Umar Xayyom kalendari Rahmataliyev Nodirbek



Download 27,55 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi27,55 Kb.
#309901

Umar Xayyom kalendari

Rahmataliyev Nodirbek

Umar Xayyom kalendari dunyoda bugungi kungacha yaratilgan mukammal kalendarlardan biri hisoblanadi. Unda xatolik bir sutkaga etish uchun 4500 yil kerak bo‘ladi. Bu esa kalendarning aniqlik darajasi qanchalik yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Umar Xayyom kalendari XIX asr o‘rtalarigacha Eronda qo‘llanildi. Keyinroq hijriy-shamsiy kalendari isloh etilib, oylarning kun miqdori burj oylarining kun miqdoriga to‘g‘rilanadi. SHu vaqtdan boshlab hijriy-shamsiy kalendarida qadimgi Eron oylarining nomi ham qo‘llanila boshlandi. Ularning tartibi quyidagicha:



1. Farvardin-hamal (qo‘y)

2. Ordibexisht-savr (xo‘kiz)

3. Xurdod-javzo (egizak)

4. Tir-saraton (qisqichbaqa)

5. Murdod-asad (arslon)

6. SHaxrivar-sunbula

7. Mexr -mezon

8. Obon -aqrab (chayon)

9. Ozar-qavs (yoy) 76

10. Day -jadi (echki)

11. Baxman-dalv (qovg‘a)

12. Isfand-xut (baliq)

1925 yil 21 martda Eronda yangi quyosh hijriy kalendari joriy etildi. Bu kalendarning erasi hijriy, ya’ni 622 yilning bahorgi tengkunligidan boshlanib, oddiy va kabisa yillarining uzunliklari 365 (366) kundan har yilning 12 oyidan dastlabki olti oyi 31 kundan, keyingi beshtasi esa 30 kundan va oxirgi o‘n ikkinchi oyi oddiy yillari 29, kabisa yillari esa 30 kundan iborat. Eronning ushbu rasmiy kalendarida oylar, qadimgi oylar nomi bilan ataladi. Ushbu kalendarda kunlar sonining yuqoridagidek taqsimlanishi tasodifiy bo‘lmay, Quyoshning yillik ko‘rinma harakatini o‘zida aks ettiradi.

Afg‘oniston rasmiy kalendari ham hijriy-shamsiy kalendar bo‘lib, uning asosida 1911 yili Eron bilan bir vaqtda qabul qilingan “Burjiy kalendar” yotadi. Bu kalendarda oylarning nomi burj yulduz turkumlarining nomlari bilan hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jaddi, dalv va xut deb yuritilib, ularda kunlarning soni 29, 30, 31 va ba’zan hatto 32 kun bo‘lardi. SHuning uchun ham bu kalendar noqulay edi. Natijada, 1958 yilga kelib (hijriy-shamsiy yil bo‘yicha 1337 yili) afg‘on kalendari ma’lum darajada Eronning hijriy-shamsiy kalendariga yaqinlashtirildi. Bu uchun 32 kunlik javzo oyi kunlarining soni 31 ga tushirilib, o‘ninchi oy - jaddi oddiy yillari 29 kunga, kabisa yillari esa 30 kunga teng bo‘ladigan qilib qayta isloh qilindi. Natijada uning dastlabki olti oyi (hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula) Eron kalendaridagi kabi 31 kundan qilinib, keyingi jaddidan boshqa besh oyi (mezon, aqrab, qavs, dalv va xut) 30 kun qilib belgilandi. Eron va Afg‘on kalendarlari bo‘yicha sanalar to‘la mos kelgani holda oddiy yillarida oxirgi ikky oy dalv va hut bir-biridan bir kunga farq qiladi.



Hijriy-shamsiy kalendar yilning muayyan vaqtida bahorning birinchi kuni (navro‘z)da boshlangani uchun fasllar, ob-havo va tabiatda yuz beradigan davriy hodisalarni kuzatib borishda qulay. SHuning uchun ham qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq ishlarni olib borishda undan foydalaniladi.

Hijriy-shamsiy yil oylari 622 yil 21 martdan, ya’ni kecha va kunduzning uzunligi barobar bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi. Yil davomiyligi huddi grigorian kalendari singari 365 yoki 366 kundan iborat bo‘ladi. Bu hisob Quyoshning davriyligiga asoslangani uchun oylar doimo yilning ma’lum bir vaqtida keladi.
Download 27,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish