Umarov B. M. Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori



Download 49 Kb.
Sana12.10.2019
Hajmi49 Kb.
#23392
Bog'liq
MAQOLA.TEMUR

Umarov B.M.

Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professori,

psixologiya fanlari doktori

Maratov T.G‘

psixologiya mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

KOMIL INSON MUAMMOSINI XORIJDA O‘RGANILISHI

Komil inson g‘oyasi necha ming yillardan buyon insoniyat taraqqiyotining asosiy omili bo‘lishi bilan bir qatorda zamonaviy jamiyatning dolzarb muammolarini bartaraf etuvchi kuchdir. Shu boisdan ham komil inson g‘oyasini har tomonlama tadqiq qilish talab etiladi. Ko‘p asrlar davomida bu g‘oya olimlarni, faylasuflarni qiziqtirib kelgan hamda ommaning ongida yuqori darajadagi qobiliyatlarni egallagan inson qiyofasida shakllangan. Komil inson g‘oyasi ideal orientatsiya, hayot mohiyatini to‘la anglash, jamiyatning orzusi, har tomonlama mukammallik, yaxlit va yagonalik, gumanizm (boshqalarga nisbatan mehr -shavqat)ning belgisi hisoblangan. Komil inson haqida yagona bitta qarashning o‘zi yo‘q. Dastlabki davrlarda bu g‘oya diniy qarashlar hamda “xudo” obrazini gavdalantirish ta’siri ostida shakllangan.

Qadimgi Gretsiyada komil inson jismoniy baquvvat, odob-axloq va aqliy jihatdan mukammal, shuningdek, o‘sha davrning qahramonlari qiyofasida tasavvur etilgan. O‘sha davrda har bir faylasufning komil inson haqida o‘z qarashlari mavjud bo‘lgan. Shunday qarashlardan biri Suqrotga tegishli bo‘lib, uning fikriga ko‘ra komil inson birinchi navbatda intizomli fuqaro bo‘lishi, jasur va chidamli askar bo‘lishi, odamlar bilan muloqotda ochiq va quvnoq bo‘lishi, baxs munozaralarda muntazam ishtirok etib borishi va shu kabi boshqa sifatlar bilan tushintirgan. 1

Yevropa falsafasida komil inson g‘oyasi Nitshe falsafasiga borib taqalalib, uning “Zaroastr shunday degan” asarida keltirilgan “Ubermensch” tushunchasi bilan bog‘lanadi. Zaroastr obrazi orqali faylasuf komil inson shaxsiyatini shakllantiradi. Faylasuf insonlarni jamiyatdagi axloqiy ustanovkalarini, qadriyatlarini tanqid ostiga olib, komil insonga ergashish orqali turli xil axloqiy cheklovlardan qutilish yo‘lini taklif etadi. Nitsheni qarashlariga ko‘ra, insoniyat komillik darajasiga ko‘tarilishi uchun mavjud qadriyatlar tizimidan hamda xristianlik g‘oyalaridan voz kechishi kerak bo‘ladi.2 Faylasuflar tomonidan ilgari surilgan komil inson haqidagi qarashlar ko‘plab baxs munozaralarga sabab bo‘lgan.

Evolutsiya va futurologiya bilan shug‘ullanuvchi olimlarning fikriga ko‘ra komil inson bu- evalutsiya natijasida insonning jismoniy va ruhiy dunyosida shakllanuvchi imkoniyatlarining mahsulidir. Ularning tasavvurlariga ko‘ra komil inson yuqori motivlarni boshqarishi, oliy ehtiyojlarni ya’ni bilim olish, ijodkorlikni rivojlantirishi, go‘zallik va haqiqatni fahmlay olishi kerak. Ushbu tasavvurlardan shunday xulosa qilish mumkinki, komillik har bir insonning shaxsiyatida yotuvchi yashirin imkoniyat bo‘lib, shaxsning o‘zi komillikka erishishi yoki unga yeta olmasligi mumkin. 3

So‘nggi o‘n yillikda komil inson g‘oyasi haqidagi qarashlar ancha faollashdi. Turli xil konsepsiyalarning paydo bo‘lishi nafaqat Nitsshe g‘oyalarini o‘rganilishiga shu bilan bir qatorda yangi yo‘nalishlarga ham e’tibor qaratilishiga sabab bo‘ldi. Ana shunday yo‘nalishlardan biri Transgumanizm bo‘lib, u S.N. Korsakov va D. Xaksli tomonidan taklif etilgan falsafiy konsepsiyadir. Transgummanizm inson umri davomiyligini uzaytirishni, turli xil kasalliklarni, xavf-xatarlarni bartaraf etishni, insonning aqliy va jismoniy imkoniyatlarida oqilona foydalanish orqali uning yutuqlarini fan-texnika rivojiga yo‘naltirishni tavsiya etadi. Ushbu yo‘nalishning tarafdorlaridan bir “Abolitsionizm” bo‘lib, u inson imkoniyatlarini yanda kengaytirishni taklif etadi. Oxirgi paytlarda komillik so‘zi “Bajarilgan”, “Kashf etilgan” tushunchalari bilan almashtirilgan holda qo‘llanilmoqda. Hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab insonni barcha imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish mumkin bo‘lgan turli xil robotlar, “Androidlar”, sun’iy intellekt, kompyuter dasturlarini yaratish tendensiyasi kechmoqda. Demak zamonaviy olam ilm fani super insonni yaratish bilan band biroq ular insonning faqat texnik tomonlarini yaratishmoqda unga muqobil variantlarini taklif etishmoqda, biroq ularning hech birlari insonning gummanistik olamini, ma’naviyatini, madaniyatini shakllantirishni uddalay olishgani yo‘q. Shu boisdan ham komil inson g‘oyasi o‘zining dolzarbligini hech qachon yo‘qotmaydi.

So‘nggi yillarda yuqoridagi yo‘nalishlardan farqli o‘laroq yana bir yangi “nosferali inson” yo‘nalish shakllangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishning ilmiy asosi N.Fedorov, V.Vernadskiy, P.Tyayer de Shardenom tomonidan ishlab chiqilgan. Vernadskiy fikriga ko‘ra, inson planetar borliq sifatida noosferada faol ishtirok etib, o‘z atrofida yangi svilizatsiyani shakllantiradi. V.Vernadskiy, shuningdek, ushbu sferani insonlarni ratsional boshqarish, insonlarning jamoaviy onggi orqali yaratilgan shaxsiyatning ijodiy g‘oyasi hamda ma’naviyatni shakklantirishga qaratilgan insonlarning ratsional hatti harakati deb nomlaydi. Binobarin, har bir insondagi fikrlash, g‘oya, ijodkorlik, ma’naviy quvvat noosferani shakllantirishda ishtirok etadi. 4 Shu o‘rinda alohida aytish joizki, komillikning asosiy kategoriyasi sifatida insonning zohiriy sifatlari ya’ni uning jismoniy quvvati, imkoniyati va boshqa xususiyatlari birlamchi emas, ular insonni mutlaqo komillik darajasiga olib chiqa olmaydi balki uning botiniy olami ya’ni ma’naviyati, ruhiy olami, tafakkuri uning mukammaligini namoyon etadi. Ammo komillikning barcha elementlari hali hanuz ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda. Bu muammo hali hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.

G‘arb ilm-fan taraqqiyotida komillik masalasiga turli xil fan doirasi vakillari tomonidan tadqiqotlar olib borilgan bu holat bugungi kunda ham izchil davom etmoqda. Bu o‘rinda psixolog olimlarning komillik haqidagi qarashlari ham tadqiqotni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shaxsni o‘raganish, uning imkoniyatlarini baholash masalasida ko‘plab nazariyalar, maktablar shakllangan va ularning o‘rtasidagi baxs munozaralar bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda.

Mashxur psixolog olimlar Karina Xorni hamda Alfred Adler komillikka intilishni insonni bosh motivlar asosida harakatga undovchi faktorlardan biri deb tushintirdilar. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, jismoniy yoki insonning boshqa nuqsonlari insonni rivojlantirish uchun nooadatiy energiyani ishlab chiqaradi, yuqori darajadagi “kompensatsiya” orqali boshqa a’zolarini mukammal ishlashini ta’minlaydi. Karina Xornining ta’kidlashicha, har bir insonda har doim mukammallikka intilish jarayonida nevrotik holatlarni ifodalovchi sabablar bo‘ladi. Ular insonni o‘zini va atrofdagilarni qanday bo‘lsa shunday qabul qilishga halaqit beradi, erishib bo‘lmaydigan narsalar bilan uni band qilib qo‘yadi.

Gummanistik psixologiya vakillari komilikka intilishni “Samoaktualizatsiya” – insonni shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini ruyobga chiqarishga intilishi bilan izohlashadi. Faqatgina “Samoaktualizatsiya” insonni tamoman ozodlikka chiqaradi, shuningdek, ijod bilan shug‘ullanishga ham imkoniyat yaratadi. Rollo Meyning so‘zlariga ko‘ra, ijod har doim o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rish (ego) bosimi ostida bo‘lishi mumkin emas. Haqiqiy komillikka erishish uchun inson o‘ziga qaratilgan bosimlardan holi bo‘lishi, ichki olamiga nazar solmasdan ijod qilishiga ruxsat berilishi, uning ishlarini ijod faktorlari (etirof etish, baholash, qiyoslash) bilan bog‘lanmasligi zarur.5

Qadimiy sharq xalqlarida komil inson ta’limoti g‘arbdagidan ko‘ra kuchliroq darajada ifodalanadi. Hinduiylik ta’limotiga ko‘ra, oliy absolyut borliq bu – Braxman bo‘lib, qolgan barcha ruhlar uning qismalari (Atman ) hisoblanadi. Shuningdek, hinduiylik ta’limotida komillik insonning din va jamiyat oldidagi inkor etib bo‘lmaydigan majburiyati – dxarmani bajarish bilan ham izohlanadi.

Yuqoridagi ta’limotlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, komillik masalasi bu- butun olamning, jamiyatlarning masalasi. Har bir davrda, har bir jamiyatda unga ehtiyoj bo‘lgan va insonlarni bu masalada fikr mulohaza yuritishga chorlab kelgan.



1 Бернацкий. В.О. Философия: Конспект лекции. М.: 2008. 218-219 с.

2 Ницше, Ф. Сочинение: в 2 т. Т. 2 / Ф. Ницше // пер. К. А. Свасьян. - М.: Мысль, 1990. -829 с.


3 Маслоу, А. Г. Дальние пределы человеческой психики / А. Г. Маслоу // пер. А. М. Татлы-баевой / под ред. Н. Н. Акулиной. - СПб. : Евразия, 1997. - 430 с.

4 Вернадский, В. И. Несколько слов о ноосфере /В. И. Вернадский // Философские мысли натуралиста. - М. : Наука, 1988. - 520 с.

5 Г. В. Иванченко. «Идея совершенства в психологии и культуре» Смысл; М.; 2007. 6-7 c.

Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish