Bog'liq «ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁНЛАРНИ АВТОМАТЛАШТИРИШ ВА МОДЕЛЛАШТИРИШ» (3)
Shisha idishlarni yuvish jarayonini avtomatlashtirish. Shisha idishlarni yuvish jarayoni sanoatda zarur bosqich hisoblanadi.YUvishdan maqsad
shishanig sirtini loy,chang va mikrofloralardan tozalashdir.Buning uchun shisha yuvuvchi mashinada
quyidagi operasiyalar bajariladi: shishalardan yirik loy zarralarini yo‟qotish va 30-35
0
S temperaturali
issiq suv bilan shishalarni dastlabki yuvish; temperaturasi 60-65
0
S bo‟lgan konsentrlangan ishqorli
eritmada ( 1-1,5 % ) shishalarni ho‟llash; 60-65
0
S li ishqorli eritmada shishalarni bosim ostida
shprislash va dush ostida chayish ; issiq suv bilan (30-35
0
S ) bosim ostida shprislash va chayish.
Shishalarni yuqori sifatli qilib yuvishning asosiy shartlari temperatura rejimiga qatiy rioya
qilish va shisha yuvish mashinalaridagi vannalarda yuvuvchi eritmaning optimal konsentrasiyasini
saqlash turish. Shisha yuvish mashinasida 1 % li ishqor eritmasi konsentrlangan 30 % li NaOH ni suv
bilan aralashtirish yo‟li bilan tayyorlanadi.Keyin ishqor eritmasi 60-65
0
S gacha isitiladi va tegishli
vannalarga yuvish uchun yo‟llanadi.Sovuq suvni 30-35
0
S gacha isitish yo‟li bilan issiq suv
olinadi.Yuvilgandan so‟ng ishqor eritmasi tozalanadi va sarf bakiga qaytariladi
Yuvish jarayonini avtomatlashtirishda shisha yuvish mashinasi 1 da temperatura rejimlari va
ishqor eritmasining konsentrasiyasi berilgan qiymatda saqlanishi zarur.
Yuvishni avtomatlashtirish sxemasi ( 6-rasm) to‟plagich(idish) II dagi konsentrasiyalangan 30
% li NaOH ning sathini proporsional rostlash qonuni bilan bevosita tasir rostlagichi bilan rostlashni
ko‟zda tutadi.1 % li ishqor eritmasining sathi sarflash baki III ga konsentrlangan ishqor eritmasini
uzatishni o‟zgartirish bilan rostlanadi.Datchik sifatida termokompensasiya 2-1 li pH - metrdan
foydalanilgan, undan keladigan signal yuqori qarshilikni o‟zgartgich 2-2 ga keladi.Keyin signal
pozision rostlagich 2-3 ga ,impulsli element 2-4 ga va eletromagnit klapan 2-5 ga keladi. Impul‟sli
element sifatida , masalan, komandali elektropnevmatik asbobdan foydalanish mumkin , bu asbob
uzatilayotgan ishqor dozasini uning oqizib yuborilish muddati bilan belgilaydi va sarflovchi bakka
erish jarayonining inersionligini (ya‟ni rostlash ob‟ektining inersionligini) qoplash maqsadida tushgan
miqdorni eritish uchun zarur vaqt tutib turishni taminlaydi.