Temperament xususiyatlar aslida tug‘ma hisoblansa-da,
shaxsga bevosita aloqador va anglanadigan bo‘lgani uchun
ham m a’lum m a’noda dinamik ko‘rinishda bo‘ladi.
Shuning
uchun ham tug‘ilgan chog‘ida sangvinikka o‘xshash harakatlar
namoyon qilgan bolani umrining oxirigacha faqat shunday-
ligicha qoladi deb bo‘lmas ekan. Shu bois, har bir tempera
ment xususiyatlarini va uning shaxs tizimiga aloqasini bilish va
shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak.
Temperamentning fiziologik asoslari to‘g‘risida tushuncha
qadimgi yunon olimi Gippokrat ta ’limotiga binoan,
inson-
larning temperament xususiyatlari jihatidan o ‘zaro bir-biridan
tafovutlanishi ularning tana a’zolaridagi suyuqlik (xiltlar)ning
turlicha nisbatda joylashuviga bog‘liq ekan. Uning fikricha,
inson tanasida to ‘rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo‘lib, ular
o‘t yoki safro (yunon.
chole),
qon (lotin.
sanguis
yoki
sanguinis),
qora o‘t (yunon.
melas
— qora,
chole
— o ‘t), balg‘am (yunon.
phlegma)
kabilardan iborat bo‘lib, unga ko‘ra:
1)
o ‘tning xususiyati — quruqlikdir, uning vazifasi tana
a’zolarida quruqlikni saqlab
turish yoki badanni quruq
tutishdir;
2) qonning xususiyati — issiqlikdir, uning vazifasi tanani
isitib turishdir;
3) qora o ‘tning xususiyati — namlikdir,
uning vazifasi
badan namligini saqlab turishdir;
4) balg‘amning (shilimshiq moddaning) xususiyati —
sovuqlikdir, uning vazifasi badanni sovitib turishdan iboratdir.
Gippokrat ta ’limotiga muvofiq, har bir insonda shu to ‘rt
xil suyuqlik mavjud bo‘lib, uning bittasi ustuvorlik qilib,
mazkur aralashma (lotincha temperamentum)lardan qaysi biri
salmoqliroq bo‘lsa, shunga qarab insonlar temperament
jihatdan
farqlanadilar, chunonchi, xolerikda sariq o ‘t,
sangvinikda qon, melanxolikda qora o ‘t, flegmatikda balg‘am
(shilimshiq modda) ustun bo‘lishi ta’kidlanadi.
Gippokratning to ‘rt xil modda (suyuqlik)lar aralashmasi,
ya’ni temperament tushunchasi va uning tipologiyasi (sang-
vinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy m a’noda hozirgi
zamon psixologiyasida ham qo‘llanilib kelinmoqda. Tempera-
90
m entning ilmiy-psixologik asoslari va uning fiziologik
mexanizmlari keyingi ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning bosqich-
larida
ishlab chiqilib, bu borada izlanishlar davom ettiril-
moqda. Temperamentning fiziologik asoslariga o‘zining ulkan
hissasini qo‘shgan olimlardan biri rus fiziologi I.P. Pavlov
hisoblanib, u hayvonlarning oliy
nerv faoliyatini tadqiq
qilayotganida itlarda shartli reflekslarning paydo bo‘lishi,
kechishi, davom etishi xususiyatlari insonlarnikidan farq qilishi
va bu hodisa temperamentda ham uchrashi mumkinligini kashf
etadi. I.P. Pavlov temperament ham shartli reflektor faoliya-
tining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar
bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, degan xulosani berib, mazkur
ta ’limot bo‘yicha, shartli reflekslar paydo bo‘lishining indi
vidual xususiyatlari ro‘yobga chiqishining sabablari nerv
sistemasi xususiyatlari mohiyatidandir. Muallif nerv sistema-
sining uchta asosiy xususiyatiga alohida ahamiyat beradi:
1) qo‘zg‘alish jarayoni va tormozlanish (to‘xtalish) jarayo-
nining kuchi;
2) qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o‘rtasidagi
muvozanatlik darajasi (nerv tizimining muvozanatlashgani);
3) qo‘zg‘alishning tormozlanishi bilan almashinishi tezligi
(nerv jarayonlarining harakatchanligi).
Uning ko‘rsatishicha, har bir hayvonning temperamenti
ham mazkur xususiyatlarining u yoki bunisiga aloqador bo‘l-
may, balki ularning majmuaviy tarziga, qonuniy birlashuviga
bog‘liq bo‘ladi. I.P. Pavlov shartli reflektor faoliyatining in
dividual xususiyatlari bilan
temperamentga aloqador nerv
sistemasi xususiyatlarining o ‘zaro qo‘shiluvini nerv sistema-
sining tipi deb nomlaydi va uni to ‘rt tipga ajratadi:
1) kuchli,
muvozanatli, epchil;
2) kuchli, muvozanatsiz, epchil;
3) kuchli, muvozanatli, sust;
4) kuchsiz tip.
Yirik rus psixologlaridan biri B.M. Teplov (1896—1965) va
uning shogirdlari I.P. Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib,
inson nerv jarayonlari xususiyatlarining o‘ziga xos tomonlarini
ochishga muvaffaq bo‘lib, ular nerv-fiziologik jarayonlarning
nozik qirralarini o‘rganishda maxsus moslamalar yordami bilan
91
o‘zgarishlarni qayd qilish hamda olingan natijalarni (omilla-
rini) matematik statistika metodlari orqali hisoblashni tatbiq
etganlar. B.M. Teplov ilmiy maktabi namoyandalari tom o
nidan olingan m a’lumotlarga qaraganda, insonda hosil qili-
nadigan shartli reflekslarning ba’zi bir individual xususiyatlari
o ‘zaro uyg‘unlikka ega bo‘lib, ular o ‘zaro bog‘liq individual
xususiyatlar tizimi nerv sistemasining muayyan xususiyati
bilan tavsiflanadi. Jumladan, o ‘zaro bog‘langan xususiyatlar,
Download
Do'stlaringiz bilan baham: