TA’LIM SIFATINI OSHIRISH BO‘YICHA INNAVATSION LOYIHA
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifatini yaxshilash bo’yicha ko’plab qonun va qarolar qabul qilingan. Shulardan biriga e’tiborimizni qaratsak -O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining 41-moddasida ,,Har kim bilim olish huquqiga ega” deb takidlab qo’yilgan. Shunga e’tiboran yurtimizda tili dini va milltidan qat’iy nazar mustaqil bilim olish huquqiga egadir. Yurtimiz mustaqillikka erishganidan boshlab talim-tarbiyaga bo’lgan e’tibor alohida o’rin tutib kelmoqda. Shu jumladan umumta’lim maktablarida ta’limning izchil davomiyligiga e’tiborimizni qaratsak. Hozirgi kunga kelib umumta’lim maktablarida XXI asrga xos ravishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, bolalarga bilim va ko’nikmalar o’rgatilib kelinmoqda.
Dunyoning bir qator rivojlangan davlatlari tajribasiga tayangan holda yurtimizdagi umumta’lim maktablarida ham shu texnalogiyalar asosida dars jarayonlari olib borilmoqda. Xususan shu davrga kelib kompyuter texnologiyalariga bo’lgan talab toboro ortib bormoqda.
. Maktabda ta’lim-tarbiyag yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, darslar zamonaviy texnologiyalar yordamida o’tiladi. Mening ta’lim sifatini oshirish bo’yicha takliflarim quyidagilardan iborat:
Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik xonasini zamonaviy kompyuter texnologiyalari va qurol- aslaha bilan ta`minlash zarur.
O‘quv xonalarini nafaqat videopraektorlar balki audio eshitish moslamalari bilan taminlash zarurdir. Bu texnologiyalar yordamida o’quvchilar chet tillarini o’rganishlari osonroq kechadi.
Maktablarni eng so’ngi zamonaviy texnologiyalar bilan taminlash va shu texnologiyalar yordamida darslarni o’z vaqtida o’tish.
Haftasiga bir marta bo’lsa ham buyuk bobolarimizning qilgan ishlari, yozgan asarlari va boshqa qilgan buyuk ishlari to’g’risidagi video kurslarni tashkillashtirishimiz kerak.
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TARBIYANI TO’G’RI YO’LGA QO’YISH BO’YICHA INNAVATSION LOYIHA
O’zbekiston respublikasida ta’lim va tarbiyaga bo’lgan e’tibor yildan-yilga kuchayib bormoqda. Shu jumladan ta’lim va tarbiya bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki tarbiya, axloq-odob bo’lmagan joyda ta’lim yaxshi yo’lga qo’yilmaydi. Ta’lim jarayonlarini loyihalash-muammoli o’qitish metotiga tayanishi istiqbollidi. Ta’lim jarayonini loyhalash zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarga, eksperimental psixologiya tayanuvchi, muammoli ta’lim esa an’anaviy o’qitish metodikasiga asoslanadi. Ta’lim jarayonlarini loyihalash bevosita muammoli ta’limni qo’llashga va muammoli ta’lim talimini loyhalashga olib keladi.
Demak ta’limning innavatsiyalanishi – ta’limning ilmiy bilimlar, ilmiy metodologiya va innavatsiyalarning rivojlanuvchanligiga asos bo’ladi.
Yosh avlod istiqboli yo’lida ko’rsatilayotgan e’tibor yurtimiz o’g’il- qizlarini sog’lom va barkamol, dunyoda hech kimdan kam bo’lmagan insonlar etib tarbiyalash, huxta va mukammal bilim berishdek ezgu maqsadlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo’llab quvvatlash, ijodiy-intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish jarayonida o’quvchiyoshlarning ta’limidan bo’sh vaqtini to’g’ri, unimli va samarali tashkil etish, ularni o’z orzu-intilishlari, qiziqishi va layoqati bo’yicha kasb-hunarga muttasil yo’naltirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlogdni jismonan barkamol etib tarbiyalash bolalar badiiy ijodiyoti va sportni ravnaq toptirish, yozgi ta’til davrida turli fan, badiiy ijodiyot, sport- sog’lomlashtirish to’garaklariga keng jalb etish maqsadga muofiqdir.
Demak maktablarda ta’lim sifatini oshirish uchun, avvalo, - har dars mavzulari fanlar kesimida proyeksion ko’rgazmali vositalar yordamida olib borilishi kerak. Buning uchun bu texnik vositalar alohida siniflarda joylashgan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |