Mashg`ulotning borishi
1. Ilg’or pedagogik tajribalarni organish va umumlashtirish yuzasidan fikr yuritiladi. Pedagogik tajriba to’plashda pedagogik va psixologik nazariyalarning ahamiyatiga alohida e`tibor qaratiladi. O’qituvshi olib boradigan ilmiy-pedagogik izlanishlar va bunday izlanishlarning samarasini baxolash mezonlari (yangiligi, muximligi, nazariy va amaliy axamiyati) , amaliy faoliyatda ilmiy goyalar va pedagogik tajribalardan samarali foydalanish kabi masalalar tahlil etiladi.
Asosiy tushunshalar: psixologik-pedagogik nazariya, pedagogik ma`lumot, ilgor-pedagogik tajriba, ilmiy-pedagogik izlanish, faoliyat tizimi.
21-asr talabiga kura o`qituvchilarni tayyorlash tizimini zamonaviylashtirishning umumiy tomonlari:
-o`qituvchilarning asosiy kismini oliy ta’lim, universitetlar tayyorlay boshladi, bu esa o`qituvchilar kasbini boshqa mutaxassislar darajasiga ko`tarib, ularning jamiyatdagi rolini oshirishga olib keladi;
-pedagogik ta’limning ko`p satxli va variantligiga o`qituvchilar va boshqa mutaxassislar turli davomiylikda tayyorlana boshlandi (bakalavr, mutaxassis, magistr);
-pedagogik ta’limda umumta’lim kismlarini kuchaytirish. Ukituvchi o`zining murakkablashgan funksiyalarini bajarish uchun ko`p tomonlama va yuqori bilimli, ruxan boy, inson tabiatini utkir sezuvchi inson bulishi shart.
-boshqa yunalishdagi mutaxassislarni ham o`qituvchilikka tayyorlash va xokazo.
Umumlashgan xolda bulajak o`qituvchilar shaxsiga ko`yiladigan asosiy talablar: kasbiy bilimdonlik, intellegentlik, ma’naviy barkamollik.
2.Хozirgi davrda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish keskin kuchayganligi uchun ham o`qituvchiga va ham o`quvchiga juda katta va turli-tuman axborot texnologiyalari bilan ishlashga to`g`ri kelganligidan ularning asosiylarini yuqori bilim va akl idrok bilan ajratib olish zarur. Shuning uchun o`qituvchilar mehnati va bilimini tashkil kilish uchun kuyidagilar zarur:
1. Bulajak pedagogning birgina axborot texnologiyalari muxitida ishlashga tayyorgarligini tashkil etish. Bu muammoni axborot texnologiyalarini bilish va ulardan o`quv jarayonida foydalanish ma’nosida qarash mumkin.
2. Pedagogning fikrini jamlash, vaktini tejash hamda o`qitish metodikasini tashkil etishga imkon beruvchi yagona axborot tizimiga yakinlashtirish.
3. Axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’lim berishga tayyorlanish va utish. Bunday utish o`quv kurslarini axborotli-kompyuterli xolga utkazishni kuzda tutadi.
4. Birlashgan axborot xajmidagi o`quv jarayonining dasturiy-metodik ta’minlanishini tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |