kishilari, shahar va qishloq hayoti qamrab olingan. Muallif unda g„oyat
ahamiyatli badiiy falsafani aks ettiradi. Voqelikning ko„proq nursiz tomonlari
tasvirlagani bilan “Muvozanat”ning so„ngiga qadar umidvorlik tuyg„usi sezilib
etdilar, romanning ta‟sir doirasi tor ekanligini bildirdilar. Lekin “Muvozanat”
27
bugungi kishilarning o„ylari, qarashlari sifatida e‟tibor topdi”
20
. Romandagi
Yusuf, Amir, Odil aka, Said, Zahro, Manzuraning o„z qarashlari, hayotiy
munosabatlari mavjud. Romanda qahramonlar o„ylari, tushunchalari, hayotga
qarashlari bilan tezoqar vaqtaro bahs bo„layotganligi ochiq-oydin seziladi.
Ulug„bek Hamdam “Badiiylik mezonlarining umrzoqligi” maqolasida:
“Adabiyot millatning orzu-umidlarini o„zida mujassam aylaydi. Orzu-umidlari,
hoyu-havaslari mo„l-ko„l bo„lgan xalqning adabiyoti ham shunga mos bo„ladi.
Yana bir gap: adabiyoti ana o„sha orzu-umidlarning boshqa tarafini ham aks
ettiradi. Ya‟ni armonni! Katta millatning katta adabiyoti bo„ladi... ushalmagan
orzusidan tug„ilgan armonni adabiyot deb atalmish “maydon”da yarata olgan
millat ruhiy-ma‟naviy jihatdan sog„lom bo„ladi. Butun boshli XX yuz yillik
psixoanalizi tarixidan adabiyotga dahldor eng ulkan kashfiyot ana shu!”
21
- degan
fikrlarni yozgan edi. Darhaqiqat, har bir asar tasvir obyektiga inson, u
yashayotgan millat ommasini oladi. Bu jarayonda yozuvchining uslubi, tasvirlash
san‟ati, badiiy mahorati yetaklichilik qiladi.
Ulug„bek Hamdamning “Muvozanat” romani hozirgi o„zbekning o„ylari,
izlanishlari, ruhiy-ma‟naviy iztiroblari haqidagi asardir. Roman qahramonlari bir
zamon, bir muhitning odamlari. Ular uchun boylik, kambag„allik hayot-mamot
masalasi emas. Asar qahramonlari hozirgi hayot, past-u balandliklar, notekisliklar,
insofu noinsofliklar haqida dildan mulohaza yuritadilar. To„g„ri, ayrimlar
muvozanat falsafasi haqidagi qarashni inkor etdilar, romannning ta‟sir doirasi tor
ekanligini bildiradilar. Jumladan, S.Sodiq yozuvchi sujet chiziqlarini ongli
ravishda bir-biriga uzviy bog‟lab yuborishga urinmaganligini ta‟kidlaydi.
Shuningdek, maqolada yozuvchi romanning o„ziga xos ifoda yo„sinini hisobga
olmagani, unga realistik roman mezonlari bilan yondashilgani aytilgan. Ba‟zi
o„rinlarda sujet-kompozitsion qurilishdagi o„ziga xoslikni hisobga olmagani
aytilgan.
20
Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. –Toshkent, ”Sharq “. 2007
21
Hamdam U. Badiiylik mezonlarining umrzoqligi// Jahon adabiyoti, 2010-yil, 4-son.
28
Professor, taniqli adabiyotshunos Y.Solijonovning “Muvozanat” romani
haqidagi fikrlari esa ijobiy: “Jamiyatda kechayotgan yangilanish jarayonini badiiy
tadqiq etish so„nggi yillar adabiyoti va san‟atining asosiy mavzusi hamda bosh
muammosiga aylanganligi sir emas. Yozuvchilarimiz asarlarida insonning o„zligni
anglash, o„zini kashf etish, e‟tiqod va imonlilik, nafs va yovuzlikka qarshi kurasha
bilish qobiliyatini ko„rsatishni asosiy masala qilib olyaptilar. Ulug„bek
Hamdamning “Muvozanat” romani uchun aynan mana shu muammo tanlab
olingan. Muallif har bir bobda ilgari surilayotgan g„oyaviy mundarijaga mos
ohang tanlay biladi. Masalan, Amirning qismati hikoya qilingan boblarda sokin
g„amginlik, uning tabiati va intilishiga mos tasavvufiy ruh, achinish ohangi
yetakchilik qilsa, Said faoliyati tahlil etilgan boblarda osoyishta falsafiy
mushohada ohangi ustuvor. Aksincha, boylik inkanjasida o„ralashib qolgan, na
jisman, na ma‟nan qiynalib yashayotgan Mirazim haqidagi boblar qandaydir
loqaydlik, beparvolik ohangi bilan sug„orilgan. Yusufning taqdiri hikoya qilingan
boblarda esa keskin falsafiy muhokama ohangi ustinlik qiladi”
22
.
“Muvozanat” romanida o„tish davri, ya‟ni sho„ro davri tuzumidan istiqlolga
erishganimizdan
keyingi
davr
yoritilgan.
Bu
haqida
M.Qo„chqorova
maqolalarining birida shunday yozadi: “Asarda uch do„stning kechinmalari, hayoti,
taqdiri yotgan bo„lsa-da, unda keng ma‟noda o„zbek millatining sho„ro davri
tuzumidan bozor iqtisodiyotiga o„tish davridagi butun murakkabliklar haqqoniy,
shafqatsiz real tasvirlarda mahorat bilan ochib beriladi”
23
.
Haqiqatdan ham, muallif qahramonlarning hayot yo„llarini tasvirlash asosida
o„sha davrni ochib berishga harakat qilgan. Bunga misol qilib romanda keltirilgan
Yusufning qarashlarini olish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: