Ulug`bek rasadxonasining qaerda joylashganligi tarixiy manbalarda aniq, ko`rsatilganiga qaramay, afsuski uni uzoq, vaqtgacha topib o`rganilmadi. Rasadxona asrlar davomida qarovsiz qolib, vayronaga aylangan, so`ngra oddiygina tepalik manzarasini olgan edi.
Mahalliy aholi o`rtasida Naqshi jahon nomi bilan mashhur bo`lgan bu tepalikda qazish ishlari olib borgan arxeolog V.L.Vyatkin 1908 yilda Ulug`bek rasadxonasining xarobalarini topib, uning sekstanti yer osti qismini kavlab ochadi.Ulug`bek rasadxonasi Movaraunnahrda o`z zamonasiga nisbatan mukammal astronomik asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga aylangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |