birinchidan,
shartli qo‘zg‘ovchi mustahkamlanishi davom
etishidan qat’i nazar, shartli reflekslar so‘nishi darajasiga,
ikkinchidan,
qo‘zg‘ovchilarning kuchli yoki kuchsizligi bilan
shartli reaksiyaning hajmi orasidagi tafovutlarga,
uchinchidan,
asosiy qo‘zg‘ovchi sezgirligiga begona (notanish) qo‘zg‘ovchini
ijobiy (salbiy) ta’sir o‘tkazish darajasiga,
to ‘rtinchidan,
boshqa
ko‘rinishdagi yoki kuchlanishdagi qo‘zg‘alish jarayonlarining
kuchiga bog‘liq ekanligini m a’lum qiladilar.
M a’lumotlarning tahliliga binoan, tormozlanish (to‘xta-
lish)ning kuchi bilan nerv jarayonlarining muvozanatlashuviga
taalluqli shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari
turkumlari shunga o‘xshash usul yordami bilan kashf qilingan.
Shuningdek, B.M. Teplov ilmiy maktabining namoyandalari
tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslarning hosil
bo‘lish tezligini tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi
ham izohlab berilgan. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida
ifodalanuvchi nerv sistemasining notanish xususiyati dina-
miklik deb tavsiflangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor
faoliyatining bir guruh individual xususiyatlari qo‘zg‘alish
jarayoni to‘xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan
xususiyatni (yangi xislatni) labillik (ya’ni lotin.
labialis
—
beqarorlik) deb ataganlar. Shuning bilan birga ular nerv siste
masining boshqa xususiyatlari mavjudligi to‘g‘risida ilmiy tax-
minlarni ilgari surganlar, jumladan: senzitivlik, reaktivlik va h.k.
Yigirmanchi asrning 60—70-yillarida ushbu soha bo‘yicha
olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, temperament-
ning psixologik tavsifi bilan I.P. Pavlovning tiplari o ‘rtasida
aloqa hukm surishiga hech qanday shak-shubha yo‘q. Tempera-
mentga taalluqli nerv sistemasining tiplari ham insonga, ham
hayvonlarga tegishli bo‘lib, ular umumiy tiplar deb nomla-
92
nadi. Binobarin, temperamentning fiziologik asosi — bu nerv
sistemasining umumiy tiplari bo‘lsa-da, biroq I.P. Pavlovning
tiplari — bu nerv sistemasi xususiyatlarining tanho tipik birik-
masi emas ekan, chunki keyinchalik bu borada yangi birik-
malar topildi. Lekin ajratilgan tiplarning barchasi bir xil aha
miyatga molik emasligi tufayli ularning eng asosiylari kuchli
va kuchsiz tiplardan tashkil topadi.
Shunday qilib, asab tizimi bilan bog‘liq individual sifatlarni
bilish shart, chunki ular bevosita mehnat va o‘qish jarayon
larini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda
tashkil etishga xizmat qilib, asabga bog‘liq bo‘lgan tabiiy
xususiyatlarni ham umuman o‘zgarmas deb bo‘lmas ekan, chunki
tabiatda o‘zgarmaydigan narsaning o‘zi yo‘q. Masalan, V.S. Merlin
temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda
namoyon bo‘lishini boshqarish masalasida ko‘p ishlar qilgan,
uning fikricha, insonda mavjud bo‘lgan faollik, bosiqlik,
emotsional tetiklik, hissiyotlarning tezda namoyon bo‘lishi va
o ‘zgaruvchanligi, kayfiyatning turg‘unligi, behalovatlilik,
ishchanlik, yangi ishga kirishib ketish, malakalarning tez hosil
bo‘lishi kabi qator sifatlar asosida shaxsdagi o‘sha ekstraversiya
va intraversiya xossalari yotadi va ularni ham o‘zgartirish va shu
orqali temperamentni boshqarish mumkin.
Shulardan kelib chiqqan holda shaxsning mehnat qilish
uslubini tanlash va professional mahoratni o ‘stirishda ayni
shularga e’tibor bersa ularning faoliyat natijasi samarador ko‘r-
satkichga ega bo‘lishi kuzatiladi. Masalan, ba’zilar xoleriklarga
o ‘xshash qiziqqon, tezkor bo‘lib, ular mehnat jarayonida
faollik, ishni tez bajarishga layoqati ijobiy bo‘lsa, uning salbiy
tomoni ishni chala tashlab ketish xavfi, ba’zi tomonlariga esa
yuzaki qarashi kishini o ‘ylantiradi. Shu nuqtayi nazardan olib
qaralganda, hayotda sof temperament ham bo‘lmaydi va u yoki
bu temperament tipi juda yaxshi ham emas, har bir tipning
o ‘ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli,
ijobiy tomonlari ham bo‘ladi.
Shuni alohida ta’kidlab o ‘tish kerakki, psixik faoliyatning
dinamikasi, nafaqat, temperamentga, balki motivlarga, psixik
holatlarga, his-tuyg‘ularga ham bevosita bog‘liqdir. Hozirgi
davrda temperament tipi deganda, m a’lum insonlar guruhi
93
uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas,
balki m azkur xususiyatlarning qonuniy, zaruriy o ‘zaro
bog‘liqligi tushunilib, uning tipini tavsiflovchi xususiyatlarning
qonuniy tarzda o‘zaro bog‘liqligini turlicha aks ettirgan holda
yangi omillar mazkur tiplarning psixologik tavsifini qayta tahlil
qilishni taqozo etadi.
Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim
xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi mumkin:
1. Senzitivlik (lotin.
sensus
— sezish, his qilish m a’nosini
anglatadi) — insonda biron psixik reaksiyani hosil qilish uchun
zarur bo‘lgan o ‘ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab
mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo‘lishi
uchun kerak qo‘zg‘ovchining ozgina kuchi (ularning quyi
chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas
darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashishi
tushuniladi.
2. Reaktivlikda aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi
tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan
emotsional reaksiya qilishiga qarab munosabat bildirilib, uning
yorqin ro‘yobga chiqishi emotsionallik, ta’sirlanuvchanlikda
ifodalanadi.
3. Faollik — inson qandaydir faollik darajasi bilan tashqi
olamga ta’sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishida obyektiv
hamda subyektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan yengishidir.
4. Reaktivlik bilan faollikning o‘zaro munosabatida odamning
faoliyati ko‘p jihatdan nimaga bog‘liqligiga binoan, chunonchi
tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga,
favqulodda hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga,
xohish-intilishlarga ko‘ra, fikr bildirish nazarda tutiladi.
5. Reaksiya tempi — turli xususiyatli psixik reaksiyalar va
jarayonlarning kechishi tezligiga, binobarin, harakat tezligiga,
nutq sur’atiga, farosatlilikka, aql tezligiga asoslanib, xulosa
chiqarishdir.
6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik
(qotib qolganlik) — shaxsning o‘zgaruvchan tashqi taassurot-
larga qanchalik yengillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga
(silliqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-hara-
94
katlari qanchalik sust va zaifligi (rigidligi — qotib qolganligi)ga
nisbatan baho berishdan iboratdir.
7.
Ekstravertlik va intravertlik — shaxsning faoliyati va reaksiya
ko‘p jihatdan nimalarga bog‘liqligiga, chunonchi favqulodda
tashqi taassurotlarga (ekstravertlik) yoki, aksincha, timsol-
larga, tasavvurlarga, o‘tmish hamda kelajak bilan uyg‘unlashgan
mulohazalarga (introvertlik) taalluqligiga asoslangan holda
munosabat ifodasidir.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |