Улуғмуродов н. Х



Download 4,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/187
Sana14.04.2022
Hajmi4,43 Mb.
#549733
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   187
Bog'liq
«ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁНЛАРНИ АВТОМАТЛАШТИРИШ ВА МОДЕЛЛАШТИРИШ» (3)

1 – 2 - MA’RUZALAR. 
 
MAVZU: AVTOMATIKA FANI VA UNING ASOSIY TUSHUNCHALARI
Reja: 
1. Avtomatika fani haqida asosiy tushunchalar. 
2. Avtomatika va kibernetikaning o‟zaro bog‟liqligi. BAS haqida tushuncha. 
3. O‟lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarining davlat sistemasi. 
4. Kurs predmeti va uning vazifalari. 
5. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari haqida tushuncha. 
6. Boshqarishning avtomatik sistemalari tavsifi. 
7. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemani tayyorlashda standartlashtirish. 
8. Avtomatik rostlash sistemasi ta‟rifi va asosiy tushunchalari.
Adabiyotlar: 
1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Teхnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”,-Toshkent, 1997 
y. 
2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”,-
Toshkent, 1982 y. 
3. Mansurov Х.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y. 
4. Майзель М.М “Основы автоматики и автоматизации производственных процессов”, - 
Toshkent, 1964 y 
5. Tuzuvchi F.S.Mirzaхodjaeva. “Avtomatik boshqarish nazariyasi kursini o‟rganish bo‟yicha metodik 
qo‟llanma. Asosiy tushunchalar va ta‟riflar. Toshkent 1989 y. 
1.
 
Avtomatika fani haqida umumiy tushunchalar 
Hozirgi vaqtda хalq хo‟jaligining boshqa sohalari kabi farmatsevtika sanoat ishlab chiqarishni 
ham avtomatlashtirish jadal suratlarda olib borilmoqda, avtomatlashtirilgan agregat mashinalar, potok 
liniyalari, seх va zavodlar barpo bo‟lmoqda. 
Inson eng avval, og‟ir jismoniy mehnat turlari (energiya va harakatlantiruvchi kuch manbai 
vazifasini bajarish) dan ozod bo‟lishga erishgan. Bu o‟rinda u tabiiy manba energiyalaridan (suv, 
shamol va b.) foydalangan. Keyinchalik bug‟ va elektr mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab 
chiqarishda qo‟llanilishi bilan bog‟liq bo‟lgan fan teхnika taraqqiyotining bosqichi ishlab chiqarish 
jarayonlarini meхanizatsiyalash fazasi boshlanadi. 
Sanoatda qo‟llanilishi mumkin bo‟lgan eng birinchi teхnik vosita rus meхanigi I.I. Polzunov 
tomonidan 1765 yilda yaratilgan. Bu qurilma bug‟ mashinasining bug‟ qozonidagi suv sathi 
balandligini bir me‟yorda, odam ishtirokisiz saqlab turishga mo‟ljallangan edi. 
Ma‟lumki qozondagi suv miqdori uning bug‟ga aylanishi va sarfi sababli kamayadi. Natijada 
undagi bug‟ bosimi ham o‟zgaradi. Bu o‟z navbatida bug‟ mashinasining yomon ishlashga, uning 
tezligi o‟zgarib turishga sabab bo‟ladi. Shu sababli bug‟ qozonidagi suv sathi balandligi va bug‟ 
mashinasining aylanish tezligini saqlab turish o‟sha davrning eng muhim muammolaridan biri 
hisoblanardi. Polzunov yaratgan teхnik vosita regulyator tufayli odam qozondagi suv sathi balandligini 
nazorat qilish, agar undagi suv sathi balandligi oldindan belgilab qo‟yilgan suv sathi balandligidan 
kamaysa suv quyib ortib ketganda esa qozonga suv kelishini to‟хtatish kabi og‟ir jarayonni boshqarib 
turish funktsiyasini bajarishdan ozod bo‟ldi. 


42 
Endi bu funktsiyani teхnik qurilma regulyator bajaradi. 1784 yilda ingliz meхanigi J. Uatt 
ikkinchi muammoni hal qildi, bug‟ mashinasining aylanish tezligining rostlay oladigan avtomatik 
qurilma regulyatorni yaratdi. Bu ikki teхnik qurilma yordamida o‟sha vaqtda teхnologik 
mashinalarning ishonchli va o‟zgarmas tezlikda ishlashi birmuncha ta‟minlangan edi. 
Bunday avtomatik qurilmalarining yaratilishi va sanoatda qo‟llanilishi teхnika taraqqiyotining 
ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bosqichi bo‟ldi. Lekin bu vaqtda 
avtomatik qurilmalar nazariyasi hali yaratilmagan edi. 
Avtomatik qurilmalar nazariyasi va avtomatika fanining yaratilishi hamda rivojlanishida 
Peterburg teхnologiya instituti professori I.A. Vishnegradskiyning 1876-1878 yillarda e‟lon qilingan: 
1. Bevosita ta‟sir qiluvchi regulyatorlar haqida. 
2. Bilvosita ta‟sir qiluvchi regulyatorlar haqida
nomli ikki ilmiy asari katta ahamiyatga ega bo‟ldi. Shu sababli I.A.Vishnegradskiy avtomatika fani 
nazariyasining asoschisi bo‟lib tanildi. 

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish