7- topshiriq. Muammoli vaziyatni yeching
O’qituvchilar o’rtasida bahs-munozara boshlandi. Ulardan biri, yosh, tajribasiz o’qituvchi tajribali o’qituvchiga taqlid qilishi, uning ish tizimidan nusxa olishi kerak desa, boshqalari esa, taqlid qilish shaxsiy takomillashuvga xalaqit beradi deb uqtirdilar, chunki, mahorat faqatgina shaxsiy tajriba orqali keladi. Kimning nuqtai nazariga qo’shilasiz va nima uchun? O’zingizni shaxsiy fikringizni taqdim eting.
2. SEMINAR MASHG`ULOTLARI
1-mavzu:
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM TIZIMI. «TA`LIM TO’G’RISIDA»GI QONUN VA «KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI» MOHIYATI. PEDAGOGLIK KASBI VA UNING VAZIFALARI
Reja
Ta’lim-tarbiya sohasida islohotlar o’tkazish zarurligi.
«Ta’lim to’g’risida»gi qonun, uning tuzilishi, mohiyati.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsad, vazifalari, uni ro’yobga chiqarish bosqichlari. Kadrlar tayyorlash milliy modeli.
«Ta’lim to’g’risida»gi qonun va milliy dastur asosida ta’lim tizimi va turlari. Ta’lim sohasidagi islohotlarning borishi.
Pedagoglik kasbi va uning vazifalari
Do'stlaringiz bilan baham: |