«Ziji Jadidi Ko`ragoniy » asosan ikki qismdan keng muqaddima va 1018 sobita yulduzlarning o`rni va holati aniqlab berilgan.
Asarning bosh muqaddima qismi astronomiyaning nazariy masalalari, Sharq xalqlaridagi yil hisobi usullari, astronomiyaning amaliyoti, sayyoralar nazariyasi hamda astronomiya va astrologiya masalalariga bag`ishlangandir.
«Ziji jadidi Ko`ragoniy»dan tashqari Ulug`bek «Tarixi arba` ulus» («To`rt ulus tarixi») nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag`ishlangan beshta risola ham yozgan. Uning «Tarixi arba` ulus» asari turkiylarning ajdod va avlodlari, mug`ul qabilalari hamda Chingizxon vafotidan keyin tashkil topgan Ulug` yurt, Jo`ji, Chig`atoy va Elxoniylar ulusining qisqacha tarixiga bag`ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |