jamoasining tasirini
hisobga olmoq zarur. Andaksin, melipramin va boshqalar
singari bazi preparatning ijobiy yoki salbiy tasir korsatishi
kopincha biror guruhdagi faol kasallar («guruh yetak-
chilari»)ning shu preparatlarga nisbatan qanday munosa-
batda bolishiga bogliq boladi.
Farmakologik moddalarning tasiri kasal asab sistemasi va
psixikasining ahvoliga kop darajada bogliq bolganligi munosabati
bilan yangi dori moddalarni tekshirishda songgi vaqtlarda platsebo
usulidan foydalanilmoqda. Platsebo tashqi xossalari, rangi,
hidi, tami jihatidan dori moddasiga oxshab ketadigan, biroq
tasir korsatadigan asosi bolmaydigan nazoratchi modda. Platsebo
effekti hamma moddalarda aks etadi. Bazi odamlarning
platseboga javoban reaksiyasi haqiqiy modda tasir effektidan
oshib ketishi ham mumkin, boshqa odamlarda reaksiya ancha
kuchsizroq boladi. Bu hol tekshirilayotgan odam yoki kasalning
tilak-istaklariga va shu munosabat bilan osha effektga ishonishi
yoki ishonmasligiga bogliqdir.
Yurak siqilishiga mubtalo bolgan xastalarning 38 % da,
operatsiyadan keyin qattiq ogriq tutadigan kasallarning 30 %
da, dengiz kasalligiga uchragan kishilarning 58 % da platseboga
nisbatan musbat effekt bolishi ilmiy adabiyotlarda bayon etilgan.
$
Ruhan zoriqish natijasida yuzaga kelgan migren xuruji
vaqtida platseboning qanday tasir korsatishiga Volfning asa-
rida misol keltiriladi. Mazkur kasalda migren xuruji kongilsiz
suhbatdan keyin tutib qolgan. Bosh ogrigi juda avjiga chiq-
qan paytda, uning terisi ostiga fiziologik eritma, yani kasallik
simptomiga tasir korsatishi lozim bolmagan modda yuborilgan.
Shu bilan bir qatorda bazi kasallarda, xususan nevroz
bilan ogrib, xavotirlik va vahima holatiga tushib qolgan
bemorlarda dori moddalarning ortiqcha dozalari ham ko-
pincha kor qilmay qoyishini aytib otish zarur. Masalan,
uyqusizlikka uchragan, nevroz bilan ogrigan kasallar ux-
latadigan moddalarni odatdagi dozalardan kora, koproq
miqdorda ichgandan keyin ham uxlay olmaydi. Medasiga
fistula qoyilgan kasal ustida olib borilgan kuzatuv u ba-
maylixotir holatda bolgan paytida tasir qiladigan dori mod-
dasining hayajonlanib turganida yoki gazablangan paytida
hech bir tasir qilmay qoyishini korsatib berdi.
Bazi moddalarga odam organib qolib, keyin ularga ruju
qiladigan bolib qolishi mumkin deb yuqorida aytib otilgan
edi. Bu narkotiklarni suiistemol qilish bilan ifodalanadigan
kasallik korinishidagi moyillik narkomaniya deb ataladigan
boldi. Narkotik modda istemol qilishga barham berilganida
abstinensiya hodisasi vujudga keladiki, bu kokainizm va
morfinizmda, ayniqsa, yaqqol ifodalangan boladi. Abstinen-
siya hodisalari juda ogir ruhiy va jismoniy ozgarishlar bilan
birga davom etib boradi. Odamning emotsional ahvoli oz-
garib, konglini gam-u hasrat va xavotirlik bosadi. Sezgilar
kopincha chalgiydi. Ish qobiliyati keskin susayib qoladi.
Abstinensiya organizmdagi muayyan biokimyoviy ozga-
rishlar va bir qancha psixologik omillarning tasirlariga
bogliqdir. Bemor narkotik moddaga organar ekan, undan
tasalli olish, xotirjamlanish, emotsional tonusni asliga keltirish
manbayini topadi. U ana shu manbadan mahrum bolsa,
biokimyoviy ozgarish tufayligina azob tortmay, balki psi-
xologik jihatdan ham qiynaladi. Giyohvandlikka giriftor bol-
gan kopgina kasallar iborasi bilan aytganda, «odam» bolmay
qoladi. Shuning uchun narkomaniyalarga davo qilishda
$
kasalning psixikasiga, xususan, emotsional holatiga turli psi-
xoterapevtik usullar bilan tasir korsatish juda zarur.
Alkogol narkomaniyasiga davo qilishda psixikaning roli
yaqqol namoyon boladi. Hozir apomorfin, antabus va bazi
boshqa moddalar bilan davo qilish korinishida alkogo-
lizmga qarshi shartli reflektor terapiya juda keng rusum boldi.
Bu moddalarning hammasi kongil aynishi, qayt qilish, yurak
faoliyati, nafasning ozgarishi va boshqalar korinishida ota-
digan birmuncha sezilarli vegetativ reaksiyalarga sabab bo-
ladi. Mana shu moddalarni berish bilan bir vaqtda alkogol
ham qoshib istemol qildiriladi.
Biroq shu xilda davo qilish bemorning ishonishi yoki
ishonmasligi togrisidagi masalani ortadan kotarmaydi,
bemorning kelajagi va hayotga munosabatini ozgartirmaydi,
narkomaniyaga sabab bolgan ilgarigi shart-sharoitlar tak-
rorlanadigan bolsa, bu kasallik yana qaytalanishi oson. Shu
munosabat bilan alkogolizm davosi samarali bolishi uchun
bu davo bilan bir vaqtda, albatta, bemor uchun qulay bolgan
ijtimoiy-psixologik vaziyat yaratish, kasalni qayta tarbiyalash
maqsadida psixoterapiyadan foydalanish, unda alkogolni suiis-
temol qilishga nisbatan ongli va tanqidiy munosabatni mus-
tahkamlab borish kerak boladi.
ÒIBBIYOÒ DEONÒOLOGIYASI ÒAMOYILLARI
SHAKLLANISHINING QISQACHA ÒARIXI
Òibbiyot deontologiyasi (yunon. deontos zarur, lozim
bolgan narsa va logos talimot) tibbiyot xodimlarining
kasbiy xulq-atvori haqidagi fandir.
Deontologiya Osiyo davlatlarida VIIV asrlardayoq tarkib
topgan. IV asrlardan boshlab Orta Osiyo hududida zardush-
tiylik talimoti kuchayadi. Uning qonun-qoidalari «Avesto»
kitobida oz ifodasini topgan. Bu kitobda xususan, axloqiy
tarbiya, bola tarbiyasiga doir qarashlar ham bayon etilgan.
Shuningdek, uning talimoti uch ifodada: Humata yaxshilik
timsoli, Nuhta togri soz, Xvarshita yaxshi xulqlarda
mujassamlashgan.
$
Mustaqil Ozbekistonimizda deontologiyaning shaklla-
nishiga buyuk allomalarimiz Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-
Fargoniy, Ismoil al-Buxoriy, At-Òermiziy, Abu Nasr Forobiy,
Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ismoil Jurjoniy,
Burhonuddin al-Marginoniy, Mahmud az-Zamaxshariy,
Mahmud Qoshgariy va boshqa buyuk olimlarimiz ozlarining
yaratgan nodir asarlari bilan katta tasir korsatishdi. Ayniqsa,
Abu Ali ibn Sino tibbiyot sohasidagi olmas asarlari bilan
Orta Osiyoda tibbiyotning yuksalishiga ozining bebaho
hissasini qoshgan.
Abu Ali ibn Sino yaxshilikka olib boruvchi axloq qoi-
dalarini rivojlantirishga yordam beruvchi tadbirlar orqali
tarbiyani izchil amalga oshirish mumkinligini alohida qayd
etadi. Abu Ali ibn Sinoning takidlashicha, «Eng muhim
axloqiy boylik adolatdir». Axloqiy tushunchalar aqlga, bilimga
asoslanishi lozim. Lekin inson qanchalik bilimdon va olim
bolmasin axloqiy tamoyillarga tayanmasa, u odobsizlik va
yomonlikka yol qoyadi. Ibn Sino ozining «Qush tili» asarida
ikkiyuzlamachilik, yolgonchilik, xoinlik kabi illatlarni
qoralaydi. Inson ustidan har qanday zoravonlikni qoralaydi.
Ibn Sinoning yozishicha, insonning eng yaxshi fazilatlaridan
biri ozining yomon axloqiy illatlarini anglab, ularni yoqo-
tishga intilishidir. Uning yaxshi xislatlari ichida boshqalarga
etibor va gamxorlik bilan munosabatda bolish alohida
orin tutadi. Kimki, oz axloqini tarbiyalash uchun oz oldiga
qoygan vazifasini bajarib, oz xulqini tuzatishga intilsa, unga
hech narsa qorqinchli emas. Kimki, oz xatosini tuzata
olsagina, u boshqalarning tarbiyasi haqida gamxorlik qila
olishi mumkin.
Òibbiyot deontologiyasining asosiy vazifalari quyidagilar-
dan iborat:
• tibbiyot xodimlari xulq-atvorining davolash samarador-
ligini imkoni boricha oshirishga qaratilgan tamoyillarini
organish;
• tibbiy xizmatdagi noqulay omillarga, hamshira va shi-
fokor faoliyatidagi ziddiyatlarga, patologik korinishlarga
barham berish;
$!
• tibbiyot xodimlari bilan bemorlar ortasida ornatila-
digan ozaro munosabatlar tizimini organish;
• zamonaviy tibbiyot va bemor talabiga javob bermay-
digan tibbiyot xizmatining zararli omillarini tugatish.
Òibbiyot xodimi bemorlar bilan, oz kasbdoshlari bilan
muloqotda sabr-chidamli, samimiy xushmuomalada bolishi,
kasbdoshlariga mehribon bolishi lozim.
Haqiqatan ham tibbiyot xodimi har kuni ertalabdan kech-
gacha qancha-qancha bemorlar, xodimlar bilan muomalada
boladi. Uning kayfiyati va ish qobiliyati ana shu muomalaga
bogliq. Demak, deontologiya tamoyillari nafaqat tibbiyot
xodimlari, balki barcha kasbdagi kishilarga ham taalluqlidir,
chunki har qanday bemor tibbiyot xodimi bilan axloq-odob
doirasidagi harakatlarni, sozlarni ishlatishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy tibbiy muassasalar
paydo bola boshladi. Bu muassasalar bemorlarga pulli xizmat
korsatadi. Xususiy tibbiy muassasalarda xizmat qiladigan
tibbiyot xodimlari faoliyatida deontologiya masalasi, ayniqsa,
dolzarb hisoblanadi. Chunki ularga birlamchi murojaat qilgan
kishi ushbu dargoh, unda xizmat korsatuvchi xodimlar
togrisida oz fikr-mulohazalarini, baholarini berishadi.
Shuning uchun ham ularning faoliyatida xushmuomalalik
muhim orin egallaydi. Xushmuomala ichki madaniyat-
ning ifodalanish shakli, odamlar bilan muomala qilish shak-
lidir. Uning negizini kishining oz qadr-qimmatini bilishi
va boshqalarni hurmat qilish hissi tashkil etadi. Xushmuo-
mala boshqa odamlar bilan munosabatda va ogir-vazmin
bolishda, oz izzat-nafsini tiya bilishda, boshqalarning mayl
va istaklariga qarshi chiqmaslik, balki hurmat bilan qarashda
ifodalanadi.
Odob xulq-atvorning shartli ravishda qabul qilingan
qoidasi bolib, u odamning jamoat orasida ozini tuta
bilishidan dalolat beradi. Bularga ongli ravishda amal qilgan
odam boshqalarni hurmat qila oladi. Ularning istak-xohishini
tushuna oladi. Odob xulq-atvor borasidagi meyorni his
qilish demakdir. Bu xulq-atvor meyori kishilar bilan muno-
$"
sabatda ziyrak, ehtiyotkor va etiborli bolishga, faqat oz
nuqtayi nazaridangina ish korib qolmay, balki boshqa odam-
larning fikrini hisobga olib ish korishga asoslanadi.
ÒIBBIYOÒ XODIMLARI FAOLIYAÒIDA
DEONÒOLOGIYA MASALALARI
Hozirgi kunda tibbiyot amaliyotiga aholini soglomlash-
tirishning turli tadbirlari joriy qilinmoqda. Ayniqsa, «Soglom
organizm» uchun kurashuvchi «Lemon» dasturi oz tamoyil-
lari bilan boshqalardan ajralib turadi. Òibbiy amaliyotda
hamshiraning bajaradigan ishlar kolami shifokorlar baja-
radigan ishlar kolamidan kengroqdir. Lekin bu tadbirlarning
sifat darajasi qanday? Yakuniy samaradorligi yetarlimi? Faqat
buyurilgan muolajalarni bajarish bilan bemorning dardiga
davo topib bolmaydi. Buning uchun hamshira bemor psi-
xologiyasini, uning muolajagacha bolgan ruhiy holatini ba-
holay olishi lozim. Buning uchun hamshira deontologiya
tamoyillari haqidagi bilimlarga ega bolishi shart. U shifokor
bilan bemor ortasidagi ishonchli koprik bolishi zarur.
HAMSHIRA VA BEMOR ORÒASIDAGI
DEONÒOLOGIK MUNOSABAÒLAR
Hamshiralar kasalxonadan yoki poliklinikadan ishdan
qaytgandan song. «Shu bugun juda charchadim», «Juda kop
ish boldi» deya, toliqqanliklarini bildirishadi. Haqi-qatan
ham ishlari ogir, lekin xizmat joyidagi tartibsizlik charchoqqa
sabab bolishi mumkin. Venger olimlari hamshira faoliyati
boyicha bir necha onlab tadqiqotlar olib borib, ularni
charchatadigan asosiy omil bemorning injiqligi, his-tuyguga
berilishi, jizzakiligi sabab bolishiga amin bolishdi. Shuning
uchun ham Parasels: «Sevgi va gamxorlik» barcha dori-
darmonlardan afzaldir, deydi.
Ayrim hollarda hamshiralar bemorlarga gamxorlik,
xushmuomalalik qilib, ertasiga xayfsan olishadi. Chunki
bemorlardan qay biriga etibor kamaygan bolsa, osha bemor
shikoyat qiladi. Lekin u «men hamma ishni qildim-ku», degan
fikrda boladi. Haqiqatan yuzaki qaraganda shunday tuyuladi.
$$
ilmiy asoslangan, bemorning ehtiyojlariga xizmat qiladigan
professional hamshiralik yordamiga asoslangan faoliyat
hisoblanadi. Bunda bemorning hamshiraga bolgan ishonchi
muhim orin tutadi. Bemor hamshiraga ishonsa, bemor unga
ozining ichki kechinmalarini, gam-tashvishini aytadi. Yaxshi
hamshira esa undan oz yordamini ayamaydi. Hamshira bu
ishonchni oqlashi, bemor sirlarini saqlay bilishi muhimdir.
Kopgina hollarda hamshiralar bu fazilatga ega bolmaydi va
bemor sirini boshqa bemorlarga yetkazadilar. Natijada, bun-
day hamshiralarga bolgan ishonch yoqoladi.
Hamshira faoliyatida mish-mishlar, soxta malumot berish,
yomon va qopol ohangda gaplashish, bemor bilan hamshira
munosabatlarining buzilishiga olib keladi.
Bemorlarga hurmat bilan murojaat qilish, ularga namunali
xizmat korsatish bemor bilan hamshira ortasidagi muno-
sabatni yanada yaxshilaydi. Bunda bemorni tushunish, unga
etibor bilan qarash ham ozaro ishonchni mustahkamlaydi.
Zero, bemorning aqliy rivojlanganligi, bilimdonligi va shaxsiy
fazilatlarini hamshira ish jarayonida organib borishi muhimdir.
Shundagina har bir bemorga individual yondashish mumkin
boladi. Hamshira bemor dardini, ruhiy azoblarini his qila
olishi, uni ozida anglay bilishi hamshira faoliyatining yanada
mukamallashganligidan dalolat beradi.
Òibbiyot amaliyotida turli tavsifdagi hamshiralarni uchra-
tish mumkin. Ayniqsa, milliy urf-odatlarimiz hamshirala-
rimiz faoliyatida yaqqol aksini topadi. Ularda mehribonlik,
odamiylik, ozgaga hurmat hissi juda yuqori boladi. Quyida
shunday hamshiralarga misollar keltiramiz:
1. Vazifalarini mexanik bajaruvchi hamshira hozirgi
kunda eng kop uchraydigan hamshiralar sirasiga kiradi.
Bu hamshiralar barcha vazifalarni qoida boyicha aniq, oz
vaqtida sinchkovlik bilan bajarishadi. Lekin ozi tashabbus
korsatmaydi. Bemorning dardiga sherik bolish, uning his-
siyotlarini anglash ularga yot.
2. «Yodlab olingan rolni ijro etuvchi» hamshira. Bu hamshi-
ralar alohida etiborga loyiqdir. Ular bemorning oldida har
$&
VAZIYAÒLI PSIXOLOGIK MASALALAR
1-MASALA
On olti yashar Malika tahririyatga yollagan maktu-
bida quyidagilarni yozadi: «Ota-onam mening ahvolimga
tushunmaydilar! Ular meni yaxshi korishar emish, shuna-
qayam yaxshi koradimi?
Ular menga doim shubha bilan qarashadi, hamisha kim
bilan yurgan eding, qayoqqa bording deb sorashadi, xat-
larimni menga bildirmay oqishadi. Qachon qarasang uri-
shishadi. Besh baho olib kelgan kunim bir ogiz shirin
soz aytishmaydi, shunday bolishi kerak deb hisoblashadi,
mabodo uch baho olib qolsam bormi har doim janjal
boshlashadi! Nega uch olganimni sorab ham otirishmaydi.
Sokishdan toxtashmaydi. Xosh, shuning hammasini yaxshi
korishgandan qilishadi deb oylaysizmi?»
Savollar:
1. Malika bilan ota-onasi ortalaridagi ozaro nosoglom
munosabatlarning sababi nimada ekanligini tushun-
tirib bering.
2. Ota-onalar bilan bolalar ortasida soglom munosa-
batlar qaror topmogi uchun ota-onalar qanday shaxsiy
fazilatlarga ega bolishlari kerak?
2-MASALA
Òadqiqotlardan birida sinalayotgan talabalarga elektron
taxistoskop orqali 0,02 sekund ichida bir necha kishining
yuzi aks ettirilgan fotosuratlar korsatib, shu kishilarga tarif
yozish talab qilingan edi. Fotosuratlar birinchi marta korsa-
tilganida tadqiq etilayotgan kishilar osha suratdagi shaxslar-
ning faqat tashqi korinishlari asosidagina idrok etilgan axborot
asosida «erkin» tarif-tavsif berdilar. Fotosuratlarni takroriy
namoyish qilish vaqtida ularga izoh berib, bu «guruh yetakchisi
(starostasi)», uchinchi korsatishda esa bu «yaxshi ortoq»,
tortinchi safar korsatishda bular «alochilar» va nihoyat
$'
beshinchi marta korsatish vaqtida bu «qoloq» deb tariflab
turganlar.
Shu narsa malum boldiki, barcha hollarda sinalayotgan
kishilar bir odamning oziga, yani idrok etilayotgan obyekt-
ga har xil tarif berganlar, uni turli ehtiyoj va qobiliyatlarga
ega bolgan, oqishga, hayotga nisbatan bir xil munosabatda
bolmagan kishi sifatida tariflab berganlar.
Savollar:
1. Obyekt sifatida tanlab olingan kishilarga tarif berishda
sinalayotganlar shaxsiga xos qanday xususiyatlar hal
qiluvchi rol oynaganligini korsating.
2. Inson hayotida, uning voqelikni idrok etishida bu xusu-
siyatlar qanday ijobiy ahamiyat kasb etadi?
%
ÒALABA QUYIDAGILARNI BILISHI KERAK
1. Psixologiya tushunchasini izohlash.
2. Òibbiy psixologiyaning vazifalari.
3. Ruhiy holat, jarayon haqida malumot.
4. Òibbiy psixologiyaning amaliy ahamiyatini izohlash.
5. Òibbiy psixologiyada qollaniladigan sistema va usullarni
izohlash va qollash.
6. Bemor shaxsi, tibbiyot xodimlarining shaxsi, bemor
bilan hamshira ortasidagi munosabat, tibbiyot xodim-
larining ozaro munosabatlari.
7. Sezgilar haqida malumot bera olish.
8. Ong va uning fiziologik mexanizmi.
9. Sezgi va ong ozgarishlari.
10. Sezgi va ongi ozgarganlar bilan munosabatda bolish.
11. Bilim sohasiga kiruvchi tarkibiy qismlar.
12. Idrok va tasavvur tushunchalari.
13. Xotira va uning mohiyati.
14. Diqqat haqidagi malumotlar.
15. Òafakkur haqidagi tushunchalar.
16. Bilish sohasining turli-tuman kasalliklarda ozgarishi.
17. Emotsiya tushunchasini izohlay olish.
18. Kayfiyat, ehtiros, jazava tushunchalari.
19. Emotsiyaning butun organizm bilan bogliqligi.
20. Emotsiyaning ahamiyati.
21. Bemorning his-hayajon holatiga baho berish.
22. Emotsiyaning turli-tuman kasalliklarda ozgarishi.
23. Iroda haqidagi nazariyalar.
24. Iroda bosqichlari va sifatlari.
25. Òilak, xohish tushunchalari.
26. Istak intilish, tashabbus tushunchalari.
27. Irodaning turli kasalliklarda ozgarishi.
28. Shaxs va odam tushunchasi.
29. Xarakterning asosiy tushunchalari.
30. Mijoz turlari.
%
31. Shaxs togrisidagi nazariyalar.
32. Maslakning shakl va sifatlari.
33. Shaxs va kasallik tushunchasi.
34. Shaxs patologiyasi.
35. Bemor shaxsi va tushunchasi.
36. Bemorga ijobiy va salbiy tasir qiluvchi omillar.
37. Hamshira va bemor munosabatlari.
38. Òibbiyot xodimlarining taktikasi.
39. Psixogigiyena tushunchasini izohlay olish.
40. Psixogigiyenaning bolimlari.
41. Hamshira va shifokor psixogigiyenasi.
42. Psixoprofilaktika haqida malumotlar.
43. Psixoterapiya haqida malumotlar.
44. Ambulatoriyada bemorlar bilan munosabatda bolish
psixologiyasi.
45. Poliklinikada xizmat korsatish qoidalari.
46. Ambulatoriyada hamshiraning vazifalari.
47. Òerapevtik bemor psixologiyasi.
48. Somatik kasalliklardagi ruhiy ozgarishlar.
49. Bemor ruhiyatiga kasallikning tasiri.
50. Òurli terapevtik bemorlarni davolashda ruhiy taassurot-
larning orni.
51. Jarrohlik kasalliklariga uchragan bemorlar bilan
munosabatda bolish psixologiyasi.
52. Jarrohlikda bemorlarni ruhiy jihatdan tayyorlash.
53. Operatsiyadan oldingi va keyingi ruhiy ozgarishlar.
54. Yosh bolalar ruhiyatiga kasallikning tasiri.
55. Yoshiga qapab psixoprofilaktika ishlarini olib borish.
56. Akusher hamshiraning vazifalari.
57. Ginekologik bemorlar bilan munosabatda bolish.
58. Hayz davri psixologiyasi.
59. Frigidlik davri psixologiyasi.
60. Òuguruq davri psixologiyasi.
61. Deontologiya tushunchasini izohlay olish.
62. Deontologiyaning asosiy vazifalari.
63. Sorrogeniya va uning bemorga tasiri.
64. Yatrogeniya va uning bemorga tasiri.
65. Hamshiraning asosiy burchlari.
66. Hamshiraning axloq-odobi.
%
FOYDALANILGAN ADABIYOÒLAR
G.I. Ivanov. Umumiy psixologiya. T., «Oqituvchi», 1967.
À.À. Ãîðòàíîâ. Ïñèõîòåðàïèÿ. Ì., «Ìåäèöèíà», 1973.
Å.È. Ëèõòåíøòåéí. Ïîìíè î áîëüíîì. Ê., «Âûñøàÿ
øêîëà», 1978.
Í.Â. Êàíòîðîâè÷. Ìåäèöèíñêàÿ ïñèõîëîãèÿ. Ò., «Ìå-
äèöèíà», 1979.
Å.È. Ëèõòåíøòåéí. Ïîñîáèå ïî ìåäèöèíñêîé äåîíòîëîãèè.
M., «Âûñøàÿ øêîëà», 1980.
Õàðäè Èøòâàí. Âðà÷, ñåñòðà, áîëüíîé. Ïñèõîëîãèÿ ðàáîòû
ñ áîëüíûìè. Áóõàðåñò, 1981.
K.K. Platkov, G. Golubev. Umumiy psixologiya. T., «Oqi-
tuvchi», 1982.
Ì.È. Ðèáîëüñêèé. Èëëþçèè è ãàëëþöèíàöèè. Á., «Ïðîñ-
âåùåíèå», 1983.
ß.Ë. Êîëîìèíñêèé. ×åëîâåê, ïñèõîëîãèÿ. M., «Ïðîñ-
âåùåíèå», 1986.
V.F. Matveyev. Meditsina psixologiyasi, etikasi va deonto-
logiyasi asoslari. Ò., Abu Ali ibn Sino nomidagi nashriyot, 1991.
A.I. Shcherbakov. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixo-
logiyadan praktikum. T., «Oqituvchi», 1991.
H. Uzoqov, E. Goziyev, A. Òojiyev. Oila etikasi va psixologiyasi.
T., «Oqituvchi», 1992.
E. Goziyev. Psixologiya. T., «Oqituvchi», 1994.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy. Al-Jomi
As-Sahih. 4-kitob. T., Qomuslar Bosh tahririyati, 1997.
Abu Ali ibn Sino. Urjuza yoki 1326 bayt tibbiy ogit. T., Abu
Ali ibn Sino nomidagi nashriyot, 1999.
%!
MUNDARIJA
Sozboshi ............................................................................................3
Birinchi bolim
PSIXOLOGIYANING UMUMIY MASALALARI. ÒIBBIY
PSIXOLOGIYA ASOSLARI
I bob. Umumiy psixologiya tushunchasi.
Òibbiy psixologiya fani va uning vazifalari
Òibbiy psixologiyaning rivojlanish tarixi ...........................................7
Abu Ali ibn Sinoning psixologiyaga oid qarashlari ..........................9
Ruhiy hodisalarning klassifikatsiyasi (tasnifi) ................................. 14
II bob. Òibbiy psixologiyaning amaliy ahamiyati
Sorash va suhbat usuli .................................................................... 18
Ikkinchi bolim
RUHIY JARAYONLAR
I bob. Normal ruhiy jarayonlar va turli-tuman
kasalliklarda ularning buzilishlari
Sezgining buzilishi ........................................................................... 22
Òibbiyot xodimlarining sezgi jarayoni ozgargan
bemorlarni parvarishlashi ................................................................ 23
Ong normada va patologiyada ......................................................... 24
Ong faoliyatining patologiyasi ......................................................... 27
Oneyroid holat ................................................................................. 28
Amentiv holat ................................................................................... 28
Es-hushi kirarli-chiqarli bolib turadigan holat .............................. 28
Somnambulizm holati ...................................................................... 29
Ambulator avtomatizm holati .......................................................... 29
Depersonalizatsiya holati ................................................................. 29
Komatoz holat .................................................................................. 30
Òibbiyot xodimlarining es-hushi aynigan
bemorlarga munosabati .................................................................... 31
%"
II bob. Bilish sohasi. Idrok haqida malumot
Idrok patologiyasi ............................................................................ 31
Idrok etish va tasavvurning buzilishi ............................................... 34
Òibbiyot xodimining tasavvur va idrok patologiyasiga
uchragan bemorlarga munosabati .................................................... 36
Xotira jarayoni ................................................................................. 36
1. Esda olib qolish ........................................................................ 36
2. Esga tushirish ........................................................................... 38
3. Esda saqlash va unutish ........................................................... 38
Xotira turlari .................................................................................... 39
Xotira sifati ...................................................................................... 39
Xotiraning buzilishi ......................................................................... 40
Xotirasi buzilgan bemorlarga tibbiyot
xodimlarining munosabati ............................................................... 42
Norma va patologiyadagi diqqat ..................................................... 43
Diqqat patologiyasi .......................................................................... 44
Òafakkur haqida tushuncha .............................................................. 45
Analiz va sintez ................................................................................ 46
Òafakkurning sifatlari ....................................................................... 49
Xayol ................................................................................................. 50
Muloqot va uning jihatlari ............................................................... 51
Muloqot turlari ................................................................................. 53
Muloqot shakl (usul)lari ................................................................... 54
Psixologik tasir yonalishlari .......................................................... 55
Òafakkur va aqlning buzilishi ........................................................... 58
Nutq haqida malumot .................................................................... 61
Nutqning buzilishi ........................................................................... 63
Tibbiyot xodimlarining taktikasi ...................................................... 64
III bob. Emotsiyalar
Emotsiya haqida umumiy tushuncha .............................................. 64
Emotsiyalar patologiyasi .................................................................. 75
Iroda-harakat jarayonlari ................................................................. 77
Tibbiyot xodimining taktikasi .......................................................... 82
Shaxs muammolari ........................................................................... 84
Temperament va uning tuðlari ........................................................ 89
Xarakter psixologiyasi ...................................................................... 97
Qobiliyat va istedod ...................................................................... 101
Bemor shaxsi va kasallik ................................................................ 107
Hamshira va bemor ....................................................................... 108
%#
IV bob. Psixogigiyena va psixoprofilaktika
Yoshga oid psixogigiyena .............................................................. 111
Mehnat va talim psixogigiyenasi .................................................. 113
Òurmush psixogigiyenasi ............................................................... 114
Oila va jinsiy hayot psixogigiyenasi .............................................. 114
Jamoa hayoti psixogigiyenasi ........................................................ 116
Hamshira va shifokor psixogigiyenasi .......................................... 117
Psixoprofilaktika ............................................................................ 118
Psixoterapiya .................................................................................. 118
Maxsus psixoterapevtik uslublar haqida
umumiy malumotlar ..................................................................... 120
Uchinchi bolim
XUSUSIY TIBBIY PSIXOLOGIYA MASALALARI
Turli kasalliklarda bemor bilan munosabatda bolish .................... 132
Òerapevtik bemorlar bilan ishlash .................................................. 134
Jarrohlik klinikasidagi bemorlar psixologiyasi .............................. 137
Bolalar kasalliklarida bemorlar psixologiyasi ................................ 139
Doyalik va ginekologiyada bemorlar bilan
munosabatda bolish ....................................................................... 141
Leprozoriylar (moxovxona)da bemorlar bilan
munosabatda bolish ....................................................................... 145
Keksalik. Yoshi otgan bemorlarni parvarishlash .......................... 147
Ruhiy xastalar bilan munosabatda bolish ..................................... 152
Kasalxonadan tashqari yordam ..................................................... 153
Dorilar va boshqa vositalar bilan davolash .................................... 154
Farmakologik moddalarning inson psixikasiga tasiri .................. 155
Farmakologik moddalarning inson ruhiyatiga
qarab, har xil tasir qilishi ............................................................. 158
Tibbiyot deontologiyasi tamoyillari shakllanishining
qisqacha tarixi ................................................................................ 161
Tibbiyot xodimlari faoliyatida deontologiya masalalari ................ 164
Hamshira va bemor ortasidagi deontologik munosabatlar ......... 164
Vaziyatli psoxologik masalalar ....................................................... 168
Talaba quyidagilarni bilishi kerak .................................................. 170
Foydalanilgan adabiyotlar .......................................................... 172
F20
Do'stlaringiz bilan baham: |