2-fasl. “Isyon va itoat” romani - novatorona yondashuv mahsuli
“Isyon va itoat” romanida tanlangan mavzu markazida yana inson va uning
ichki dunyosi masalasi turadi. Insonni ham eng go„zal yaratiq, ham qismat oldida
eng ojiz ekanligi tasvirlanadi.
Asar noana‟anaviy usulda yaratilgan. Unda inson ruhiyati keng ko„lamli
tasvirlanadi. Modernistik bayonchilik asosiga qurilgan asarda realistik tasvir bilan
mifologik qarashlar uyg„unlashib ketadi.
Muallif bu romanda tanlangan mavzu orqali inson azaldan adashishga, gunoh
qilishga moyil va oqibat yana ichki bir his tufayli Yaratgan, balki o„z vijdoni
oldida kechirim so„rashini aytmoqchi bo„ladi. Odam bolasida xato, yomonlik
qilish, gunohga botishi aynan yoshlik davrida yuz beradi. Jo„shqin umrning ming
bir yo„llaridan o„tib, keksaygani sayin hayot haqida o„z xulosasini beradigan va
o„zini-o„zi tahlil qiladigan bo„ladi. Natijada qalbidagi isyonkorlik ruhiyati o„rniga
38
itoatkorlik, hayotga teran ko‟z bilan boqish holati vujudga keladi. Bu haqida
tanqidchi Sanjar Sodiq quyidagicha fikr bildiradi: “Inson erkinlikka, baxt-
saodatga erishmog„i uchun, birinchi navbatda, Yaratganga itoat qilishi zarur, degan
qarash, asar voqealarining o„zagini tashkil etadi. Bu g„oyani muallif romandagi
asosiy qahramonlardan biri bo„lmish tabib tilidan mana bunday bayon etadi:
“Men nihoyat isyon azobidan forig„ bo„lib, ozodlikka chiqqandim.
Ozodlikning ismi esa itoat edi... Shunda qarshimda hayotning mazmuni, tug„ilish
va o„lishning ma‟nosi yarq etib namoyon bo„lganday edi: u itoatda, insonlik
qismatiga ko„nikishda edi. Yo„q, bu shunchaki ko„r-ko„rona ko„nikma emasdi,
balki anglash va tushunishdan keladigan buyuk itoat – Yaratganga tobelik edi”.
35
“Isyon va itoat” romanida voqealar muallif tomonidan hikoya qilinadi. Asar
markazida esa Akbar obrazi turadi. Tadqiqotchi L.Rahimova asardagi Akbar
obraziga quyidagicha ta‟rif beradi: “Akbar o„z olamidagi ziddiyatlar bilan
kurashar ekan, hayotga teranroq nazar tashlashga urinadi, hayotning o„tkinchi
ekanligiga, inson umri azizroq ekaniga yana bir bor ishonch hosil qiladi”.
36
Akbar o„zi istaganidek, yashashni xohlagan, bag‟rini o„rtagan yoshlik
gulxanida qovurilib, qancha ko„chalarga bosh suqmadi. Axiyri, keksalik unga
izlagan “ma‟ni” sini topib berdi.
Adabiyotshunos Bahodir Sarimsoqov qayd qilganidek: “Real borliqdagi,
inson ruhiyatidagi turli-tuman o„zgarishlar va kechinmalarni ijodkor o„z ongi,
dunyoqarashi, estetik ideal, g„oyaviy maqsadi orqali sintez qilish oqibatida badiiy
obraz shakllanadi. Shu sababli ijodkor yaratgan har bir yangi obraz yangi bir
xilqat, yangi bir kashfiyotdir”. Yozuvchining “Isyon va itoat” romanidagi obrazlar
ham bu borada alohida e‟tiborga molik.
Tursunboy Jontalash, Larisa xola, Diana kabilar ana shunday obrazlardir.
Tursunboy Jontalash obrazi romanda mehnatkash, har qanday vaziyatda ham
mehnatni birinchi o„ringa qo„yadigan inson sifatida gavdalanadi. U “mehnat qilgan
odam xor bo„lmaydi” degan naqlga ishonib kun kechiradi.
35
Sodiq S. Isyonning hududi bormi... itoatning-chi?// O„zbekiston adabiyoti va san‟ati, 2004-yil, 12- noyabr
36
Rahimova L. Badiiy konflikt talqini// Yoshlik, 2014, 1-son. 34-bet.
39
Demak, muallif shunday obrazlarni yaratish barobarida insoniylikka xos
jihatlarni bir muncha tadqiq qiladi.
Diana egri yo„ldan qaytib, butunlay o„zgaradi. Unda vijdon tuyg‟usi o„z
ahamiyatini ko„rsatadi. Tabib bir umr bemorlarni davolab keladi. Zamonaviy
tibbiyotning yutuqlari, ayniqsa, ba‟zi olimlarning Yaratganni mensimay, undan
o„zib ketmoqchi bo„lganlariga chidolmaydi, ularning shakkokliklari tabibni bu
dunyoga sig‟dirmaydi. Yozuvchi bunday xarakterlarni jamlay olgan. Jamiyatdagi
turli qatlamlarni birlashtira olgan.
Asar kompozitsiyasi ham o„ziga xos. Unda epigrafdan samarali foydalanilgan.
Asar uch qismdan iborat bo„lib, har bir qism o„z ichida bir necha bo„limlardan
iborat. Asarga “Xudo bo„lmaganingdan keyin ko„rgan kuning nimayam bo„lardi”
jumlasi epigraf qilib olingan. Ushbu talqin ham Mashrabning qarashlarini yodga
soladi. Ana shu jumlaning o„zida insonning o„rni, itoat o„z tajassumini topgan.
Ma‟lumki, “Epigraf o„zining aforistik mazmuni bilan asar mohiyatini ochib
beradi. Ba‟zan ekspozitsiya vazifasini o„tashi, o„quvchini asar voqeligiga olib
kirib, unga ilk ma‟lumotlarni berishi mumkin”
37
Asarning kompozitsiyasida Olloh tomonidan dunyoning yetti kunda
yaratilishi va insoniyatning ajdodlari bo„lgan Odam Ato va Momo Havo haqidagi
rivoyat alohida o„rin tutadi. Yozuvchi undan shunday ustalik bilan foydalanadiki,
asar davomidagi voqealar o„sha maxsus usul atrofida uyg„unlashib, asosiy
voqelikka parallel rivojlanib boradi. Yozuvchi o„sha voqealarga go„yo o„quvchini
tayyorlab boradi, voqeaning davomini o„zicha tahlil qiladi. Rivoyat ushbu romanda
chuqur hayotiylik kasb etgan, tasvirni samimiyligi bilan boyitgan. U roman sujeti
va kompozitsion qurilishida muvofiq va mutanosib joylashib, voqealar maromini
saqlashda muhim rol o„ynagan, unga lirik ohang bag‟ishlagan. Ayni shu jihatiga
ko„ra ham adabiyotshunos Dilmurod Quronov “ko„hna muammoning yangi
talqini”
38
deya e‟tirof etadi.
37
Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‟ati. –T.: “Akademnashr”, 2010, 366-bet
38
Қуронов Д. Кўҳна муаммо. Янги талқин.// Хамдам Улуғбек. Ватан ҳақида қўшиқ. –Т., Академнашр, 2014.
Б 280
40
“Ma‟lumki, qadimiy rivoyatlar, mif va afsonalarga murojaat qilish hozirgi
adabiyotning muhim tamoyillaridan biri bo„lib qoldi. Biroq bunga oddiy xalq
og‟zaki ijodidan o„zlashtirish deb qarash yetarli emas. Ko„hna mif va afsonalarga
murojaat qilar ekan, hozirgi zamon san‟atkori davrning muammolarini tahlil qilish,
kechayotgan jarayonlar mag‟zini chaqish uchun xalqning ming yillik tafakkuri va
tajribasini yordamga chaqiradi.”
39
Momo Havoning man etilgan mevadan yeyishi
vositasida Akbarning o„z hayotidan ma‟ni izlab “yangi muhabbat”ga duch kelishini
oldindan bashorat qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |