Mashg`ulotning borishi
Kompetensiya (lotincha competo- loyiq, mos, munosib degan ma’nolarni bildiradi) hamda quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 1) mustaqil davlat organi yoki mansabdor shaxsning qonun, ustavda belgilangan vakolatlari, huquq burchlari doirasi 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba, mahorat.
Kompetensiya-sohaga oid bilim, ko’nikma, malaka, qarashlar majmui, shaxsning qadriyati va sifatlari, kvalifikatsiyaning namoѐn bo’lishi ѐki ta’sir ko’rsatish qobiliyati.
Kompetentlik-muayyan lavozimga mos o’z kasbining mohir egasi bo’lgan shaxsga xos sifat.
Inglizcha “competence” tushunchasi lug’aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi.
Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |