Davlat tilida ish yuritish fanining predmeti va vazifalari
Tashkilot jamoasining rivojlanishida iqtisodiy faoliyat muhim o’rin tutsa ham,
unga ijtimoiy muhit, ma’naviy, mafkuraviy, madaniy, siyosiy sohalar katta ta’sir
qiladilar. SHuning uchun ham jamoaning rivojlanishi yuqorida keltirilgan sohalardan
ajralgan holda qarash imkoni yo’q.
Tashkilot jamoasining a’zosi madaniyatli, ma’lumotli, siyosiy, kasbiy etuk bo’lsa,
ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishda tashkilot yuqori yutuqlarga erishadi. CHunki
bunday xodim tafakkur qila bilishi va o’z tafakkurini to’g’ri, aniq, chiroyli ifodalay
bilishi, tilning grammatik, so’z va orpoepik me’yorliriga rioya etishi bilan tashkilot
samarasiga ijobiy ta’sir etadi.
O’ylab ko’raylik, har bir xodim mustaqil ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish)
faoliyatini boshlar ekan, turli-tuman hujjatlar yozishiga to’g’ri keladi.
Ish yoki faoliyat qog’ozlarini yoza bilish-olingan bilimlarni amaliy hayotga
bevosita qo’llash demakdir.
Ish hujjatlarisiz na biror tashkilot, na biror korxona (muassasa) faoliyat ko’rsata
olmaydi.
Ish yuritish - kishilarning uzoq ish va mehnat munosabatlari jarayonida tarkib
topgan muayyan shakl va izchilikda tuzilgan yoki yozilgan hujjatlardir.
Tashkilotlardagi ish yuritishni ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) faoliyatiga
muvofiq tashkil etish tashkilot iqtisodiyotini boshqarish sohasida muhim o’rin tutada va
o’ta katta ahamiyatga egadir. Yirik hujjatshunos A.S.Golovach shunday ta’kidlaydi:
“Boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni soha
xodimlarining ko’pchiligida nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo’shligidir, ular
tashkilot, korxona va muassasalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo’riqlari,
usullari va yo’llari majmuini etarli darajada bilmaydilar
6
“Ba’zan hujjatlarga jiddiy
munosabatda bo’linmaydi, unga shunchaki bir qog’ozbozlik, nokerak va ortiqcha bir ish
sifatida qaraladi. Bu albatta, nomaqbul munosabatdir. Mukammal va oqilona tashkil
etilgan hujjatchilik har qanday tashkilotdagi ish yuritishning asosi ekanligini bugungi
kunda isbotlab o’tirishning mutlaqo hojati yo’q.
Ma’lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun
xizmat qiladi, demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur, bu tildir.
YUqorida bir qadar ixcham shaklda sanab o’tilgan tadbirlar, tasdiqlangan hujjatlarning
Davlat yagona nusxalarining barchasi, tabiiyki, rus tilidagi hujjatlar uchun taalluqlidir.
O’zbek tilidagi hujjatchilik yuzasidan bunday ishlar mutlaqo amalga oshirilmagan.
To’g’ri, rus hujjatshunosligidagi juda ko’plab tartibotlarni o’zbek tilidagi hujjatlarga ham
tatbiq etish mumkin, lekin barchasini emas. Albatta, bunda til qonun-qoidalariga rioya
qilish kerak. Masalan, o’zbek tilida bitilgan hujjatlarda sana raqam qilinar ekan, ya’ni,
“12 oktyabr 1998 yil” tarzida yozish rus tilidan ko’chirish oqibatida odat bo’lib qolgan.
Rus tilida “12 oktyabr 1998 goda” tarzda yoziladi va rus tilining tabiati va
qonuniyatlariga to’la muvofiq keladi. Ayni iboraning o’zbek tilidagi ma’nosi ham aslida
“1998 yilning 12 oktyabri” demakdir. Bu oddiy misol. So’z qo’llash bilan bog’liq juda
ko’p muammolar borki, ularni faqat ayni til tabiatidan kelib chiqib hal qilmoq lozim.
Aksincha yo’l tutish, biron-bir darajada bo’lsin, o’zini oqlay olmaydi.
YAngicha ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) va boshqaruv sir-asrorlarni tahlil
qilishda hujjatlardagi axborotlar, ilmiy-texnika axboroti, kibernetika (turli mexanika,
elektr, fiziologik va boshqa jarayonlarni avtomatik ravishda boshqarish va nazorat
qilishning matematik usullariga asoslangan umumiy nazariyasi), EHM kabilar katta
ahamiyatga ega. Agar tashkilot ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan
aloqa buzilsa, tashkilotning faoliyat qurishi havf ostida qoladi. SHu bois hujjatlardagi
axborotlar mazmunli, tartibli, sifatli va to’liq bo’lgandagina tashkilot o’z faoliyatini
bekami-ko’st boshqara oladi. CHunki axborotlar muvofiq tarzda qayta tashkil qilinsa va
ishlov berilsa, kommunikativ aloqalar paydo bo’lsa, tashkilot faoliyatini samarali
tashkil etish ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |