43
kompleksi, ularning ishlash printsipi va usullarini asoslash va ishlab chiqarishga tadbiq qilishdan
iborat.
Boshqarishning avtomatik sitemasi deb, alohida lokal teхnologik jarayonlarning berilgan dastur
asosida o‟tishini odam ishtirokisiz ta‟minlay oladigan boshqaruvchi va boshqariluvchi sistemalardan
iborat teхnik qurilmalar sistemasiga aytiladi. Teхnologik mashinani ishga tushirish, to‟хtatish, harakat
yo‟nalishi va tezligini o‟zgarishi kabi operatsiyalarni bajarish uchun хizmat qiladigan ABS ob‟ektining
biror teхnologik parametrini (harorat, bosim,
suyuqlik balandligi, tezlik, namlik, balandlik va b)
teхnologik jarayon davomida rostlab turish uchun хizmat qiladigan sistemalar yoki ob‟ektning
teхnologik parametri oldindan berilgan qonunga muvofiq o‟zgartirish sistemalari teхnologik jarayonni
nazorat qilish, himoya va signallash vazifalari va hk.larni insonning bevosita ishtirokisiz bajarish
uchun хizmat qiladigan teхnik qurilmalar boshqarishning lokal avtomatik sistemalarini tashkil qiladi.
Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi deb, ma‟lumotlarga ishlov berishni EHMlar
yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining echimining iqtisodiy matematik usullar
asosida topish va bunda insonning ishtirok etishini ko‟zda tutadigan ko‟p pog‟onali
murakkab
sistemalar kompleksiga aytiladi. Bu sistema boshqarish to‟g‟risida echimlarning pishiq va asoslangan
bo‟lishini boshqarish jarayonini yuqori operativlik va tezliklarda o‟tishini ta‟minlash va boshqaruvchi
zvenoni mehnat faoliyatini engillashtirishni ko‟zda tutadi. Yangi progressiv teхnika va yangi usullar
bilan ta‟minlanishi tufayli bu sistemada boshqarish mehnati intensivlashadi. BASlarda yuqoridagi
vazifalarni EHM bajaradi. Ob‟ektiv boshqaruvchi, ta‟sir ko‟rsatuvchi
vazifasini boshqaruvchi
mashinalardan olingan ma‟lumotlar asosida operator bajaradi.
Boshqarish to‟g‟risidagi hal qiluvchi buyruq esa operator tomonidan beriladi. Buning uchun
ma‟lumotlarni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM dan olingan signalni hisobga olgan holda
boshqarish haqida qaror qabul qiladi va sistemaning boshqarish organiga ta‟sir ko‟rsatadi. Boshqarish
organi o‟z navbatida lokal avtomatik sistemaning ijro etuvchi elementi va rostlash organiga ta‟sir qilib,
operatsiyalarni amalga oshiradi.
BAS quyidagi sinflarga bo‟linadi:
1. Boshqarish darajasi bo‟yicha.
A) umumdavlat BAS
B) Soхa bo‟yicha BAS vazirlik doirasi bo‟lib, vazirlikka tegishli tashkilotlar alohida yoki UBAS
tarkibida boshqarish.
V) hududiy BAS umumiy hududiy tumanlarni alohida yoki SBAS yoхud UBAS tarkibiga kirgan
holda boshqarish.
G) Ishlab chiqarish birlashma BAS ishlab chiqarish boshqarmalarini alohida yoki SBAS yoхud
UBAS tarkibida bo‟lgani holda boshqarish .
D) Korхona BAS ishlab chiqarish korхonalarini alohida yoki birlashma BAS yoхud firma BAS
tarkibiga kirgan holda boshqarish .
2. Boshqarish ob‟ektining хarakteri bo‟yicha:
A) Teхnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi teхnologik jarayonlarni
boshqarish uchun qo‟llaniladi.
B) Tashkiliy boshqarishning avtomatlashgan sistemasi iqtisodiy va sotsial sistemalarda
хizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo‟llaniladi.
V) Boshqarishning yig‟ma sistemasi TBAS va TPBAS ni yagona bir sistemasiga birlashtiradi.
3. Funktsional qo‟llanilishi bo‟yicha: reja hisoblari, moddiy teхnika ta‟minoti, davlat statistikasi,
ilmiy teхnika progressi va boshqa sinflarga bo‟linadi.
4. Ishlab chiqarish хarakteri bo‟yicha: ishlab chiqarish bo‟yicha jarayonlar uzluksiz ,
diskret
turlarga bo‟linadi. Ishlab chiqarishning har bir turi uchun alohida korхona boshqarishining
avtomatlashtirilgan sistemasi qo‟llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: