Umaraliyeva Nilufarning "Issiqlik dvigatellari. Bug` turbinasi."



Download 55.08 Kb.
Sana27.06.2017
Hajmi55.08 Kb.


Olmaliq shahar 20-umumta`lim maktabi

fizika-matematika fani o`qituvchisi

Umaraliyeva Nilufarning “Issiqlik dvigatellari.

Bug` turbinasi.” mavzusida tayyorlagan

1 soatlik dars ishlanmasi.

j0195384

Mavzu:

Ichki yonuv dvigateli.Bug` turbinasi.

Maqsad:

Ta`limiy: O`quvchilarga issiqlik dvigateli,uning turlari,ishlash prinsipi haqida ma`lumot berish,ularni ichki yonuv dvigateli va bug` turbinasidagi jarayonlar bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy:o`quvchilarni bilimli, dunyoqarashi keng,mustaqil fikrli,komil insonlar qilib tarbiyalash,ularga vatanparvarlik g`oyalarini hamda milliy g`oyani singdirish.

Rivojlantiruvchi:ichki yonuv dvigateli va bug` turbinasining qo`llanilishi haqida bilish,olgan bilimlaridan hayotiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish.

Dars jihozi:6-sinf “Fizika” darsligi,tarqatma,oddiy issiqlik dvigateli,bir silindrli va to`rt silindrli issiqlik dvigatelini,uning ishlash prinsipini,bug` turbinasining tuzilishini namoyish etuvchi slayd.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Dars metodi:Kichik guruhlarda ishlash,”Klaster”,”Impuls-plakat”, “Venn diagrammasi”,”Modifikatsiyalangan ma`ruza”metodlari.

Ko`rsatiladigan tajriba – namoyishlar: probirka yordamida bug`ning ish bajarishini namoyish etuvchi tajriba,bir silindrli ichki yonuv dvigatelining ish prinsipini namoyish etuvchi tajriba.

.


Asosiy tushuncha va atamalar:Issiqlik dvigateli, bug` mashinasi, ichki yonuv dvigateli, bug` yoki gaz turbinasi, reaktiv dvigatel, dizel dvigatel,ish taktlari.

Darsning blok-sxemasi.


T/R

Dars bosqichlari

Vaqti.

1.

Tashkiliy qism.

2 daqiqa

2.

O`tilganlarni takrorlash.

10 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni.

Tajriba namoyish etish.



20 daqiqa.

4.

Mustahkamlash.

10 daqiqa

5.

Uyga vazifa berish.

2 daqiqa.


Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash,sinf xonasi hamda o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.



2.Asosiy qism.

Uy vazifasini tekshirish,o`quvchilarni baholash,yangi mavzuni tushuntirish.

Hafta kuni haqida ma`lumot berish, o`quvchilar bilan odob-ahloq qoidalari bo`yicha suhbatlashish.
O`tilgan mavzuni takrorlash.

O`quvchilar guruhlarga bo`linadi.

I-guruh: “Bilimdonlar”

II-guruh: “Zukkolar”

III-guruh: “Zehnlilar”

IV-guruh: “Tirishqoqlar”

Har bir guruhga alohida topshiriq beriladi.

Topshiriq sharti: berilgan harflardan kamida to`rttadan fizik termin hosil qilish.

I-guruhga:

N, U, I, L, P, E, T, M, V, S, SH, R, A, O, K, Y.

II-guruhga:

K, CH, T, N, O, I, G, U, A, R, G’, L, Q, D.

III-guruhga:

T, K, O, I, L, Z, M, B, A, CH, S, E.

IV-guruhga:

T, D, G, A, Y, E, O, I, R, G’, L, K, S, F, N, M.

Hosil qilinishi kerak bo`lgan so`zlar:

I-guruh:


1) temperatura 2)termometr 3)konveksiya 4)nurlanish

II-guruh:

1)richag 2)chig`iriq 3)kuch 4)oltin qoida

III-guruh:

1)bosim 2)tezlik 3)zichlik 4)massa

IV-guruh:

1)dinamometr 2)og`irlik 3)atmosfera 4)energiya

Topshiriqlar bajarib bo`lingach,guruhlar bir-birlarining hosil qilgan terminlari hamda qoidalariga ta`rif beradilar.O`quvchilarga bu ikki topshiriqning har biridan ikki balldan to`plash imkoniyati beriladi.

So`ngra o`quvchilardan fizik terminlarning inglizcha talaffuzi qanday bo`lishi so`raladi,uni yozib berishlari ham mumkin.

Shu tarzda faol o`quvchilar baholanadi.Qolgan o`quvchilar dars davomida qo`shimcha ball to`plashlari mumkin bo`ladi.

Shundan so`ng yangi mavzu bayon etiladi.

Yangi mavzuning bayoni.

O`quvchilarga agar mashina olmoqchi bo`lsangiz, qanday mashinani tanlar edingiz va nima uchun? degan savol bilan murojaat qilinadi.”Aqliy hujum” metodi yordamida mashina markalari tanlab olinadi.O`quvchilarning tanlovi to`gri yoki noto`g`ri ekanligini ulardagi dvigatelning ish prinsipi orqali bilib olish mumkinligi aytiladi.

Moddaning ichki energiyasidan ish bajarish uchun foydalansa bo’lmasmikan? Quyidagi tajribani ko’raylik. Probirkaga ozgina suv quyib, og’zini tiqin bilan mahkam yopaylik. So’ngra probirkani suv qaynaguncha qizdiraylik. Shunda hosil bo’lgan bug’ bosimi ortib yuborganini ko’rish mumkin. Bu jarayonda yoqilg’ining energiyasi bug’ning ichki energiyasiga aylandi, so’ngra bug’ kengayib, tiqinni ko’tarib ish bajardi.

Agar probirka o’rniga silindr, tiqin o’rnida porshen olinsa, oddiy issiqlik dvigateliga ega bo’lamiz.

Issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan qurilmaga issiqlik dvigateli deyiladi.

Issiqlik dvigatelining ko’pgina turlari mavjud: bug’ mashinasi, ichki yonuv dvigateli, bug’ yoki gaz turbinasi, reaktiv dvigatel.

Bug’ning kengayishida ish bajara olishi Arximed zamonasidayoq ma’lum bo’lsada, ishlaydigan dastlabki issiqlik dvigatellari ХѴІІІ asr oxirida qurilib, bug’ mashinasi deb atalgan. Unda alohida bug’ qozoni bo’lib, yuqori temperaturali bug’ silindr ichiga kiritilib, porshenni harakatga keltirgan. Birinchi bug’ mashinasi ingliz ixtirochisi Jeyms Uatt tomonidan 1768-yilda quriladi. So’ngra unung boshchiligida 10-yil davomida 119 mashinani ishga tushirishgan. Dastlabki bug’ avtomabilini 1770-yilda fransuz muhandisi J.Kyuno qurgan edi. Birinchi paravoz esa 1803-yilda ingliz ixtirochisi Richard Trevitik tomonidan quriladi. 1820-yildan boshlab Jorj Stefenson parovozlar ishlab chiqaradigan zavodni ishga tushiradi. Yuz yillar davomida bug’ mashinasi temir yo’l transportining asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Hozirgi davrda ular teplovoz va elektrovoz bilan almashtirilgan.

Ichki yonuv dvigateli 1860-yilda fransuz mexanigi E.Lenuar tomonidan ixtiro qilingan. Bug’ mashinasida bug’ tashqarida hosil qilinib, so’ngra silindr ichiga yuborilsa, ichki yonuv dvigatelida yoqilg’I bevosita yoqilib, yuqori tempereturali gaz hosil qilinadi. Benzin bilan ishlaydigan dvigatelni 1885-yilda nemis ixtirochisi G.Daymler yaratadi.

Hozirgi zamon ichki yonuv dvigatellari ikki silindrli, to’rt silindrli, olti silindrli va h.k. bo’ladi. Rasmda to’rt silindrli dvigatel keltirilgan.



фото0074.jpg

Silindrlar ichiga joylashgan porshenlar (1) tirsakli valga o’rnatilgan. Shu valga aylanish davrida hosil bo’lgan silkinishlarni kamaytiradigan katta massali (2) maxovik mahkamlangan. Har bir silindirning yuqori qismida ikkitadan klapani bor. Ulardan biridan yonuvchi aralashma (benzinning havo bilan arashmasi) kiritilsa, ikkinchisidan yonib bo`lgan gaz qoldiqlari chiqib ketadi.



c:\documents and settings\user\рабочий стол\фото1107.jpg

Bir silindrli ichki yonuv dvigetalining ishlash prinsipi tushuntiriladi hamda tajriba-namoyish ko`rsatiladi.

фото0098.jpg

І takt. So`rish. 1klapan ochiladi. 2 klapan yopiq. Pastga tomon harakatlanuvchi porshen silindir ichiga yonuvchi aralashmani so`rib oladi.

ІІ takt. Siqish. Har ikkala klapan yopiq. Yuqoriga tomon harakatlangan porshen yonuvchi aralashmani siqadi. Aralashma siqilganda qiziydi.

ІІІ takt. Ishchi yo`li. Har ikkala klapan yopiq. Porshen yuqori holatda bo`lganda aralashma elektr uchquni 4 vositasida yoqiladi. Natijada bosimi 3-6 MPa, temperaturasi 1600-22000C bo`lgan qizigan gaz hosil bo`ladi. Gaz bosimi porshenni pastga siljitadi. Porshen harakati tirsakli valni aylantiradi.

ІѴ takt. Chiqarish. 2 klapanochiladi. 1 klapan yopiq. Poshen yuqoriga harakatlanadi. Yonish mahsulotlari ochiq klapandan atmosferaga chiqib ketadi.

Bir silindrli divigateda foydali ish faqat ІІІ takdat bajariladi. To`rt silindrli dvigetalda esa porshenlar shunday joylashtiriladi, har bir taktda bittadan porshen ish yo`lini o`tadi. Natijada tirsakli val 4 marta tez foydali energiya oladi.

1897-yilda nemis muhandisi R.Dizel ichki yonuv dvigatelining yangi turini ixtiro qildi. Bunda yonuvchi aralashma siqilmasdan,balki quruq havoning o`zi siqiladi.Siqilish jarayonida havo temperaturasi shunchalik ko`tariladiki, unga berilgan yonilg`I o`z-o`zidan alangalanib ketadi.Shunga ko`ra unga elektr uchquni hosil qiluvchi qurilma ham, aralashmani tayyorlaydigan karburator ham kerak bo`lmaydi. Yangi dvigatelning nomini dizel deb ataldi. Dizel dvigatellarining FIK 31-44% ni tashkil etadi.Karburatorli dvigatellarda, odatda, 25-30 % bo`ladi.

Bug` turbinasi.

фото0099.jpg

1-Soplo.
2-Kurak.
3-Bug`.
4-Disk.
5-O`q.

Bug` turbinasida katta bosimga va yuqori temperaturaga ega bo`lgan bug` maxsus trubalar orqali kuraklarga beriladi.Kuraklar esa katta tezlikka ega bo`lgan bug` ta`sirida g`ildirakni aylantiradi.Turbina ichida bug` kengayib soviydi.Kirish trubasi ingichka bo`lib, chiqish trubasi keng bo`ladi.



фото0072.jpg

Turbina faqat bir yo`nalishda aylana oladi.Tezligini ham keng miqyosda o`zgartirib bo`lmaydi.Shunga ko`ra uni transportda qo`llanilmaydi.Uni asosan elektr toki ishlab chiqadigan generatorlarni aylantirishda foydalaniladi.

Hozirgi kunda arzon, eng kam benzin sarflaydigan mashina O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgani aytiladi.Masalan: “Matiz” mashinasi 100 km masofaga 4-5 litr, “Jiguli” esa 10 litr benzin sarflashi ta`kidlanadi.”Matiz” dan tashqari, Asaka zavodidan “Tiko”, “Neksiya”, “Damas”, “Lasetti”, “Kaptiva”, “Epika” rusumidagi mashinalar chiqishi, bu bilan O`zbekiston mashinalar ishlab chiqaradigan mamlakatlar qatoriga qo`shilganligini aytib, o`quvchilarda milliy g`urur hislarini shakllantiriladi.

Mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan “Impuls plakat” metodini amalga oshiriladi.

Bu metodda guruhlarning oldiga vatman varaqlari va markerlar qo`yiladi.

Varaqlarga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan:“Ushbu mavzuda meni hammasidan ko`proq ….. qiziqtiradi”,”Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, …..”,”Men orttirgan bilimlarimni ….. qo`llayman”, “Ushbu mavzuni o`rganish jarayonida men ….. erishdim”, “Men ….. to`g`risida ko`proq bilib olmoqchi edim”, “Men uchun ….. murakkab bo`ldi”, “Menga ….. yoqdi”.

O`quvchilar dars davomida namoyish etilgan plakatlarni ko`rib chiqib, o`ylab ko`rib, fikrlarni oxiriga yetkazishlari kerak bo`ladi.



Fikrlar yig`ib olingandan so`ng o`quvchilarga “Venn diagrammasi” yordamida ichki yonuv dvigateli hamda dizel dvigatelining bir-biriga o`xshaydigan va o`xshamaydigan xususiyatlarini taqqoslash topshiriladi.

Uyga vazifa:

Ichki yonuv dvigatellari. Bug` turbinasi mavzusini o`qib,mavzu oxiridagi savollarga javob topib kelish.”Venn diagrammasi” topshirig`ini tugallash.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa