Bog'liq «ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁНЛАРНИ АВТОМАТЛАШТИРИШ ВА МОДЕЛЛАШТИРИШ» (3)
Bug’ ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish Issiqlik elektr stansiyasining asosiy qurilmasi – o‟ta qizdirilgan bug‟ni ishlab chiqarish uchun
mo‟ljallangan bug‟ qozonidir. Dastlabki xom ashyo yonilg‟i, havo va suv hisoblanadi. Yonilg‟ilarni
yoqishda olingan energiya suvga uzatiladi, buning natijasida o‟ta qizdirilgan bug‟ ishlab chiqariladi.
Chiqindilar – sovigan tutun gazlari atmosferaga chiqarib tashlanadi.
Ba‟zi bir kimyo va oziq – ovqat sanoatida juda keng tarqalgan baraban turidagi bug‟ qozonining
sxemasi 1 – rasmda keltirilgan. Yonilg‟i, odatda, mazut havo bilan aralashgan holda yondirish
qurilmasi orqali o‟choqqa kiradi va yonadi. Havo ventilyator yordamida haydalanadi. Yonish
mahsulotlari – qizigan tutun gazlari mo‟rilar orqali o‟tib, turli xil issiqlik uzatish sirtlariga issiqlikni
beradi va tutun murtgich bilan tutun quvuriga tortiladi. Suv ekonomayzerida isitilgan, oldindan quyqa
hosil qiluvchi aralashma (qorishma) lardan va unda erigan havodan tozalangan suv qozon o‟chogiga
o‟rnatilagn barabanga uzatiladi. Suv o‟choqni ichki tomonda n to‟suvchi trubalarda bug‟lanadi.
Barabanda suv sirtida to‟yingan bug‟ to‟planadi va to‟yingan bug‟da mavjud bo‟lgan suv
tomchilarining bug‟lanishi hamda uning temperaturasini berilgan qiymatgacha etkazish uchun
mo‟ljallangan bug‟ qizdirgichga keladi. Bug‟ qozonining ish sifatini ifodalovchi asosiy chiqish
kattaliklari o‟ta qizigan bug‟ning bosimi, temperaturasi va uning sarfi, yonilg‟i va suv sarfi
hisoblanadi. Bu ko‟rsatkichlar suvning kimyoviy tarkibi, yonilg‟ining kaloriyaligi, havoning bosimi,
o‟choqda va tutun tortkich oldidagi mo‟rida siyraklanish (vakuum), barabandagi suvning balandligi va
ko‟pgina boshqa omillar kabi kirish va oraliq kattaliklarga bog‟liq bo‟ladi.
Baraban turidagi bug‟ qozonida o‟ta qizigan bug‟ olish jarayoni kechishining eng yaxshi
sharoiti barabandagi suv sathini barqarorlashtirish yo‟li bilan amalga oshiriladi. Barabandagi suv
sathining nominal qiymatdan pasayish tomoniga qarab o‟zgarishi barabanning va ekran trubalarining
o‟ta qizib ketishiga sabab bo‟lishi mumkin, bu ular mustahkamligining buzilishi bilan bog‟liq. suv
qizigan bug‟ parametrini kerakli qiymatda ushlab turishga imkon bermaydi.
O‟choqda siyraklanishning etarli darajada bo‟lmasligi o‟choqda va mo‟rilarda tutun gazlarining
tezligi kichik bo‟lishi va issiqlik almashinish sirtlarining ifloslanishi tufayli konvektiv issiqlik
almashinuvini yomonlashtirish. Siyraklanish yuqoriroq bo‟lganda yonish radiasion issiqlik almashuvi
yomonlashadi va gorelka qurilmasida yonish jarayoni yaxshi kechmaydi. Gorelkalarga uzatilayotgan
yonilg‟ining etishmasligi qozonning bug‟ hosil qilish unumdorligini pasaytiradi, yonilg‟ining
ortiqchaligi esa barabanda bosimning mumkin bo‟lmagan darajada ortib ketishiga, ehtiyot
klapanlarining ishlab ketishiga va yonilg‟ining ortiqcha sarflanishiga olib keladi.
O‟choqda berilayotgan havo miqdori yonilg‟i miqdoriga mos bo‟lishi kerak. Aks holda yo havo
haddan tashqari ko‟pligidan yonuvchi gazlarning temperaturasi pasayib ketadi. Qozondagi suvning tuz
miqdori ortganda issiqlik almashinishini yomonlashtiruvchi quyqim hosil bo‟lishi tezlashadi. Tuz
miqdorining pasayishi suvning ortiqcha isrof bo‟lishi bilan bog‟liq.
Barabanli bug‟ qozonida sodir bo‟ladigan yonilg‟ining yonishi, issiqlik va massa almashinuvi
jarayonlarining o‟ziga xos xususiyatlarini qarab chiqish uni avtomatlashtirishga bo‟lgan asosiy
talablarini ifodalashga imkon beradi: barabandagi suv sathi balandligining barqarorligi, o‟ta qizigan
bug‟ning berilgan parametrlarini saqlab turish, o‟choqda va mo‟ridagi siyraklanishni
barqarorlashtirish, yonilg‟ini yoqish uchun berilgan havo miqdorini saqlash.
Barabanli bug‟ qozoni avtomatik rostlash ob‟ekti sifatida uni avtomatlashtirishni
murakkablashtiruvchi bir qator xususiyatlar bilan ifodalanadi. Bu birinchi navbatda o‟zaro bog‟liq
kiruvchi va oraliq parametrlarining juda katta miqdori, ikkinchidan, iste‟molchilarga yuboriladigan
bug‟ sarfi bo‟yicha