Умк иш юритишдекаб+++



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/134
Sana01.02.2022
Hajmi1,22 Mb.
#424701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Bog'liq
davlat tilida ish yuritish

Hujjatlashtirish deganda biror kimsa yoki narsa haqidagi fikrni yozib, hujjat 
holiga keltirish, rasmiylashtirish tushuniladi. 
Ish yuritish - bu korxonalarning o’z funktsiya va vazifalarini bajarish davomida 
hujjatlar ustida olib boradigan ish usullari va jarayonlari majmuasidir. Bu jarayon 
xujjatlashtirish, ular ustida ishlash usullarini o’z ichiga oladi. 
Ishlab chiqarishni boshqarishda foydalaniladigan axborotlarning eng muhim 
shakli- bu yozma axborot , ya’ni xujjatdir. Xujjatli axborot ishlab chiqarishni 
boshqarishning barcha jarayonlariga singib ketadi. Xujjatlarsiz boshqarishning bironta 
ham funktsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshmaydi. Barcha boshqarish xodimlari u yoki bu 
tarzda xujjatli axborotni qayta ishlashda band bo’ladilar. Mutaxassislarning anchagina 
qismi (biznes rejani tuzuvchilar, iqtisodchilar, buxgalterlar, statistlar, konstruktor-
injenerlar, kotibalar va hokazolar) uchun esa bu ish ular mehnatining asosiy mazmunini 
tashkil etadi. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o’rxun-enasoy, sug’d, 
eski uyg’ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko’plab hujjatlar, umuman yozma 
manbalar ma’lum. 
SHarqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, 


tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. YOrliqlar 
mazmunan xilma-xil bo’lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h.k. Bu 
o’rinda To’xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli YAgayloga yo’llagan yorlig’i, 
Temur Qutlug’ning 1397-yildagi yorlig’i, Boburning otasi Umarshayx Mirzoning 
marg’ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig’i
2
, Toshkent 
hokimi YUnusxo’janing 1797 yil 2-iyunda Peterburgga-Rossiya podshosiga o’z elchilari 
orqali yuborgan yorlig’i
3
va boshqalarni eslab o’tish mumkin. 
Mazkur davr yorliqlarida o’ziga xos lisoniy qolip shakllangan, yorliqlar matn 
jihatidan an’anaviy tarkibiy qismlarga ega bo’lgan. Masalan, eslab o’tilgan yorliqlarning 
birinchisi - “To’xtamish so’zim Yagaylaga” deb, ikkinchisi - “Temur Qutlug’ so’zum” 
deb, uchinchisi esa -“Sultan Umarshayx Baxodur so’zim” deb boshlangan. Bayonda ham 
muayyan qolip bor, shuningdek, albatta, yorliq raqam qilingan sana va joy ko’rsatilgan 
XIX asrda Qo’qon xonligidagi keng tarqalgan hujjatlardan biri “patta”lardir.
55
Pattada 
ma’lum kishiga muayyan miqdordagi pul, mahsulot, don yoki boshqa narsalarni berish 
lozimligi haqidagi ma’lumot aks ettirilgan. Patta matnlarida ham o’ziga xos doimiy tarkib 
va muayyan nutqiy qolip turg’unlashgan. Umuman, o’tmish hujjatlaridagi muayyan 
turg’un tarkib va nutqiy qolip o’zbek (turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy 
takomil mahsuli ekanligining dalilidir. 
O’zbekiston Respublikasida ham hujjatlarni rivojlanishiga etarli e’tibor 
berilmoqda. O’zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo’mitasi 1924 yilning 31 dekabrida 
48-raqamli muhim bir qaror qabul qildi. Bu qarorning nomi quyidagicha ifodalangan: 
“Ishlarni o’zbek tilida yurgizish ham O’zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo’mitasi 
huzurida markaziy erlashtirish hay’ati va mahallalarida muzofot erlashtirish hay’atlari 
tuzilish(i) to’g’risida”. Ushbu qaror, unda ta’kidlanishicha, sho’ro idoralarining ishlarini 
mahaliy xalqqa yaqinlashtirish va ishchi-dehqonlarni sho’ro tuzilish ishiga aralashtirish 
maqsadi bilan qabul qilingan. 
Bu qarorni joriy qilish yuzasidan, tabiiyki, muayyan ishlar amalga oshirila 
boshladi, xususan, maxsus ish qog’ozlari tayyorlandi. Lekin 1930-yillarning ikkinchi 
yarmidan boshlab o’zbek tiliga bo’lgan e’tibor rasman susayib borgan. O’sha murakkab 
tarixiy jarayon, xalqlarning milliy o’zliklarini anglashlaridan hokimiyatning dahshatli 
darajadagi qo’rquvi, bu qo’rquv hukmron bo’lgan qatag’on davrining achchiq samarasi 
bugun hech kimga sir emas. 
Aytish lozimki, yaqin o’tmishimizda barmoq bilan sanarli miqdordagi hujjatlar 
o’zbek tilida yozilgan. Ammo bu hujjatlarning tilini sof o’zbekcha deb aytish ancha 
qiyin. YAqin-yaqinlargacha “Berildi ushbu spravkani falonchievga shul haqdakim, 
haqiqatan ham bu o’rtoq shul joyda yashab turadi” qabilidagi 20-yillarda rus tilidan 
andoza olish tufayli tamoyilga ma’lumotnomalar yozib kelindi. Umuman, o’zbek 
hujjatchiligining boy va uzoq tariximizning ilk bosqichlaridan ibtido olgan an’anasi 
mavjud bo’lsa-da, Oktyabr inqilobidan keyin jumhuriyatimizda hujjatchilik bevosita 
o’zbek tili negizida rivojlantirilmadi. Bu sohadagi asosiy yo’nalish nusxa ko’chirishdan 
iborat bo’lib qoldi. Ana shuning va boshqa bir qancha omillarning oqibati natijasida 
o’zbek tilining rasmiy ish uslubi deyarli takomil topmadi. O’zbek tiliga davlat maqomi 
berilgan bugungi kunda o’zbek tilida mukammal hujjatchilikni yaratish eng dolzarb 
vazifadir. 



Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish