Ulug`bek va Shohrux davrida madrasalar safi kengayadi. Ulug`bek uchun madrasa avvalo bilim maskanidir. Uning topshirig`iga ko`ra, Buxoroda (1417), Samarqandda (1420) va G`ijduvonda (1433) madrasalar qurildi.Bular ruhoniylar tayyorlaydigan shunchaki bir muassasa emas, balki o`quv yurti, o`ziga xos dorilfunun edi.
Manbalarda keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda, Ulug`bek buyuk mutafakkirlardan Ahmad Farg`oniy, Forobiy, Muso Xorazmiy, Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o`rganadi. Ularning asarlari orqali qadimgi Yunon olimlari: Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel), Gipparx (Gippokrat), Ptolomeylarning klassik asarlari bilan ham tanishadi. Ulug`bek Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma`rifat dargohiga aylantirishga intiladi.
Uning farmoni bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |